2-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-xuquqiy shakllari


Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/28
Sana31.10.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1735489
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
3.2. Korxonada ishlab chiqarishni tashkil etish prinsiplari
turlari,shakllari va usullari 
Ishlab chiqarishni tashkil etishning eng ilg’or shakllariga ixtisoslashtirish, 
kooperativlashtirish va kombinatsiyalash kiradi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – bu, ijtimoiy mehnat taqsimotining eng muhim 
shakllaridan biri hisoblanib, u ilmiy-texnik taraqqiyot va ishlab chiqarishning boshqaruv 
tizimi bilan uzviy bog’liqdir. Korxonalararo va ular o’rtasidagi mehnat taqsimotining 
asosini mehnat qurollarini ixtisoslashtirish tashkil etadi.
Korxona ichidagi ixtisoslashtirish Sexlarni va uchastkalarni ayrim mahsulot ishlab 
chiqarishga yoki texnologik jarayonning ma’lum bosqichini bajarishga yo’naltiradi. 
Ixtisoslashtirish mahsulotni standartlash, me’yorlashtirish va detallarni 
unifikatsiyalashga asoslanadi, shuningdek, texnologik jarayonlar mexanizatsiyalashtiriladi 
va ixtisoslashgan uskunalardan keng ko’lamda foydalaniladi. 
Mashinasozlik zavodlari va ularning bo’limlarini ixtisoslashtirish darajasi asosan ikki 
omilga: ishlab chiqarish miqyosi va mahsulotning mehnat talab qilishiga bog’liqdir. 
Soha korxonalarida ixtisoslashtirishning uchta: 
buyumlar; texnologik; detallar bo’yicha ixtisoslashtirish shakllari mavjud. 
Sexlar, uchastkalar va ish joyini texnologik ixtisoslashtirish natijasida ularning har biri 
bir xil texnologik operatsiyani va bir xil ishni bajaradi. Masalan, mashinasozlikda 
temirchilik, zagotovkalar qo’yadigan, mexanika, issiqlik, payvandlash va boshqa Sex 
hamda uchastkalar, metallurgiya soha ida domna, marten va prokat Sexlari tashkil 
qilinadi; to’qimachilik fabrikalarida yigiruv, to’quv va boshqalarning tashkil qilinishi 
texnologik ixtisoslashtirishga misol bo’la oladi. 
Ishlab chiqarish ko’lami ortib borgan sari korxonalarning bo’limlari (Sex, 
uchastkalar)da 
texnologik 
ixtisoslashtirishning 
chuqurlashuvi 
vujudga 
keladi: 
mahsulotlarning o’lchamiga qarab (masalan, mexanika Sexi yirik, o’rta va mayda); 
materiallar turiga qarab ishlov berishi bo’yicha (masalan, po’lat, cho’yan va 
cho’ziladigan cho’yan); quyuv Sexlari va h. k. jarayonlarning operatsiyalari bo’yicha 
(tokarlik, frezerlik, silliqlash, pardozlash). 


Texnologik ixtisoslashtirish sharoitida unumdorligi yuqori bo’lgan texnikadan va 
texnologiyadan, shuningdek, ilg’or ishlab chiqarish usullaridan yaxshiroq foydalanishga 
erishiladi. 
Sexlar va uchastkalarni buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirishda bularning har biri 
texnologik jihatdan har xil bo’lgan operatsiyalarni bir xildagi detallar yoki uzellar 
bo’yicha bajaradi. Korxonalarning bo’limlarini buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish 
shakli ko’p jihatdan tor ixtisoslashgan zavodlar uchun xarakterlidir (ommaviy va yirik 
seriyali ishlab chiqarishlarda). Bunday Sexlar agregatlarning ayrim detallari va 
qismlarini ishlab chiqarishga moslashadi, nomenklaturasi esa chegaralangan bo’ladi 
(masalan, avtomobilg’ zavodlarida — mashinaning orqa ko’prigini yoki motorini 
ishlaydigan Sexlar, vagonsozlik zavodida ressor, stanoksozlikda —stanina, korpus 
detallari, shesterenkalar, vtulkalar va richaglar Sexi). Sexlarning buyumlar bo’yicha 
qurilishi qoida bo’yicha berk jarayonlarga olib keladi, bunday Sexlarda har xil 
bosqichga tegishli yoki ishlov berish turiga qarab jarayonlar dam-badam birga olib 
boriladi. Sexlarning texnologik ixtisoslashgan shaklidan asta-sekin birmuncha ilg’or 
bo’lgan buyumlar bo’yicha ixtisoslashishga o’tishi mashinasozlik korxonalarining 
ishlab chiqarish strukturasini takomillashtirishning hozirgi sharoitdagi birdan-bir 
tendentsiyasidir. 
Buyumlar bo’yicha ixtisoslashtirish quyidagilarni nazarda tutadi: texnologiyani 
puxta ishlab chiqish, yuqori unumli uskunalarni qo’llash, materiallardan foydalanish 
koeffitsientining yuqori bo’lishi, mehnat unumdorligini oshirish, korxonalarning Sex 
va bo’limlaridagi boshliqlar va konkret ijrochilar javobgarligini oshirish, ishlab 
chiqarishni tashkil qilishda ilg’or usullardan keng foydalanish. 
Buyumlar Sexini tashkil qilish ikki shart-sharoitga asoslanadi: 1) mahsulotlar 
ko’lami talaygina bo’lsa, ommaviy va seriyalab ishlab chiqarishni o’stirish zarur; 2). 
mashinasozlikda yangi texnologiyani joriy qilish, metallga ishlov berishda elektr 
usullaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va 
avtomatlashtirish. 
Ishlab chiqarish jarayonlarining buyumlar bo’yicha tuzilishiga zavod-avtomat 
misol bo’la oladi. Masalan, alyumindan avtomobilg’ porshenlarini ishlab chiqaradigan 
zavod-avtomat bitta agregatda turli xil jarayonlarni birlashtiradi. Bularga suyuq 
eritmani tayyorlash, quyish, porshenlarga issiqlik yordamida ishlov berish, mexanik 
ishlov berishning qattiqligini, porshenlarning katta-kichikligi bo’yicha saralashni va 
joylashni tekshirish. 

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling