2.1. Dasturiy ta’minotning arxitekturaviy dizayni
Dasturiy ta’minotning arxitekturaviy dizayn, tizimning umumiy tuzilishi
dizayni va uni qanday tashkillashtirish tushunchalari bilan bog’liqdir. Siz dasturiy
ta’minot arxitekturasini ikkita ajralmas bosqichlarda dizaynlashtira olasiz. Bular,
kichik arxitektura va katta arxitektura:
1.
Kichik arxitekturaga shaxsiy dasturlarning arxitekturalarini o’z ichiga oladi.
2.
Katta arxitektura boshqa tizimlarni, dasturlarni va dasturiy komponentalarni
qamrab oladigan murakkab korxona tizimlari arxitekturasini o’z ichiga oladi.
Dasturiy ta’minot arxitekturasi tizimni ishlab chiqishda muhim o’rin tutadi, sababi
u tizimni ishlab chiqilishiga, ishonchliligiga, keng ko’lamda qo’llanilishiga va
qayta ishlab chiqilishiga ta’sir qiladi. Shaxsiy komponentalar funksional tizim
talablarini bajaradi. Nofunksional talablar tizim arxitekturasidan kelib chiqadi – bu
komponentalar tashkil qilinadigan va bir-biriga bog’lanadigan yo’ldir. Ko’plab
tizimlarda, nofunksional talablar ham shaxsiy komponentalar tomonidan bajariladi,
lekin bu yerda shubxasiz tizim arxitekturasi ustuvor hisoblanadi. Bass va
boshqalar (2003) dasturiy ta’minot arxitekturasini ochiq loyihalashtirish va
hujjjatlashtirishning uchta afzalliklarini muhokama qilishdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |