2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
K
2
 - shuning o’zi, tadbirlar amalga oshirilgandan so’ng; 
A - yangi tadbirlar amalga oshirilgandan boshlab tayyorlanadigan yillik 
mahsulot yoki ishlarning natura birligi. 
En - kapital xarajatlarning normadagi qiyosiy samaradorligi koeffitsienti. 
U yangi kapital qo’yilmalarning minimal darajadagi iqtisodiy samaradorligini 
hamda bir so’mlik kapital qo’yilma bir yilda mahsulot tannarxini necha tiyinga 
kamaytira olishni bildiradi. Masalan, soha tarmog’i uchun belgilangan 
samaradorlik koeffitsienti normasi 0,15 bo’lsa, bu shu tarmoqda har bir so’m 
kapital qo’yilmalar mahsulot tannarxining pasayishi hisobiga eng kami bilan 15 
tiyinlik tejam, foyda berishi zarur. Samaradorlik koeffitsienti "0"dan "1"ga qancha 
tez intilsa, samaradorlik shuncha yuqori, xarajatlarning reja qoplanish muddati esa 
shuncha qisqa bo’ladi. 
Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasi xilma-xil, bir-biriga bog’liq 
bo’lgan omillar ta’sirida tashkil topadi va shakllanadi. Har bir kompleks, tarmoq va 
korxona uchun uning texnik-iqtisodiy xususiyati sababli samaradorlikni 
oshirishning o’ziga xos omillari mavjud. 
3.3.Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni xisoblash usuli 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi 
korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish 
dasturini asoslashda katta rol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan 


nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ‘otentsial 
imkoniyatlarini tavsiflaydi. 
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu, ma’lum bir vaqt 
davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni 
tashkil qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan 
mahsulotlarning maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan 
mahsulotlar hajmining natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi 
va mahsulotning alohida turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi. 
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan
sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh 
uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati 
kattaligini belgilab beruvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
* uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni; 
* uskuna, agregat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma 
(normativ) lari; 
* uskunalarning ishlash vaqti fondi; 
* ishchilar soni; 
* ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assortimenti (turlari va 
xilma-xilligi). 
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy 
(yil oxirida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati 
qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik 
jihatdan qayta qurollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin. 
Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’’incha korxonaning amaldagi quvvati 
bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish 
dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan 
tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig’uv, 
quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga 
asosan hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga sarflanuvchi vaqt 
normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega 
bo’lib, ular ilg’or hamda ‘rogressiv bo’lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo’g’inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati 
quyidagi formula asosida hisoblanadi: 
т
макс
М
Ф
n
М

=


Bu erda: 
M -sex yoki uchaskaning qabul qilingan o’lchov birligidagi ishlab chiqarish 
quvvati; 
n - sex yoki uchastkadagi ilg’or uskunalar soni; 
F
maks
–bosh uskunadan foydalanish mumkin bo’lgan maksimal muddat, soat; 
M
t
–bosh uskunada mahsulot tayyorlashning ‘rogressiv mehnat sig’imi, soat. 
Amaliyotda ishlab chiqarish quvvati va uskunalarning yuklanishini 
hisoblashda ba’zida xatolar, ular o’rtasidagi farqni sezmaslik hollari ham uchrab 
turadi. Korxona quvvati asosiy ishlab chiqarish fondlari, yangi texnika va 
aniqlangan zahiralardan foydalangan holda mahsulot ishlab chiqarish mumkin 
bo’lgan maksimal darajani tavsiflaydi, uskunalarning yuklanishni hisoblash 
natijalari esa, ushbu quvvatlardan rejadagi davrda foydalanishning darajasini 
aniqlaydi. 
Demak, ular o’rtasidagi ‘rintsi’ial farq shundaki, birinchi holatda korxona 
ishlab chiqarishi mumkin bo’lgan mahsulotlarning maksimal darajasi aniqlansa
ikkinchi holda mazkur davr mobaynida uskunalardan qanchalik foydalanilishi 
aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish dasturining korxonada mavjud bo’lgan quvvatlarga mos 
kelishini aniqlash uchun, o’rtacha yillik ishlab chiqarish quvvati hisoblab to’iladi. 
Uni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: 
12
12
2
1
n
М
n
М
Мн
М
л



+
=
в
ыр.йил
Bu erda: 
M
o’r.yil
– korxonaning o’rtacha yillik quvvati; 
M
n
– korxonaning yil boshidagi quvvati; 
M
v
– yil mobaynida kiritiluvchi quvvati; 
M
l
– yil davomida ishlab chiqarishdan chiqariluvchi (yo’q qilinuvchi) quvvat; 
n

, n
2
– ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishdan yoki tugatilgan ishlab 
chiqarish quvvatlari yo’q qilingandan to yil oxirigacha o’tgan to’liq oylar soni. 
Asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishni yaxshilash bilan bog’liq 
bo’lgan mazkur chora-tadbirlar, ko’’incha ishlab chiqarish quvvatlari balansini 
tuzish yo’li bilan amalga oshirilib, korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari va 
ularni ta’minlash manbalariga bo’lgan ehtiyoji aniqlanadi. 



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling