2-Ma`ruza: Jismoniy tarbiya gigiyenasining o‘quv fani sifatida tutgan o‘rni Reja


Jismoniy tarbiya gigiyenasining vazifalari quyidagilar xisoblanadi


Download 27.96 Kb.
bet2/9
Sana18.03.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1282557
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-маъруза (2)

Jismoniy tarbiya gigiyenasining vazifalari quyidagilar xisoblanadi: Odamning jismoniy xolatiga xos bo`lgan mezonlar buyicha uning salomatligiga model parametrlarini normalashtirib turish (jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik darajasi, chiniqqanlik), jismoniy yuklamalarni normaga solib turish (struktura, xajm, intensivlik), faqat gipodinamiyaning oldini olish bilan cheklanmay shu bilan birga, sixat-salomatlikning model darajasiga erishish va uni saqlab turish uchun unga optimal darajada mashq ta’siri ko`rsatishini ta’min etadigan chiniqtiruvchi tadbirlar; mashq va musobaqa yuklamalarini, dam olish, ovqatlanish, katta sportda tiklanish tadbirldarini muayyan tartibga solib turish; jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari shart-sharoitlarini (iqlim va mikroiqlim, sport inshootlari va jixozlari, kiyim-kechaklar va boshqalar) salomatlikka qulay ta’sir qursatishiga yordam beradigan tarzda normaga solib turish.
Odamlar salomatligini saqlash va mustaxkamlash jismoniy tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri xisoblanadi. Salomatlik deganda odam organizmining shunday bir xolati tushuniladiki, bunda uning barcha funktsiyalari tashqi muxit bilan muvofiqlashtirilgan bo`ladi, hamda unda qandaydir kasalliklar bilan bog’liq bo`lgan o`zgarishlar ko`zga tashlanmaydi. Jismoniy tarbiya tushunchasi salomatlikni yaxshilash va jismonan barkamollikka erishishda o`sib borayotgan organizmga ta’sir etish sistemasi sifatida tasavvur etilgan. Organizmning kasallik omillarining ta’siriga nisbatan barqarorligi, tashqi muxit noqulay tarzda o`zgargan paytlarda salomatlikni hamda ish qobiliyatini saqlay bilish - salomatlik darajasini ko`rsatuvchi belgilar xisoblanadi, ya’ni salomatlik darajasi odamning adaptatsion (moslashish) imkoniyatlari qanday ekanligi bilan belgilanadi. Odamning salomatlik darajasi qanchalik yuqori bo`lsa, uning turli yuqumli kasalliklarga, past va yuqori xaroratga, jismoniy ishlarga bo`lgan chidamliligi ham shunchalik barqaror bo`ladi.
Salomatlik uchun jismoniy ishga qobiliyat chiniqqanlikning optimal darajasi zarur bo`ladi. Juda yuqori darajadagi jisomniy ish qobiliyatiga katta sport orqali erishiladi. Bu esa odamda barcha funktsional sistemalarning zo`riqishini taqazo etadi, hamda uning immuniteti pasayishiga va kaslliklarga bardoshi susayib ketishiga ham olib kelishi mumkin. Organizmning funktsional rezervlaridan ortiq darajadagi zo`riqishlarni engib o`tish vaqtida xaddat tashqari toliqish xollari ro`y berib odamning xoldan toyib qolishi singari xolatlar ham kuzatilishi mumkin. Amaliy jixatdan sog’lom bo`lgan (ya’ni kasallikning klinik belgilari yaqqol ko`rinib turmagan) kishilarda ularning salomatlik darajasini aniq belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu esa sog’lomlashtirish tadbirlari kompleksini, shu jumladan jismoniy tarbiya faktorlarini yana ham maqsadga muvofiqroq ravishda
rejalashtirish imkonini beradi.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling