Mavzu: Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. Reja: Kirish


Download 27.31 Kb.
bet1/4
Sana06.04.2023
Hajmi27.31 Kb.
#1329992
  1   2   3   4
Bog'liq
shablon


Mavzu: Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari.

Reja:
Kirish

  1. Xalq bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi.

  2. Hаrаkаtlаr strаtеgiyasi - milliy tаrаqqiyotimizning yangi bоsqishi.

  3. Xаlq dаvlаt idorаlаrigа emаs, dаvlаt idоrаlаri xаlqimizgа xizmаt qilishi kеrаk.

Xulosa
Foydalanilgan adabyotlar

Kirish
Bugun dunyoda shiddat bilan kechayotgan global o’zgarishlar, jahon xalqlari va hayotiga daxldor bo’lib, turfa xil qarashlarni vujudga keltirmoqda.Insoniyat tamom-ila o’zgacha muhit, yangicha talab va xavf-xatarlar kuchaygan bir sharoitda yashashga to’g’ri kelmoqda. Bu kabi holatda uzoq vaqt davomida sinovdan o’tgan va hayotning turli qiyinchiliklarida toblangan har qaysi xalq va millat birligi, hamjihatligini yanada oshirib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Bir necha ming yillik tarixga ega bo’lgan yurtimizdagi boy moddiy va madaniy meroslarning mavjudligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanganligi, shuningdek nomlari bashariat svilizatsiyasi tarixiga abadiy bitilgan olim-u fuzallolarni yetishtirgan bu ko’xna zamin azal-azaldan insoniyat tamaddunining beshigi bo’lib kelgan. Milodiy IX vaXII asrlarda birinchi renessans, XIV-XV asrlarda ikkinchi renessans kabi ikki muhim oltin davrlarni boshidan kechirgan xalqimiz, bir necha asrlar davomida o’z sohalarning yorqin namoyondalari bo’lmish mutafakkir-u allomalarimizning sayi-harakatlari evaziga jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga o’zining salmoqli hissalarini qo’shishgan. Hisob ilmining dahosi, algebra fanining asoschisi Muhammad al-Xorazimiy, buyuk mutaffakkir, Yevropada Alfraganus taxalluslari mashhur bo’lgan Ahmad al-Farg’oniy, tib ilmining sultoni, ulug’ hakim Abu Ali Ibn Sino, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy, yulduzlar ilmidan osmon qadar yuksalgan Mirzo Ulug’bek, o’zbek adabiy tilining asoschisi, daho shoir Alisher Navoiy, shuningdek Imom Buxoriy, Imom at- Termiziy ,Imom Moturudiy, Abul Mo’iyn anNasafiy, Maxmud Zamaxshariy, Bahovuddin Naqshband singari ulug’ ajdodlarimiz muqaddas islom dini ravnaqi yo’lida qilgan xizmatlari beqiyos sanaladi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari tomonidan yaratilgan noyob, nodir asarlar va qimmatbaho fikrmulohazalar jahon xalqlarining ma’naviy dunyosini boyitib, ularning ma’naviy kamolotiga xizmat qilib kelmoqda. Chindan ham yurtimizda yaratilgan asarlardan ko’chirilgan nusxalarning naqadar mo’tabar sanalishi va bebaho obida sifatida qadrlanishi bugungi kunda ham o’z ahamiyatini ko’rsatmoqda. Hayot yo’llari bir teks bo’lmagani kabi o’zbek xalqining tarixiy taraqqiyot davrida moddiy va ma’naviy madaniyati bir tekisda rivojlangan emas. Bunda biz uyg’onish, yuksalish bilan bir qatorda turli nohaqliklar va turg’inlik holatlarini ham kuzatishimiz mumkin. Markaziy Osiyo xalqlari o'tgan ming yillar mobaynida xitoy, yunon, arab, mug'ul, rus istilochilari tomonidan zabt etilgan. Istilochilar xilma-xil bo'lsa ham ularning maqsadi o'xshash, ya'ni ko'xna madaniyat va ma'naviyatga ega bo'lgan tub aholini milliy qadriyatlardan begonalashtirish, o'zligini anglashga yo'l qo'ymaslik, tarixini soxtalashtirishdan iborat edi. Shu bois, bizning hududimizdagi biron bir ko'xna shahrimiz, katta – kichik daryomiz, baland – past tog'imiz yo'qki, u bir necha nom bilan atalmasin. Bu istilochilarning manfur siyosati, o'z xalqining tili va madaniyatini ustun qilib ko'rsatish, mahalliy xalqning tarixi va ma'naviyatini kamsitib, soxtalashtirib yoki inkor etish oqibati edi


Download 27.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling