O`quvchilarni jismoniy tarbiyalashning asosiy shakli jismoniy tarbiya darslari hisoblanadi. Unga barcha sinflar uchun xaftasiga 2 soatdan ajratiladi.
Darslar asta-sekinlik, izchillik va muntazamlilik printsiplariga asoslanib o`tkaziladi. O`quvchilarning uyg’un ravishda jismoniy rivojlanishini ta’minlaydigan turli-tuman mashqlar kiritiladi. Kichik maktab yoshida harakat faolligini oshirish va takomillashtirishga qaratilgan xar-xil mashqlarni keng qo`llash zarur, xadeb bir-xil xarakatlar qilishdan qochish va yurak-tomir va nafas olish tizimlariga yomon ta’sir ko`rsatadigan og’ir ishlarni qilmaslik zarur. O`rta maktab yoshida muskul kuchini rivojlantiradigan mashqlarni kamaytirish zarur. Chunki ular suyaklarning bo`yiga o`sishini to`xtatishi mumkin. Katta maktab yoshida tez bajariladigan mashqlardan oldin chidamlilikka qaratilgan mashqlarni bajarish, kuch bilan qilinadigan mashqlarni esa eng keyin bajarish lozim.
4. Jismoniy tarbiya mashg’ulotlariga qo`yilgan gigienik talablar
Sportchilar tayyorlashning asosiy turi bo`lgan sport trinirovkasi jismoniy
mashqlar bilan muntazam ravishda shu g’ullanishni taqazo etadi. Bu esa organizmning funktsional imkoniyatlarini va qobiliyatlarini takomillashtiradi. Trenenirovka davrida organizmning yuqori sport ko`rsatkichlariga erishishiga qaratilgan umumiy va ixtisoslashgan takomillashuvining murakkab masalalari hal etiladi.Shu bilan bir qatorda sport trinirovkasi davlat jismoniy tarbiya sistemasining har qanday tarkibiy qismi kabi so g’lomlashtirishga so g’liqni va jismoniy rivojlanishni yaxshilash, tashqi muxit taasurotlariga organizmning qarshiligini oshirishga qaratilgan bo`lishi kerak.
Sport va sog’lomlashtirishni qo`shib olib borish uchun xar qanday sport turida trenirovka sistemasi yaxshi ishlab chiqilgan bo`lishi kerak, mash g’ulotlar va musobaqalarni tashkil qilish gigiyena qoidalariga to`la javob berishi kerak. Shunday qilib gigiyena qoidalarini amalda qo`llamasdan turib sport trenirovkasi yordamida so g’liqni mustaxkamlash va yuqori sport ko`rsatkichlariga erishish mumkin emas. Bundan tashqari so g’liqqa zarar yetkazish va sport ko`rsatkichlarining pasayib ketish xollari ro`y berishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |