2-Ma’ruza. Kartashunoslikning tarifi, tarmoqlarga bo‘linishi, boshqa fanlar bilan aloqasi va asosiy ilmiy-amaliy vazifalari. Xaritalarning ilmiy va amaliy ahamiyati
bo'lib, uning vazifasi geografik kartalarning mohiyati, ularni elementlari va
Download 182.7 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2-Ma\'ruza
bo'lib, uning vazifasi geografik kartalarning mohiyati, ularni elementlari va
xususiyatlarini har tomonlama o'rganish, ulardan amalda foydalanish hamda kartografiyaning rivojlanish tarixini o'rganishdan iborat. Ba’zi vaqtda kartashunoslikni «Karla haqidagi ta’limot» deb ham ataydilar. Kartashunoslik bunday keyingi hamma kartografik fanlarni o'rganish uchun asos hisoblanadi. Kartografiya falsafiy, tabiiy va texnik fanlar majmui (kompleksi) bilan bog'liq. Ayniqsa, u geodeziya, topografiya va geografiya fanlari bilan uzviy bog‘langan. Mazkur fanlar kartalarda real borliqni voqelikni aniq va ishonchli tasvirlash imkonini beradi. Kartografiyaning asosiy ilmiy va amaliy vazifalari Respublikamizda quyidagilardan iborat: 0‘zbekiston Respublikasining butun hududini va uning alohida regionlarini mavzuli hamda kompleks kartaga olishning 2020-yilgacha bo'lgan yagona dasturini ishlab chiqish va uni izchil amalga oshirish; — kartografiyaga oid ishlaming bajarilishida iqtisodiy tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini o‘rganish, bu ishlaming yo‘lga qo‘yilishini tashkil etish, nazorat qilish, samaradorligini oshirish va h.k.; — kartografiyaning ustuvor masalalariga oid nazariy, amaliy va uslubiy ishlarga etarli e’tibor berish hamda bu muammolar bilan shug‘ullanadigan barcha tashkilotlar va mutaxassislar orasidagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ularning turli darajadagi ilmiy-amaliy anjumanlarda faol ishtirok etishlarini ta’minlash; — aerokosmofotosyomka materiallari asosida tabiiy resurslar va boshqa sotsial- iqtisodiy shart-sharoitlami tadqiq etish va ulami kartaga olishni jadallashtirish; — ilmiy tadqiqot ishlarining moddiy texnik bazasini zamonaviy ilg‘or texnologiya bilan yangilash va mazkur soha mutaxassislarini muayyan to'lovli shartnomalar asosida jahon andozalari darajasida tayyorlashni yo‘lga qo‘yish; — kartografik va aerokosmik tadqiqot uslublariga oid monografiyalarni, darsliklami, ilmiy-uslubiy ko'rsatmalar va qo‘llanmalami aniq reja doirasida tayyorlash va ulami etarli miqdorda chop ettirish; — o‘quv karta va atlasiarining mavzusi va mazmunini bugungi kun talablari darajasiga ko‘tarish va ulaminig yangi namunaviy dasturlar va darsliklarga muvofiqligini ta’minlash; — karta va atlaslarda ko‘rsatiladigan ma’lumotlaming to‘liqligiga erishish va ulami ikkinchi darajali ortiqcha tafsilotlar bilan to‘ldirib yuborishdan xoli qilish; — karta va atlaslarni mazmuni, masshtabi, proyeksiyasi, shartli belgilari bo‘yicha bir-biriga bog‘liq, bir butun tizim shaklida chiqarish; — kartalarni estetik jihozlashni takomillashtirish va ulardan dars jarayonida, sayohatlarda, safarlarda foydalanish xususiyatlarini e’tiborga olib chop etish va boshqalar; — kartografiyaning dolzarb va bundan keyingi nazariy va uslubiy masalalar yechimini izlash, ayniqsa geografik bog‘liqlik va qonuniyatlarni bilish vositasi sifatida kartaning yangi imkoniyatlarini aniqlash (ochish) bilan bogriiq tadqiqotlarni chuqurlashtirish, kartalami tahlil qilish usullarini kengaytirish va ulardan ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda, iqtisodiyotda boshqarish va rejalashtirishda foydalanish; — kartalarni tayyorlashning yangi, ancha takomillashgan usullarini ishlab chiqarish. Davlat miqyosida kartografik ishlab chiqarishga kartalami uncha katta bo‘lmagan tirajlarda nashr qilishni tezlatadigan va uncha qimmat bo‘lmagan texnologik sxemalarni va texnik vositalarni joriy etish; — kartalarning ayrim turlarini qisqa fursatda yaratishning avtomatik usullarini izlash, yangi kartalarni yaratish maqsadida ma’lumotlarni olish, saqlash va qayta ishlash hamda doimiy bo‘ladigan jarayon — kartalarni yangilab turish uchun bu ma’lumotlardan foydalanish; — tabiiy, aholi va xo‘jalik kartalarini tuzish uchun har xil uchuvchi apparatlarda bajarilgan suratlardan foydalanish. Insonning kosmik fazoni jadal o ! zlashtirayotganligini hisobga olib, Oy va sayyoralarning kartalarini yaratish masalalarining yechimini topish; — joriy maqsadlar uchun keng foydalaniladigan, voqea va hodisalarning rivojlanishini aks ettiradigan, kartalarning o‘ziga xos (dinamik) turlarini yaratish va ko'paytirish metodlarini ishlab chiqish; — mamlakatda mavzuli va kompleksli kartaga olishni bundan keyin ham takomillashtirish; davlat ilmiy — ma’lumotnomali kartalarining yagona tizimini (seriyasini) yaratish rejalarini ishlab chiqish va ularni izchil amalga oshirish; butun mamlakatning, Qoraqalpog‘iston Respublikasining, alohida viloyatlaming kompleks atlaslarini yaratish, iqtisodiyotni va madaniyatni rivojlantirishni rejalashtirish uchun zarur bo'lgan tizim kartalarini tayyoriash; o‘rta umumta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlari uchun yagona dastur asosida ekologiya va tarix fanlari bo‘yicha o‘quv karta va atlaslarning yagona tizimini yaratish va nashr qilish va h.k. — Respublikamizning Milliy atlasini yaratish. Kartografik ishlarni yaxshilash, kartografik asarlarni yaratishni tezlatish va ularni ilmiy asosda qat’iy reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshirish uchun bu ishlarni atnaliy koordinasiya qilish lozim. Download 182.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling