2-Ma`ruza: Jismoniy tarbiya gigiyenasining o‘quv fani sifatida tutgan o‘rni Reja
Gigiyena masalalari sport trenirovkasining umumiy
Download 30.08 Kb.
|
2-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`quv trenirovka jarayonini tuzishda asosiy gigienik printsiplar quyidagilar
Gigiyena masalalari sport trenirovkasining umumiy: pedagoglar, psixologlar, fiziologlar tomonidan ishlab chiqilgan masalalari bilan bog’liqdir. Shuning uchun sport trenirovkasining gigienik jixatdan ta’minlanishi masalasining muvafaqqiyatli hal qilinishiga faqat barcha ilmiy tavsiyalarning yig’indisini xisobga olgandagina erishish mumkin. Trenirovkani tashkil qilishda ilgari aytib o`tilganidek sportsmenlarning shaxsiy xususiyatlarini o`rganish zarur shart bo`lib xizmat qiladi.
Bu gruppalarni yangilar va kichik razryadli sportchilar xisobiga to`ldirib borishda juda ham zarurdir. Yuqori razryadli sportchilar shaxsiy reja asosida trenirovka qiladilar ya’ni ko`p mashq qilgan sari jismoniy mashq oz kuch ishlatib bajariladi, xarakatlarning avtomatik ravishda bajarish malakasi xosil bo`ladi. Natijada jismoniy yuklamani oshirishga va mashqlarni murakkablashtirishga erishiladi. Yosh xususiyatini xisobga olish birinchi darajali gigienik ahamiyatga ega. Xar bir yoshdagi odamning o`ziga xos ma’lum funktsional imkoniyatlari bo`ladi. Bu imkoniyatlar sportning ma’lum turini va yo`l qo`ysa bo`ladigan jismoniy yuklamani tanlashni ta’minlaydi. Bunda iloji boricha shu yoshdagi odam uchun sog’lomlashtirish natijalarini oshirishni ko`zda tutish kerak. O`quv trenirovka jarayonini tuzishda asosiy gigienik printsiplar quyidagilar: 1.Trenirovka darslarni muntazam olib borish va jismoniy mashqlarni qaytaqayta bajarish; 2.Jismoniy yuklamani to`xtovsiz oshirib borish; 3.Dam olish va ishlashni almashtirib olib borish; 4.Xar tomonlama jismoniy tayyorgarlik ko`rish. Muskul ishining muntazam qaytaralib turishi va yuklamaning sekin asta oshirib borilishi, nerv, nafas olish, yurak tomir muskul tizimlarini ishlashga ko`niktirib boradi va organizmning umumiy ish qobiliyatini yaxshilaydi. Bu qoidaning buzilishi (masalan: sport trenirovkasining boshlang’ich davrida kata jismoniy yuklamani qabul qilish) organizmning toliqishiga olib kelishi mumkin, trenirovkada xoldan toyib qolish va jaroxatlarning sababchisi bo`lishi mumkin. Agar ma’lum sababga ko`ra majburiy tanaffus qilishga to`g’ri kelgan bo`lsa, trenirovkada darslarni qaytadan engil yuklamadan boshlash, ya’ni dam olishdan oldingi mashqlardan engilroq yuklamadan boshlash kerak. Har qanday trenirovka mashg’ulotlarining rejasi trenirovkaning qaysi davrida bo`lmasin, yuqorida ko`rsatib o`tilgan gigienik printsiplar asosida tuzilishi kerak. Trenirovka shunday tuzilgan bo`lishi kerakki, bunda organizmga ko`p og’irlik tushmasligi, kuchsizlanib qolish, shikastlanish xavfi bo`lmasligi kerak. Trenirovkadan avval albatta organizmni qizitib olish. Jismoniy mashqlar kompleksini bajarish kerak. Chunki, u organizmni asosiy ishga tayyorlaydi. Bu fiziologik sistemalar: nerv, yurak qon-tomir, nafas va muskul bog’lov apparati funktsiyasini kuchaytiradi. Qizishib olishning asosiy vazifasi, nafas olish funktsiyasi, qon aylanishi va xarakatni maksimal muskul faoliyatida tartibga solib turishdir. Muskullar temperaturasining oshishi katta gigienik ahamiyatga ega. Bu esa muskullarning yopishqoqligini kamaytiradi va ular katta tezlikda qisqarish qobiliyatiga ega bo`ladi. Boylam va bo`g’imlar "Qizishib oladilar", bu muskullarning cho`zilishi va uzilishini oldini oladi, ayniqsa sovuq kunlarda trenirovkalar o`tkazilishida bunga aloxida e’tibor berish kerak. Jismoniy mashg’ulotlarni gigienik sharoitlar bilan ta’minlovchi tadbirlar orasida jismoniy tarbiya va sportning xar-xil turlari bilan shug’ullanuvchilar bir-xil bo`lib, ko`plari umumiy xarakterga egadir. Tabiiyki trenirovkani tashkil qilishning gigienik printsipi mashg’ulotlarning tuzilishiga bo`lgan ko`rsatmalar, kun tartibi, chiniqish va boshqa ixtisosliklarga qaramasdan xar bir sportchiga taaluqlidir. Shaxsiy gigiyena qoidalari tanani parvarishlash borasida bir qator umumiy qoidalarga ega. Download 30.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling