2-Ma’ruza. Elektrstansiyalar va transformatorli nimstansiyalarning turlari. Energetik va elektr tizimlari


Elektr stansiya va podstansiya tizimlari


Download 175.53 Kb.
bet2/2
Sana25.10.2023
Hajmi175.53 Kb.
#1719484
1   2
Elektr stansiya va podstansiya tizimlari
Elektr ta’minoti sxemasini tanlash loyihalashning muhim masalasidir. Bunday sxema o‘z ichiga ta’minlovchi liniyalarni, korxonadagi pasaytiruvchi va tarqatuvchi podstansiyalarni, korxona ichida elektr energiyasini tarqatuvchi turli kuchlanishli uzatgichlarni, issiqlik elektr markazini o‘z ichiga oladi. Iste’molchiga yaqinlashtirilgan podstansiyalar 35 kV, 110 kV kuchlanishlarni iste’lomchilaming elektr pechlari va o‘zgartirgichli podstansiyalaiga yaqin keltiradi. Bunda energiya yo‘qotishlari va o‘tkazgich materiallari iqtisod qilinadi.
Elektr stansiyasi energetika tizimi bilanvbirgalikda parallel ishlab, tegishli grafik bo‘yicha umumiy elektr bilan ta’minlashda qatnashganda: mahalliy iste’molchilarining butun yuklamasini qoplab, elektr quwatining ortiqchasini energetika tizimiga bera oladi; o‘z iste’molchilari yuklamasining bir qisminigina qoplay oladi (elektr quwatining yetishmasligini energetika tizimining parallel ishlayotgan boshqa stansiyalari hisobiga toMdiriladi); mahalliy yuklamani tamomila ta’minlay oladi, shu bilan birga, energetika tizimi elektr quwatining zaxirasi bo‘lib qoladi.
Elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun uni bir kuchlanishdan ikkinchi kuchlanishga transformatsiya qilish (stansiyalarda oshirish, iste’molchida pasaytirish) kerak.
Elektr stansiya generatorlari 10,5 kV kuchlanishli elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bu energiya stansiya taqsimlash qurilmasining asosiy shinalariga keladi. Qo‘shni tuman iste’molchilariga elektr energiya xuddi shunday kuchlanishda kabel uzatgichlari L—1 ya L—2 orqali yuboriladi. Energetika tizimi bilan 110 kV kuchlanishli ikkita havo elektr uzatgichi L—3 va L—4 yordamida bogiangan. Kuchlanishni oshirish uchun elektr stansiyada kuchaytiruvchi transformator podstansiyasi bo‘lib, uning katta quvvatli transformatorlari kuchlanishni 10,5 kV dan 121 kV ga oshirib beradi.

3-Ma’ruza. Tortuvchi nimstansiyalarning ta’minlash tizimlari, tashqi elektr ta’minoti inshonchliligiga qo‘yilgan talablar


Tashqi elektr ta’minoti tizimiga tortuvchi nimstan- siyalarga elektr energiyani ishlab chiqaruchi elektro- stansiyalar, bosh pasaytiruvchi nimstansiya GPP (glavnaya ponijayuщaya podstansiya), havo elektr uzatuvchi yo‘llar va
tortuvchi nimstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi havo elektr uzatuvchi yo‘llar kiradi (1-rasm, A hudud).
Tortish elektr ta’minoti tizimiga tortuvchi nimstan-siyalar va tortish tarmog‘lari: kontakt va rels tarmog‘i, so‘rib oluvchi tok yo‘llari kiradi (1-rasm, B hudud).
Download 175.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling