2-ma’ruza Halqali usulda ip yigirish Reja


Download 28.55 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi28.55 Kb.
#1817863
  1   2
Bog'liq
mavzu-2,


2-ma’ruza
Halqali usulda ip yigirish
Reja:
1. Yigirishning maqsadi va mohiyati.
2. Yigirish usullarining klassifikatsiyasi.


Adabiyotlar:
1. А.Пирматов ва бошкалар “Йигириш технологияси” Т. “адабиёт учқунлари” – 2018 й.
2. Пирматов А.П. и др. “Технология и оборудование текстильных изделий”. Типография ТИТЛП 2017 г.


Yigirishning maqsadi va mohiyati
Yigirish –bir necha texnologik jarayonlarning majmuasidan iborat bo‘lib, unda nisbatan kalta tolalarni birlashtirish va buram berish natijasida egiluvchan, mustahkam yigirilgan ip olinadi. Yigirishda quyidagi texnologik jarayonlar qo‘llaniladi: cho‘zish, pishitish va o‘rash. Tolali mahsulotlarning yigirish taraqqiyoti bosqichlari uzoq tarixga ega bo‘lib, qo‘l urchug‘ini ishlatishdan yuqori unumdorlikdagi avtomatlashtirilgan zamonaviy yigirish mashinalarigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi.
Yigirishning maqsadi pilta yoki pilikdan belgilangan xossalarga (chiziqiy zichlik, uzish kuchi, uzilishdagi uzayish, bir tekis, toza, silliq va boshqa ko‘rsatkichlari) ega bo‘lgan ip tayyorlashdan iborat. Turlicha xossalarga ega bo‘lgan tolalardan belgilangan chiziqiy zichlikdagi yuqori qayishqoq-elastik xossalariga va ravonlikka ega bo‘lgan uzluksiz mahsulot shakllantiriladi. Ushbu vazifa ip shakllantirishning turlicha usullarini amalga oshiruvchi yigirish mashinalarida bajariladi.
Yigirishning mohiyati esa xomaki mahsulotni ma’lum chiziqiy zichlikkacha cho‘zib ingichkalashtirish, buramlar berish orqali pishitish, belgilangan tartibda o‘rab muayyan pakovka xosil qilishdan iborat.
Shu tarzda shakllantirilgan ip patron, naycha yoki g‘altakka o‘ralib, pakovka xosil qilinadi. Ammo yigirilgan ipni shakllantirish buram berilmasdan elimlovchi moddalar yordamida tolalarni birlashtirish orqali ham amalga oshirilishi mumkin. Yigirish usuli asosan ipni shakllantirish va uni pishitishda qanday jarayon ishlatilishiga qarab aniqlanadi. Yigirishning barcha usullarini buramli yigirish va buramsiz yigirishga ajratish mumkin. Buram berish jarayonini amalga oshirish uchun kerak bo‘lgan burovchi moment alohida pishitish zonalariga ajralgan uzluksiz tolali mahsulotga qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Pishitish zonalari soni, joylashishi va buramlarni saqlash usuliga ko‘ra mahsulotda bir zonali yoki ko‘p zonali pishitishni ko‘llanilishi mumkin.

Download 28.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling