2-ma’ruza: armaturaning fizik-mexanik xossalari. Beton va armaturaning me'yoriy va hisobiy qarshiliklari. Temirbeton konstruksiyalarning kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uch bosqichi. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton konstruksiyalarni


Download 211.04 Kb.
bet1/9
Sana28.09.2023
Hajmi211.04 Kb.
#1689498
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-MA’RUZA


2-MA’RUZA: ARMATURANING FIZIK-MEXANIK XOSSALARI. BETON VA ARMATURANING ME'YORIY VA HISOBIY QARSHILIKLARI. TEMIRBETON KONSTRUKSIYALARNING KUCHLANISH-DEFORMATSIYALANISH HOLATINING UCH BOSQICHI. OLDINDAN ZO‘RIQTIRILGAN TEMIRBETON KONSTRUKSIYALAR. OLDINDAN ZO‘RIQTIRILGAN TEMIRBETON KONSTRUKSIYALARNI LOYIHALASH

Reja:
1.Armaturaning vazifasiga,yuza shakliga va ishlatilishi ko’ra turlari


2.Armaturaning fizik-mexanik xossalari
3.Armaturalar tavsifi.
4.Armaturalash usullari.
5. Betonning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari.
6. Armaturaning (pulat) yuk ostida ishlashi.
7. Armaturaning me’yoriy va hisobiy qarshiliklari
8. Kuchlanish-deformatsiyalanish holatining birinchi bosqichi.
9. Kuchlanish-deformatsiyalanish holatining ikkinchi bosqichi.
10. Kuchlanish-deformatsiyalanish holatining uchinchi bosqichi.
11. Qurilish konstruksiyalarni buzilishini 1-xolati.
12. Qurilish konstruksiyalarni buzilishini 2-xolati.
13. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbetonning afzalliklari.
14. Oldindan zo‘riqtirishning moxiyati

  1. Taranglashgan usullari

  2. Oldindan zo‘riqtirilgan temirbeton elementlardagi kuchlanishlarni yo‘qotilishi



Armaturaning vazifasiga,yuza shakliga va ishlatilishi ko’ra turlari
Po‘lat sterjenli armatura hisoblash yo‘li bilan hamda konstruktiv yoki ishlab chiqarish talablari asosida betonga joylashtiriladi.Armatura temirbeton konstruksiyalarida cho‘ziluvchi kuchni qabul qilish va betonning siqilgan qismini kuchaytirish uchun qo‘llaniladi.Armaturalar ishlatilishiga ko‘ra: ishchi, konstruktiv, montaj armaturalariga bo‘linadi.Ishchi armatura hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi (cho‘ziluvchi yoki siqiluvchi kuchini qabul qilish uchun)Montaj armaturasi ishchi armaturani loyihada ko‘rsatilgan xolatdagi joyini belgilash uchun, karkas bilan birlashtirish uchun qo‘yiladi. Betonda hisobda e’tiborga olinmagan kirishish va tobtashlash, hamda temperaturaning o‘zgarish kuchini hisobga olish uchun konstruktiv (yoki taqsimlovchi) armatura armaturalar o‘rtasida kuchlanishni bir xil taqsimlash uchun qo‘yiladi. Ishchi va konstruktiv armatura montaj armatura vazifasini ham bajarishi mumkin.
Temirbeton konstruksiyalarida qo‘llaniladigan armaturalar quyidagi xususiyatlari bilan farqlanadi:
-tayyorlash texnologiyasiga ko‘ra qizdirib prokatlangan va sovuqlayin Cho‘zilgan;
-yuza shakli silliq va davriy profilli;
-qo‘llash usuli oddiy va zo‘riqtirilgan.
Shuni aloxida ta’kidlash joizki, temirbeton konstruksiyalarida davriy profili sterjenli armaturalar keng qo‘llaniladi. Davriy profili armaturani 1889 yilda F.Ransen (AQSH) ixtiro qildi. Armatura sirtining davriy profili shakli (ya’ni uning g‘adir-budurligi) uning beton bilan yopiShuvini yanada oshiradi, bu esa o‘z navbatida, beton cho‘zilishga ishlaganida, Yoriqlarning kengayishini kamaytiradi, armaturani betondagi mustahkamlashi bo‘yicha maxsus choralar ko‘rishdan xalos etadi. Sterjenli va simli armaturalar egiluvchan armatura deyiladi. Ayrim xollarda egiluvchi armaturadan tashqari egilmaydigan bikir yuk ko‘taruvchi armaturalardan ham foydalaniladi (shveller, qo‘shtavr va b).

Download 211.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling