2-Ma`ruza: Jismoniy tarbiya gigiyenasining o‘quv fani sifatida tutgan o‘rni Reja


Biologik qiymati oshirilgan mahsulotlar


Download 27.96 Kb.
bet5/9
Sana18.03.2023
Hajmi27.96 Kb.
#1282557
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2-маъруза (2)

Biologik qiymati oshirilgan mahsulotlar
Ish qobiliyatini oshirishda biologik qiymati oshirilgan maxsulotlarning ahamiyati katta. Biologik qiymati oshirilgan maxsulotlarga quyidagi 3 gurux moddalar kiradi.
1. Oqsillar.
2. Uglevodlar.
3. Makro va mikroelementlar va vitaminlar.
Oqsilli preperatlarda oqsilning sutkalik dozasi 40-50 g bo`lishi, uglevodli mineral ichimliklarda uglevodning miqdori 60-80 g dan ortiq bo`lmasligi kerak. Organizmni tez tiklanishiga, kun tartibi, uyqu, shaxsiy gigiyenalar ijobiy, chekish va ichish kabilar salbiy ta`sir ko`rsatadi.


3. Maktab o`quvchilarining jismoniy tarbiya gigiyenasi
O`quvchilarning jismoniy tarbiyasi o`quv tarbiya tizimining ajralmas qismi bo`lib, ularni sog’lomlashtirishda juda katta ahamiyatga ega. Yoshlikdan boshlab jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishning muximligi shundaki, bu davrda bolalarda markaziy nerv sistemasining plastikligi, shartli reflektor aloqalarining oson paydo bo`lishi tufayli yangi xarakat malakalarini o`zlashtirish oson bo`ladi. Chaqaloqlikdan boshlab jismoniy tarbiyaning to`g’ri o`tkazilishi jismoniy rivojlanishga va organizmning barcha funktsiyalariga juda ham yaxshi ta`sir ko`rsatadi.
Bola organizmining me`yor bo`yicha jismoniy rivojlanishida xarakattayanch
apparatining bir tekis rivojlanishi va qomatning to`g’ri shakllanishi faqat estetik emas balki katta gigienik ahamiyatga ega. Chunki ichki organlarning to`g’ri xolatda bo`lishini va me`yordagi faoliyatini hamda kam energiya sarf qilib jismoniy ish bajarishini ta’minlaydi. O`z-o`zidan ma’lumki organizmning jismonan to`g’ri rivojlanishi faqat jismoniy ishchanlikka emas balki ruxiy faoliyatga ham ijobiy ta’sir ko`rsatadi, chunki jismoniy va aqliy tarbiya bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. P.L.Lesgaft xar qanday bir tomonlama ish xox jismoniy, xox aqliy ish bo`lsin odamni charchatib qo`yishi va ongli faoliyatini susaytirishi mumkin deydi. Aqliy mexnatni jismoniy mashqlar bilan navbatlashtirib turish o`quv ishini engillashtiradi. SHuning uchun ham u muxim gigienik va pedagogic ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda xarakat faoliyatini kamaygani (gipodinamiya, gipokineziya) tufayli maktablardagi jismoniy tarbiya va sport mash- g’ulotlarining roli juda oshdi. Bu kattalar va bolalar xozirgi zamon turmush tarzining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Bular fan va texnika yutuqlarining turmushga joriy etilishi, transportning keng rivojlanishi, turmush sharoitining yaxshilanishi va xakazolar bilan izoxlanadi. Zero bular muskul faoliyatini chegaralab qo`yadi.

Download 27.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling