2-ma’ruza Halqali usulda ip yigirish Reja
Yigirish usullari klassifikatsiyasi
Download 28.55 Kb.
|
1 2
Bog'liqmavzu-2,
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Yigirish usullari klassifikatsiyasi
Tolali mahsulotlarni pishitishning yuqorida ko‘rib chiqilgan sxemalari yigirilgan ip olishning mavjud usullarini guruhlarga birlashtirish va klassifikatsiyalashtirish imkonini beradi. 32-rasm. Yigirish usullari klassifikatsiyasi sxemasi Hozirgi vaqtda yigirilgan ip olishning ko‘p sonli turlicha usullari mavjud bo‘lib, ular bir qator belgilari asosida mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan klassifikatsiya qilinadi. Ta’minlanuvchi mahsulotni yigirish zonasiga uzutish tizimi, ta’minlovchi mahsulotni ingichkalshtirish uchun vosita, michka xosil qilish va unga buram berish, tolaga ta’sir ko‘rsatayotgan kuchlarining harakteri, yigirishda ballonning mavjudligi kabi ko‘plab boshqa belgilar uchraydi. 32-rasmda yigirish usullarini klassifikatsiyasi sxemasi keltirilgan. Ushbu klassifikatsiyaga ko‘ra yigirish usuli birinchi navbatda pishitish usuli yoki ip shakllantirish usuli bo‘yicha aniqlanadi, ushbu usullarga bog‘liq holda yigirishning barcha usullarini buramli va buramsiz usullarga ajratish mumkin. XX asr o‘rtalarigacha ip shakllantirishning barcha usullari va ushbu usullarni amalga oshiruvchi barcha mashinalar uchun birdan bir va o‘zgarmas pishitish organi urchuq hisoblangan. Aynan shuning uchun an’anaviy buramli yigirish usulini pishitish organining mavjudligiga ko‘ra urchuqli va urchuqsizga ajratish mumkin. Buramli yigirishni amalga oshiruvchi barcha yigirish mashinalarida cho‘zish, pishitish, o‘rash jarayonlari amalga oshiriladi. Pishitish sxemasi va ip shakllantirish jarayonlarining ketma-ketligiga bog‘liq holda urchuqli va urchuqsiz yigirish usullarini guruhlarga ajratish mumkin. Ip olish texnologik jarayonlari harakteri va bajarilish ketma-ketligi texnika taraqqiyotiga bog‘liq holda doimo o‘zgarib kelgan. Birinchi guruh deyarli takrorlanadigan, qo‘l mehnatiga asoslangan operatsiyalardan iborat yigiruvchi turlarini birlashtiradi va ip shakllantirishda cho‘zish, pishitish keyinchalik o‘rash jarayonlari birgalikda amalga oshiriladi. Ushbu usullarni amalga oshiruvchi davriy yigirish mashinalari selfaktorlar deb ataladi. Ikkinchi guruh cho‘zish jarayonidan so‘ng bir zonali pishitish va o‘rash jarayonlari ketma-ket birgalikda bajariladigan yigirish usullarni birlashtiradi. Bu guruh rogulkali, qalpoqli va qo‘p tarqalgan halqali usullarni birlashtiradi. Bu guruhga yigirishning sentrafugali usulini ham kiritish mumkin. Vaholanki, ushbu usul ko‘proq urchuqsiz deb hisoblanishi qabul qilingan bo‘lsa-da, ko‘proq amaliyotchilar sentrafugani shakli o‘zgartirilgan urchuq deb hisoblashadi. Soxta buramlardan foydalanib ip shakllantiruvchi va uni alohida o‘rashni amalga oshiruvchi guruhga yigirishning urchuqli va urchuqsiz usullari kiradi. Soxta buramlardan foydalanib ip yigirishning urchuqli usuli PK–100 mashinalarida qo‘llanilib, qo‘zg‘almas vyurok shaklidagi kovak urchuqlar yordamida ikki qo‘shilishli pishitilgan ip olishda ishlatiladi. Ushbu guruhga shuningdek urchuqsiz o‘zi buram oluvchi yigirish usuli ham tegishli bo‘lib, soxta buram berish yordamida faqat pishitilgan ip olish mumkin. Ip olishning urchuqsiz ikki vyurokli usulida o‘rash jarayonidan ajratilgan holda uch zonali soxta buram berish qo‘llaniladi. Ushbu usul yakka ip olish imkonini beradi va Murata (YAponiya) mashinalarida amalga oshiriladi. Yigirish usullarining eng ko‘p qismini alohida bir zonali pishitish guruhi birlashtiradi va yigirishning bu usullarida quyidagi texnologik jarayonlar amalga oshiriladi: bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan alohida tolalar oqimini xosil qilish maqsadida ta’minlangan mahsulotni diskretlash; diskret tolalar oqimini mahsulot shakllantirish zonasiga etkazib berish (transportirovkalash); ip shakllantirish maqsadida tolali mahsulotni qo‘shish va quyuqlashtirish; ip shakllantirish uchun mahsulotga buramlar berish; pakovka xosil qilish uchun iplarni o‘rash. Pishitish va o‘rashni ajratib, guruhga birlashtirilgan yigirish usullar, ta’sirlar (mexanik, pnevmatik, gidravlik) turi va ip shakllantiruvchi qurilma bilan farq qiladi. Shunday qilib, diskretlash jarayonida mexanik ta’sirlar (tishli valik bilan ingichkalashtiruvchi-ajratuvchi asbob yoki pnevmatik perfo teshikli barabanchali cho‘zish asbobi) qo‘llaniladi. Diskret tolalar oqimini etkazish uchun mexanik ta’sirlar yordamida bo‘lakchalarga ajratib berish yoki tolalarni havoli yoki gidravlik oqimda yo bo‘lmasa elektrostatik maydonda bir me’yorda uzatish usullari qo‘llaniladi. Tolali piltani shakllantirishda tolaga mexanik va elektrostatik ta’sirlarni qo‘llanilishi diskret tolalar oqimini qo‘shish va quyuqlashtirish jarayonlarini bajarish uchun havoli yoki gidravlik girdoblar orqali amalga oshiriladi. Piltalarni pishitish uchun mexanik ta’sirlar qo‘llanilishi mumkin, masalan, yigirish kamerasida havoli yoki gidravlik girdoblar. Yigirish usullarini guruhlashda pishitish o‘rash jarayoniga qo‘shilmagan holatda amalga oshiriladi, ular quyidagilarga bo‘linadi: pnevmomexanik kamerali, rotorli, aeromexanik, pnevmatik, gidravlik, elektrostatik, bir kondensorli, ikki kondensorli (friksion) yigirish usullari. Nazorat savollari 1. Yigirishning maqsadi va mohiyati nimadan iborat? 2. Halqali yigirish mashinasida qanday texnologik jarayonlar amalga oshiriladi? 3. Yigirish usullari klassifikatsiyasini izohlang? 4. Yigirish usullari qaysi belgilari bilan tasniflanadi? Download 28.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling