2.2. Dasturiy ta’minot dizaynini qurish va moslashtirish
Dasturiy ta’minot dizayni va uni ishlab chiqish bajariladigan dasturiy
ta'minot tizimi ishlab chiqiladigan dasturiy injiniring jarayonidagi bosqichdir.
Ba'zi
oddiy tizimlar uchun, dasturiy ta'minot dizayni va dasturni ishlab chiqish dasturiy
injiniringdir, va boshqa barcha faoliyatlar bu jarayonda bilan birlashgan.
Shu bilan birga, katta tizimlar uchun, dasturiy ta'minot dizayni va dasturni
ishlab chiqish dasturiy injiniringda ishtirok etadigan jarayonlar majmuidan biridir.
Dasturiy ta’minot dizayni va dasturiy ta’minotni ishlab chiqish faoliyati
o’zgarishsiz ketma-ketlikda kelmoqda. Dasturiy ta’minot dizayni foydalanuvchi
talablariga asoslangan dasturiy ta’minot komponentalari va ularning o’zaro
bog’liqligi ta’minlashda yaratiladigan faoliyatdir. Dasturiy ta’minotni ishlab
chiqish bu dizaynni dasturga moslab joriy etish jarayonidir. Ba’zi hollarda,
bo’lingan dizayn bosqichlari ham mavjud va bu dizayn modellashtirilgan va
dokumentlashtirilgan bo’ladi. Boshqa hollarda esa, dizayn dasturchi miyasida yoki
doskada yoki qog’ozlarda aks etadi. Dizaynlashtirish bu muammoni qanday
bartaraf etishdir, shuning uchun har doim dizaynlash jarayoni mavjuddir. Shunga
qaramasdan, UML yoki boshqa dizayn yaratuvchi tillardan foydalanishda dizaynni
tushuntirish bu doimo muhim yoki mos ravishda bo’lmaydi.
Dizaynlashtirish jarayonidagi eng muhim bosqich bu sizga kerak bo’lgan
dizayn modellari va ularda talab qilingan detallarning bosqichlari ustida qarorlar
qabul qilishdir. Bu ayni vaqtda ishlab chiqilayotgan tizim turidan kelib chiqadi.
Tizim loyihasini umumiylikdan detallarigacha ishlab chiqishda, obyektga
yo’naltirilgan dizaynda quyidagi bir qanch narsalarni bilishingiz lozim:
Do'stlaringiz bilan baham: |