№2 Mа’ruzа Bitumli yoʻl emulsiyalari. Mastika va germetiklar(6 soat) Reja


Download 389.94 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana18.06.2023
Hajmi389.94 Kb.
#1564370
1   2   3   4
Bog'liq
2 Mа (1)

Mastikalar. Yo‗l qoplamalari yoriqlarini berkitish uchun ishlatiladigan material 
asfaltbetonning ikkiga ajralgan bo‗lagi o‗rtasida qayishqoq sharnir vazifasini bajarishi 
kerak. Shunda transport vositalaridan tushadigan yuklamalar ta‘sirida bo‗laklarning 
chetlari yanada buzilishdan saqlanadi. Yog‗in-sochin suvlari va agressiv iqlim omillari 
qoplama ichiga singib kirmasligi uchun yoriqlar jipslab byerkitilishi lozim. 
Yoriqlarni berkitish uchun ishlatiladigan mastikaning boshqa bir xususiyati- 
dinamik yuklamaparga chidamliligidir. Uning deformatsiyalanish xususiyati har qanday 
haroratda qoplamada xizmat qilish muddatini belgilaydi. 
Yilning sovuq vaqtlarida mastikaning mo‗rtlik harorati katta ahamiyatga ega 
bo‗ladi. (GOST 11507-78). Rezina bo‗lagi va kauchuk asosida tayyorlangan 
mastikaning deformatsiyalanish va elastiklik xususiyatlarini past haroratlarda ham 
oshirish uchun plastifikatorlar, ko‗proq P-40Aturdagi sanoat moyi qo‗shiladi. 
Mastikalar tarkibini tanlashda ularning texnologik ko‗rsatkichlari: yopishqoqlik 
va alangalanish haroratini ham hisobga olish kerak. 
Mastikani bir partiyasining ogirligi 10 t dan ortiq bo‗lmaydi. Xar bir partiyaning 
pasportiga ―tovar-transport nakladnoy‖dagi ma‘lumotlardan tashqari o‗tkazilgan sinov 
natijalari yoki mastika xususiyatlarining texnik shartlarga mosligini tasdiqlovchi 
ma‘lumot beriladi. 
Topshirish - qabul qilish sinovlarini bajarish uchun har bir partiyadan uchtadan 
namuna olinadi. Birinchi namuna hatto bitta ko‗rsatkich bo‗yicha chiqsa ham keyingi 
sinov qilinadi. Uning natijasi uzil-kesil hisoblanadi. Bitum - Polimer (kauchuk) 
mastikaning yumshash harorati og‗ishiga qarab baholanadi. Mastikaning pnevmatikka 
yopishib qolish harorati faqat ta‘mir ishlarida, statik yuklama tushadigan uchastkalarda 
(turish joylari, jamoat transport bekatlari va b.) baholanadi. 


Hozirgi kunda Rossiyada qo‗llaniladigan yo‗l mastikalariga qo‗yiladigan talablar 
-jadvalda byerilgan. 
№ 
Ko‗rsatkichlar 
Me‘yoriy qiymatlar 
mastikalar bo‗yicha 
Aniqlash usuli 
Bitum –
Polimerli 
(kauchukli) 
Polimer-
bitumli 

Yumshash xarorati 
0
Sdan 
kam emas 
70 
70 
Gost 11506 

Ignaning botish chuqurligi 
(mm), kamida, quyidagi 
xaroratlarda 
25
0

0
0

20 

20 

Gost 11501 

Mo‗rtlik 
xarorati, 0
0

ko‗pi bilan 
-25 
-20 
Gost 11507 

160
0

xaroratda 
texnologik (oquvchanligi), 
ko‗pi bilan, sek 
100 
100 
TU5577-
0002-
4284072-98 

Bir xillik ko‗rsatkichi, % 


TU5577-
0002-
4284072-98 

Pnevmatiklarga 
yopishib 
qolish xarorati, 0
0

50 

TU5577-
0002-
4284072-98 
Respublikamizda «Yo‗l va aerodrom qoplamalarining deformatsiya choklari va 
yoriqlari uchun suv o‗tkazmas kompozitsion materiallar‖ uchun ―O‗zavtoyo‗l‖ DAK 
tomonidan gasdiqlangan TSh14-22:2004 texnik shartlar ishlab chiqilgan. Bunga ko‗ra, 
kompozitsion germetiklarning shartli belgilanishi, ularning tarkibidagi materiallarning 
yumshash harorati va ushbu standartning belgilanishlarining qisqartirilgan harf va 
sonlaridan tashkil topishi kerak. Masalan, kompozitsion germetiklarning shartli 
belgilanishi TZ 14-22:2004 bo‗yicha KG-90; KG-110; KG-130;KG-150 bo‗lishi 
mumkin. 
Polimer materiallar garchi tarixiy yodgorliklarda ishlatilmagan bo‘lsa ham, 
hozirgi 
kunda 
ularni 
ta‘mirlashda, 
ayniqsa 
konservatsiyalashda 
polimer 
kompozitsiyalari qo‘llanilmoqda. Polimer kompozitsiyalar cho‘kayotgan bino va 
inshootlar 
zaminini 
mustaxkamlashda 
(karbamid 
polimeri), 
poydevorlar 
gidroizolyatsiyasida (epoksid, fenol-formaldegid polimerlari), eski paxsa devor va 
inshootlarni shimdirib modifikatsiyalashda (polimetilmetakrilat, polistirol, poliefir 
polimerlari) ishlatilmoqda. Bizda va chet ellarda in‘eksiya va gidroizolyatsiya uchun 
polimet kompozitsiyalari optimal tarkiblari va texnologiyalari ishlab chiqilgan. Bundan 
tashqari polimer kompozitsiyalari asosida istalgan rangdagi va shakldagi arxitektura 


qismlari, fragmentlarini qoliplarga quyib tayyorlash mumkin. Bunda material sopolga 
o‘xshab quydirilmagani tufayli (kuydirilganda rangi o‘zgaradi) aynan yodgorlik 
fragmenti rangidagi qismini tayyorlash mumkin bo‘ladi. Polimerlar yuqori molekulali 
organik moddalar bo‘lib, kompozitsion materiallar olishda bog‘lovchi vazifasini 
bajaradi. Polimer kompozitsiya tarkibida kukun, mayda va yirik to‘ldiruvchilar, 
qotiruvchilar, plastifikatorlar, stabilizatorlar, pigmentlar, ingibitorlar va sh.k. bo‘lishi 
mumkin. Kukun to‘ldiruvchilar polimerni tejash bilan birga kompozitsiyaga 
mustaxkamlik, qattiqlik, kirishishini kamaytirish xususiyatlarini beradi: plastifikatorlar 
polimerlarning mo‘rtligini kamaytiradi, stabilizatorlar esa ularning atmosfera muxitiga 
chidamligini oshiradi. Polimerlar termoplastlar (A) va termoreaktivlarga (B) bo‘linadi. 
Termoplastlarga polietilen, polipropilen, polipzobutilen, polistirol, polivinilxlorid, 
polivinilatsetat, 
polimetilmetakrilatlar, 
termoreaktivlarga 
esa 
fenolaldegid, 
karbamidformaaldegid, furan, epoksid, kremniyorganik polimerlar kiradi. Termoplastlar 
xarorat ta‘sirida shakli va xossalarini o‘zgartiradi, termoreaktivlar esa aksincha 
o‘zgartirmaydi. 
Restavratsiyada ishlatiladigan ba‘zi polimer va ular asosidagi kompozitsiyalarni ko‘rib 
chiqamiz. Polimetilmetakrilat (organik shisha) rangsiz, suyuq, uchuvchan, yonuvchan 
polimer bo‘lib, qotiruvchi qo‘shilib kompozitsiya tayyorlanadi va 0,2-1,0 MPa bosim 
ostida in‘eksiya qilinadi. In‘eksiya ob‘ekti muayyan g‘ovaklikda va quruq xolatda 
bo‘lishi kerak. SHimdirilgan polimer 60-70
0
S qizdirilsa qotishi tezlashadi va o‘ta 
mustaxkam (100-150 MPa), zich materialga aylanadi. Bu usulda mustaxkamligini 
deyarli yoqotgan g‘ovak materiallarni, fragmentlarni konservatsiyalash mumkin. 
Karbamidformeldegid smolasi eng arzon, serob, suvda eruvchan (smola xolatida), 
yonmaydigan polimer bo‘lib, kuchsiz kislotalar, tuzlar ishtirokida polimerlanib qotadi. 
Karbamid smolasi (qotiruvchi qo‘shilib) bino va inshootlar zaminini mustaxkamlashda 
bosim ostida (10 MPa) in‘eksiya qilinadi. Karbamid kompozitsiyalari kislota va tuz 
eritmalariga, biologik muxitlarga chidamli bo‘ladi. Epoksid polimeri sovuq va issiq 
holatida maxsus qotiruvchilar qo‘shilib polimerizatsiya qilinadi. Epoksid polimerlari 
yog‘och, metall, g‘isht, suvoq va boshqa materiallarga juda kuchli yopishadi. Epoksid 
polimerlari asosida kimyoviy muxitlarga, suvga, turli gazlarga chidamli elimlar, 
qoplamalar, mastikalar, pastalar va qorishmalar tayyorlanadi. Obidalarni ta‘mirlash va 
konservatsiyalashda epoksid kompozitsiyalari bino va inshootlar yoriqlarini berkitishda, 
elimlashda, paxsa fragmentlarini in‘eksiya usulida mustaxkamlashda va sh.k. joylarda 
ishlatilishi mumkin. 
Kompozitsion germetiklar ko‗p tarkibli qorishma bo‗lib, ular tarkibidagi neftli 
bitumlar, rezina kukuni, Polimer qo‗shimcha, plastifikator va to‗ldiruvchilar mavjud. 
Emulsiya deb, tarkibida ikki tomonlama erimaydigan, yupqa disperslangan 
suyuqlikka ega bo‘lgan geterogen dispers sistemalarga aytiladi (suv, moy); shuningdek, 
emulsiyalar o‘znda dispers fazodagi bir suyuqlikning bir necha mayda tomchilari, 
dispers qatlamli boshqa bir suyuqliklarga taqsimlanuvchi tarkibni mujassam etadi.
Emulsiyaning 2 ta asosiy turi mavjud: yog‘ va suvdagi dispers yoki 1-chi turdagi 
emulsiya (suv bilan yuviluvchi) va suv va yoqdagi dispersiyalar yoki 2-chi turdagi 
emulsiyalar (suv bilan yuvilmaydigan). Bundan tashqari murakkab emulsiyalar ham 
mavjuddir. Bu dispers fazada dispers qatlamga ega bo‘lgan disperslangan suyuqlik. 


Emulsiyalar juda murakkab sistemalar hisoblanib, ularni texnologiyasini stabilizatsiya 
qilishni yaratish asosiy muammo hisoblanadi. 
EMULGATORLAR — emulsiya hosil qiladigan moddalar, emulsiyalarning 
stabilizatorlari. Emulgatorlar jumlasiga emulsiyani tashkil etgan 2 fazadan birida 
eriydigan tabiiy va sun‘iy birikmalar (ba‘zi tuzlar, asoslar, organik kislotlar, sovunlar, 
aminlar va boshqalar sirt faol moldalar), kukun holidagi moddalar kiradi. Emulgatorlar 
sifatida ishlatiladigan modda tarkibida (uning disperslik darajasidan qat‘i nazar) gidrofil 
va gidrofob qismlar bo‘lishi kerak, chunki deyarli hamma Emulgatorlarni sirt faol 
moddalar desa bo‘ladi. Kuchli gidrofil qismiga ega bo‘lgan Emulgatorlar M/S tipidagi 
emulsiyalar (ya‘ni moyning suvdagi emulsiyasi) olish uchun xizmat qiladi. Gidrofob 
qismlari kuchli bo‘lgan Emulgatorlar esa S/M tipidagi emulsiyalar (ya‘ni suvning 
moydagi emulsiyasi) hosil qilishda ishlatiladi. Agar 10 ml suvga 10 ml benzol qo‘shib 
chayqatilsa, 2 xil emulsiya olish mumkin. Ana shu aralashmaga gidrofil Emulgatorlar 
qo‘shilsa, Emulgatorlar molekulasining qutbsiz (utlevodorod) qismi moy tomchilariga, 
qutbli qismi (—Soon, — on, — 1MN2 guruhlari) esa suv tomchilariga botadi, lekin 
gidrofil Emulgatorlarni suv ko‘proq xo‘llaydi, natijada Emulgatorlar hajmining ko‘p 
qismi suvga, oz qismi esa benzolga botadi. Shu sababli benzol tomchisi atrofida 
Emulgatorlarning sidirg‘a pardasi hosil bo‘ladi; bu tomchini Emulgatorlar molekulari 
yaxshi qurshab oladi. Natijada M/S tipidagi emulsiya barqarorlashadi. Gidrofob 
Emulgatorlar qo‘shilganda S/M tipidagi emulsiya hosil bo‘ladi. 
Emulsiyalar xususiyatiga va eng asosiy agregat turg‘unligiga qarab, emulsiyalar 
ikkiga bo‘linishi mumkin: suyultirilgan va konsentrlangan. Suyultirilgan emulsiyalarda 
dispers fazaning hajmi (yog yoki suv) 0,1% dan oshmaydi. Aniqlanishicha, suyultirilgan 
emulsiyalarda osilgan zarrachalarni elektr zaryadi yordamida stabillash asosiy 
omillardan biridir yoki suyultirilgan emulsiyalar kolloid zoliga o‘xshashdir. Tibbiyotda 
ishlatiladigan emulsiyalarga konsentrlangan emulsiyalar kiradi. Undagi dispers fazaning 
miqdori 5% dan oshik. Bu sistemadagi stabillash — (turg‘unligini oshirish) holati 
kolloid eritmalardan birmuncha farqlanadi. Dispers fazada zarrachalarning elektr 
zaryadi — emulsiyalarda ikkinchi o‘rinda turadi. Agarda o‘simlik moyi va suv 
teng hajmda olinib aralashtirilsa, disperslanish nazariy jixatdan bir xil bo‘lib, bir 
vaqtning o‘zida ikkala turdagi m/s va s/m emulsiyasi hosil bo‘ladi. Bu holat bir fazaning 
ikkinchi fazadan oshikrok turg‘unligiga bog‘liq. Bu konsentrlangan emulsiyalarning 
suyultirgan emulsiyalardan birinchi farqi hisoblanadi. Ikkinchi farqi shundaki, 
konsentrlangan emulsiyalar ikki xil toza suyuqlikdan tashqil topgan bo‘lib, 
dispergirlashni to‘xtatish bilan bu sistemaning butunlay turg‘unligi buzilib bo‘laklarga 
bo‘linadi. Bu holatning turg‘unligini oshirish va dispers sistemadagi tomchilar bir-biri 
bilan yopishib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uchinchi bir modda qo‘shiladi. Bunday 
modda dispers fazadagi tomchilarning qo‘shilib ketmasligiga va turg‘un bo‘lmagan 
emulsiyalarni turg‘un emulsiyalarga o‘tishiga — emulgirlanishiga olib keladigan modda 
hisoblanib bu moddalar emulgatorlar deyiladi. Emulgatorlar xossalariga ko‘ra har xil 
bo‘ladi: biri emulsiyani moyni suvdagi turini turg‘unligini oshirsa, boshqasi suvni 
moydagi emulsiyasini barkarorligini kuchaytiradi. Faol emulgatorlar yordamida yuqori 


konsentrlangan emulsiyalar hosil kilish mumkin. Masalan: 99% li benzol va 1% li natriy 
oleat tuzi eritmasidan moyning suvdagi (m/s) yuqori konsentrlangan emulsiyasi hosil 
qilingan. Bunda dispersion muxit yupka pardadan iborat bo‘lib (qalinligi atigi 10 mkm 
ga yakin) shaklini yo‘kotayotgan yog‘ tomchilarining o‘rtasida joylashgan. Bunday 
emulsiyalar studen holatida bo‘lib, ularni pichok bilan kesish mumkin. 

Download 389.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling