2-Ma`ruza: Jismoniy tarbiya gigiyenasining o‘quv fani sifatida tutgan o‘rni Reja
Jismoniy mashqdar yuqorida aytib o`tilganidek aloxida biror organ yokitizimga emas balki butun oragnizmga ta’sir ko`rsatadi
Download 27.96 Kb.
|
2-маъруза (2)
Jismoniy mashqdar yuqorida aytib o`tilganidek aloxida biror organ yokitizimga emas balki butun oragnizmga ta’sir ko`rsatadi. Lekin uning turli tizimlari funktsiyalari takomillashuvi bir xilda sodir bo`lmaydi. Ayniqsa muskullar tizimida o`zgarishlar yaqqol seziladi. U muskullar xajmining kattalashishi, to`qimalar fizik – kimyoviy xususiyatlarining o`zgarishi, almashinuv jarayonlarining kuchayishi, funktsional imkoniyatlarning takomillashuvi bilan ifodalanadi. Bularning natijasi o`laroq muskullarning kuchi va katta xajmdagi ishni bajarish qobiliyati ancha ortadi. Qurbi yetadigan bir xildagi turli muskullar gruppalariga tushadigan yuklama gavdadagi barcha muskullarning rivojlanishini ta’minlaydi.
Jismoniy mashqlarni muntazam o`tkazib turish natijasida o`quvchilarning harakat-tayanch apparatida bir qator ijobiy o`zgarishlar vujudga keladi. Skeletning eng ko`p yuklama tushadigan qismlarida suyak to`qimasining ro`yi-rost gipertrofiyasi kuzatiladi. Naychasimon suyaklarning diametri kattalashadi, suyaklar og’irroq va mustaxkamroq bo`ladi. Masalan yosh sakrovchilar, irg’ituvchilar va boshqalarning rentgenogrammalarida itaruvchi oyog’ida, irg’ituvchi qo`lida va boshqalarda suyak to`qimalari gipertrofiyasi qayd qilinadi. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bu plastik jarayonlarning yaxshi kechishiga olib keladi. Natijada bola organizmining o`sishi va rivojlanishi yaxshi bo`ladi. Mashqlar jarayonida kuch-quvvat, xarakatchanlik va nerv jarayonlarining muvozanati ortadi. Jismonan trenirovka qilgan bolalarda shartli reflekslar tezroq paydo bo`ladi. Bunday bolalarning xotirasi va diqqatini to`plashi yaxshi bo`ladi. Ularda o`quv kuni davomida ish qobiliyati yuqori bo`ladi. Bu esa o`zlashtirishga tezroq moslashadi. Markaziy nerv tizimining idora etuvchi rolini xudi anna shu takomillashuv tufayli jismonan chiniqqan o`quvchilarda ayrim organlar va tizimlar ishi jismoniy yuklamalarda ancha iqtisodli bo`ladi. Asosan maktabda turli jismoniy mashqlarni qo`llashning asosiy natijasi o`kuvchilar sog’lig’iga yaxshi ta’sir ko`rsatishidir. Jismoniy mashqlarning umumiy nospetsifik ta’siri tashqi muxitning bir qator noqulay omillariga: isib ketishga, sovuq qotishga, gipoksiyaga va boshqalarga shuningdek infektsion va boshqa kasalliklarga chidamlilikning oshishi bilan namoyon bo`ladi. O`quvchilarning jismoniy tarbiyasiga: ertalabki gimnastika (badan tarbiya), maktabda mashg’ulot boshlangunga qadar gimnastika - jismoniy tarbiya darsi, jismoniy tarbiya minutlari, darsdan tashqari vaqtda ommaviy fizkul’tura ishlari, jismoniy mexnat, chiniqishlar kiradi. Download 27.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling