2-ma’ruza: armaturaning fizik-mexanik xossalari. Beton va armaturaning me'yoriy va hisobiy qarshiliklari. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarni


Download 211.04 Kb.
bet8/9
Sana28.09.2023
Hajmi211.04 Kb.
#1689498
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-MA’RUZA

Taranglashgan usullari
Temirbeton konstruksiyalarida taranglash ikki xil usul bilan amalga oshiriladi:
1-usul. Armaturani tirgaklarga tirab taranglash (betonlashgacha);
2-usul. Armaturani betonga qadab taranglash (betonlangandan keyin).
Birinchi usul bo‘yicha konstruksiyani tayyorlashda armatura tortiladi va uning uchlarini tayanch yoki forma chetlariga mustahkamlanadi, so‘ngra element betonlanadi. Beton kerakli mustahkamlikni olgandan so‘ng armatura tayanchlardan bo‘shatiladi, ya’ni taranglangan armaturadagi kuch betonga o‘tib uni siqadi. Kuchni betonga o‘tishi armatura bilan beton orasidagi yopishish (ssepleniya) oqibatida ro‘y beradi.
Ikkinchi usul bilan dastlab betondan yoki kam armaturalangan element tayyorlanadi, unda zo‘riqtiriladigan armaturani joylashtirish uchun betonda oldindan kanallar hosil qilinadi (masalan, gaz trubasi yordamida). So‘ngra armaturani tegishli taranglikkacha tortiladi va uchlari ankerlar yordamida konstruksiya chetiga mahkamlanadi. Armaturani tortish jarayonida betonda siqilish ro‘y beradi. Shundan so‘ng armatura bilan beton orasidagi yopiShuvni ta’minlash maqsadida tuynukka 0.5-0.6 MPa bosim ostida sement qorishmasi xaydaladi.
Armaturani tayanchlarga tortish mexanik, elektrotermik va elektrotermomexanik usullari bilan betonga tortish esa odatda mexanik usul bilan amalga oshiriladi.
Mexanik usulda armaturani gidravlik va vintli domkrat yoki o‘rash mashinasi yordamida tortiladi. Armaturani mexanik usul bilan taranglashda ko‘pincha gidravlik domkratlardan foydalaniladi. Bu usulda armaturada katta zo‘riqish hosil bo‘lishiga qaramay, taranglash kuchini aniq o‘lchash imkoni bo‘ladi. Shu bilan birga aylanma stol yordamida o‘ta mustahkam simdan uzluksiz armaturalash usuli ham samarali hisoblanadi. Mazkur usul yordamida bir yoki ikki o‘qli kuchlanish xolatida, bosim ostida ishlaydigan quvur, rezervuar devorlari singari turli konstruksiyalarni oldindan zo‘riqtirish mumkin. Tarang tortilgan sim bilan uzluksiz armaturalash usuli oldindan zo‘riqtirilgan rezervuarlarni qurishda keng qo‘llaniladi. Bunda maxsus qo‘zg‘alma mashinalardan foydalaniladi. Bu usulni tarang tortilgan ipni g‘altakka o‘rashga o‘xshatish mumkin. Armaturani elektrotermik taranglash usuli keyingi yillarda keng tarqaldi. Hozirgi kunda oldindan zo‘riqtirilgan konstruksiyalarning 3/4 qismi Shu usul bilan tayyorlanmoqda. Elektrotermik usulda armaturaning elektr toki yordamida 300-400 S gacha qizdiriladi, so‘ngra uni formaga solinadi va uchi tayanchlarga mahkamlanadi. Armatura sovuganda qisqaradi, natijada oldindan taranglashish kuchi paydo bo‘ladi. Usulning afzalligi uning o‘ta soddaligi va istalgan korxonada qo‘llash imkoniyati mavjudligidadir. Ishlatiladigan uskunalar 5-10 martta arzon, konstruksiya tayyorlash uchun sariflanadigan mehnat ham 2-3 marotaba kam. Biroq taranglash aniqligi mexanik usuldagi taranglashga qaraganda ancha past. Ayrim hollarda o‘ta mustahkam simlarni taranglashda ikki usulning birgalikda qo‘shib ishlatish xollari ham uchraydi. Qo‘shma usulga ko‘ra qizdirilgan sim aylanma stol yordamida uzluksiz ravishda taranglanadi. YA’ni elektrotermomexanik usuli elektrotermik va mexanik usullarni bir vaqtning o‘zida qo‘llanish natijasida hosil bo‘ladi.
Shu bilan birga tortishni yana bir fizik-kimyoviy usuli bilan ham amalga oshirish mumkin. Bunga maxsus kengayuvchi sementdan tayyorlangan betonni kengayishi oqibatida armaturada kuchlanish paydo bo‘ladi. Betonga joylashgan armatura uning hajmini kengayishiga yo‘l qo‘ymaydi va o‘zi cho‘ziladi, betonda esa siqish kuchlanishi vujudga keladi. Shu tariqa konstruksiya oldindan zo‘riqadi. Bunday konstruksiyalar o‘zining o‘zi taranglashishi (samonapryajenie) deb yuritiladi.

Download 211.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling