2-Maruza: Kiberxavfsizlikni ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslari
Download 21.68 Kb.
|
2-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Reja: 1. Kiberxavfsizlik va kiberetikaning huquqiy asoslari 2. O’zbekistonning axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi siyosatini belgilovchi qonunlar
2-Maruza: Kiberxavfsizlikni ta’minlashning me’yoriy-huquqiy asoslari. Kiberxavfsizlik va kiberetikaning huquqiy asoslari. Halqaro miqyosdagi bitimlar, kelishuvlar, konventsiyalar. O’zbekistonning axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi siyosatini belgilovchi qonunlar. O’zbekiston respublikasida axborotlashtirishni rivojlantirish kontseptsiyasi. Axborot xavfsizligi sohasidagi sub’ektlar va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar Reja: 1. Kiberxavfsizlik va kiberetikaning huquqiy asoslari 2. O’zbekistonning axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi siyosatini belgilovchi qonunlar 3. Axborot xavfsizligi sohasidagi sub’ektlar va ob’ektlar o’rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi me’yoriy xujjatlar Tayanch iboralar: Kiberetikaning huquqiy asoslari, bitimlar, kelishuvlar, konventsiyalar, me’yoriy xujjatlar. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI HUZURIDAGI ALOQA, AXBOROTLASHTIRISH VA TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASIDA NAZORAT BO‘YICHA INSPEKSIYA TO‘G‘RISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASH HAQIDA O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PF-5349-son Farmoniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son qaroriga muvofiq, shuningdek, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiyaning hamda hududiy inspeksiyalarning tuzilmalari 3 va 3a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin. 2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 3. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri A.I. Axmedxadjayev zimmasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq hamda elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalanishni ta’minlaydigan elektron raqamli imzo sertifikatini berish elektron raqamli imzolar kalitlarini ro‘yxatdan o‘tkazish markazi —O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan amalga oshiriladi. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda: Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklarining xizmatlar ko‘rsatish uchun foydalaniladigan axborot tizimlarining axborot-texnologik hamkorligini ta’minlash maqsadida 2016-yil 1-yanvargacha elektron raqamli imzodan foydalangan holda foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning bepul foydalaniladigan yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda identifikatsiyalash tizimi deb ataladi) yaratsin; Identifikatsiyalash tizimining uzluksiz va beto‘xtov faoliyat ko‘rsatishini, shuningdek axborot xavfsizligini ta’minlasin; 2016-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazining elektron raqamli imzosi vositalarini axborot xavfsizligi talablariga muvofiq sertifikatsiyalashni ta’minlasin. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari 2016-yil 1-martgacha bo‘lgan muddatda: Xizmatlar ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan rasmiy veb-saytlar va portallarni identifikatsiyalash tizimi bilan integratsiyalashni hamda ularning O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzolar bilan mosligini ta’minlasin; Identifikatsiyalash tizimidan foydalanish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi tomonidan berilgan elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash yo‘li bilan rasmiy veb-saytlarda va portallarda jismoniy va yuridik shaxslarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikatsiyalash va avtorizatsiyalashni amalga oshirsin. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan ko‘rsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanish tartibini va unga qo‘yiladigan talablarni belgilaydigan “Elektron Hukumat” tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomni 2015-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi elektron raqamli imzolar egalarining murojaatlari bo‘yicha elektron raqamli imzoning amaldagi sertifikatini, uning amal qilish muddatini saqlab qolgan holda, “Elektron Hukumat” tizimidan foydalanuvchilarni identifikatsiyalashning yagona axborot tizimi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lgan yangi sertifikatga bepul almashtirishni ta’minlasin. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar. 7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin. Elektron raqamli imzo - yopiq kalitini qo‘llagan holda axborotning kriptografik o‘zgarishi natijasida olingan va imzoning shakllanish vaqtidan boshlab elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlovchi hamda imzo kaliti sertifikatini imzo egasiga taalluqligini tekshiruvchi elektron hujjatning rekviziti hisoblanadi; Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzo ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo‘qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo; Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qo‘yuvchi shaxsning o‘ziga ma’lum bo‘lgan va elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratish uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; Elektron raqamli imzoning ochiq kaliti - elektron raqamli imzo kalit vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, elektron raqamli imzo yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi elektron raqamli imzo kalit haqiqiyligini tasdiqlash uchun mo‘ljallangan belgilar ketma-ketligi; Elektron raqamli imzo kalitining sertifikati - elektron raqamli imzoning ochiq kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron yoki qog‘oz shaklidagi hujjat; Elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli - elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli belgilar ketma-ketligi. Elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi - elektron raqamli imzo kalitini yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs. Elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish - elektron raqamli imzo kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor qilish. Elektron raqamli imzo kalit sertifikatining amal qilish muddati - elektron raqamli imzo kaliti ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Elektron raqamli imzo kaliti sertifikatini https://e-imzo.uz internet manzilidagi shaxsiy kabinet orqali elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati tugagunga qadar uzaytirib olish mumkin. Download 21.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling