№2 Mа’ruzа Bitumli yoʻl emulsiyalari. Mastika va germetiklar(6 soat) Reja


Download 389.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana18.06.2023
Hajmi389.94 Kb.
#1564370
1   2   3   4
Bog'liq
2 Mа (1)

Qatronlar. Toshko‘mir qatroni tarkibiga ko‘mirsimon moddalar, erimaydigan 
qattiq qatron smolalari, eriydigan qatron yog‘i bo‘ladi. Qatronning zichligi 0,96-1,3 
g

sm
3
, pekniki (qatron qoldig‘i) 1,19-1,3 g

sm
3
, yumshash xarorati 50-60
0
S teng. Qatron 
atmosfera ta‘sirida tez eskiradi, biologik muxitga esa qatron bitumga nisbatan chidamli 
bo‘ladi. Qatron gidroizolyatsiya va o‘rama materiallar tayyorlashda ishlatiladi. 


Arxitektura yodgorliklarini ta‘mirlash va konservatsiyalashda bitum va qatronlar 
fundamentlar va er ustki qismlari gidroizolyatsiyasida ishlatilishi mumkin. Bitum yoki 
qatron va suvdan tashkil topgan suyuq material emulsiya deb ataladi. Emulsiyalar, 
mineral materiallar yuzasida tez yoyilishi bilan organik mahsulotni 30 foizgacha tejash 
imkonini beradi. Bitum va qatron emulsiyalari muhit tuzilishiga ega bo‗lib,suv muhit va 
bitum (qatron) zarrachalari esa faza rolini bajaradi. Yo‗l emulsiyalarida bitum (qatron) 
taxminan 1 mk kattalikda bo‗lib, muhit tuzilishining 50-60 foizini tashkil etadi. Agar 
ularning miqdori 70 foiz bo‗lsa, bunday emulsiya yuqori konsentratsiyali emulsiya 
deyiladi. Bitum (qatron) qutbsiz modda bo‗lib, qutbli suyuqlikda (suvda) yerimaydi. 
SHuning uchun ular suv bilan kolloid muhit tuzilishini hosil qiladi. Emulsiyaning ikki 
turi, ya‘ni to‗g‗ri va teskari turi mavjud. To‗g‗ri emulsiya uchun dispyers muhit 
vazifasini emulgatorning suvli muhiti bajaradi, dispyersiyalangan moddalarning 
dispyers fazasi kattaligi 1mk bo‗lgan bitum yoki qatronning himoyalovchi emulgator 
qatlamidan iborat. To‗g‗ri yo‗l emulsiyalari ishqorli va nordon, yuqori va normal 
konsentratsiyali bo‗lishi mumkin. 
Har xil suyuqliklar (dispers muhit)da dispers materiallar qattiq zarralarining erishi 
oqibatida, har xil fizik-kimyoviy tuzilishlar vujudga keladi va bular gomogenlar deb 
ataladi. Muhit tuzilishi gomogen (bir fazali) yoki getyerogen (ikki yoki ko‗p fazali) 
fazalardan tashqari, yirik geterogenli juda mayda getyerogenli va ultrageterogenli 
tuzilmadan iborat bo‗lib, ular juda mayda zarrachalar bilan ultramikroskopik 
zarrachalardan iboratdir. 

Download 389.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling