- Reja:
- Microsoft Excel jadval protsessorlari haqida asosiy tushunchalar va ularning turlari
- Jadval protsessorlarida ishlashning asosiy usullari va kerakli operatsiyalarning bajarilishi
- Jadval protsessorlarida menyu va komanda rejimida ishlash
- Piktogrammalar bayoni va ularning bajaradigan ishlari
- Ma’lumotlarni kiritishning avtomatik yo‘llari
- Arifmetik hisob-kitoblar olib borish, maxsus funksiyalar bilan ishlash
Microsoft Excel jadval protsessorlari haqida asosiy tushunchalar va ularning turlari - Microsoft Excel jadval protsessorlari haqida asosiy tushunchalar va ularning turlari
- Ko‘pincha ma’lumotlarni qayta ishlashda ularni jadval ko‘rinishda tasvirlashga to‘g‘ri keladi. Jadvalli ma’lumotlarni faqat saqlash emas, balki ularni qayta ishlash ham mumkin. Jadval satr va ustunlardan tashkil topadi. Ma’lumotlar ustun va satrlar kesishmasidan hosil bo‘lgan yacheykalar (katakchalar) ga yoziladi. Bu holda, jadvalning bir qism yacheykalari oldindan berilgan ma’lumotlar bilan, boshqa qism yacheykalari esa, oldindan ma’lum bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajarilgan turli xil arifmetik va boshqa amallar natijasida to‘ldiriladi. Jadvaldan foydalanishga hayotdan ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo‘ladi. Excel atamasida bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi. - Excelda tayyorlangan har bir hujjat (ma’lumotli jadval) ixtiyoriy nom va .xls kengaytmadan iborat fayl bo‘ladi. Excel atamasida bunday fayl “Ish kitobi” (Workbook) deb yuritiladi.
- Microsoft Excelning asosiy ish maydoni - bu “Ish kitobi” bo‘lib, u bir yoki bir nechta ish varaqlaridan iborat. Ish varag‘ida buxgalter (hisobchi) kitobi kabi, sonlar, matnlar, arifmetik ifodalar, hisoblar qator va ustunlarda joylashgan bo‘ladi. Excel ning buxgalter kitobidan asosiy farqi shundaki, barcha hisob ishlarini uning o‘zi bajaradi, lekin ma’lumotlarni kiritish foydalanuvchi zimmasida qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |