2-Maruza: Liftsiz turarjoy binolarining tasnifi
Download 0.78 Mb.
|
2- mavzu maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘llanilishiga qarab liftlar quyidagichadir
- Zamonaviy liftlarni Xavfsizligi va ishonchlilik darajasi
- Zamonaviy liftlarda esa 5 bosqichli xavfsizlik tizimi mavjud.
- O‘zbekistonda qaysi mashhur kompaniyalarning liftlari mavjud
- Eskalatorlar, mini liftlar va mini-eskalatorlar
- Xo‘sh,bino qurilganida lift ko‘rsatkichlari qanaqa hisoblanadi
2-Maruza: Liftsiz turarjoy binolarining tasnifi Bugungi kunda zamon talabidan kelib chiqib ko‘pqavatli uylar, ofislar, xususiy binolar ham zamonaviy ko‘rinishga ega bulmoqda, shuni munosibati bilan xavfsiz va qulay lift mexanizmlari o‘rnatilishi urfga kirdi. Ko‘pqavatli uydagi lift–qurilish kompaniyasining reytingini belgilaydigan asosiy mezonlardan biriga aylandi. Chunki, kishilar ko‘pqavatli uydan kvartira sotib olishar ekan, xalq orasida aytilgani kabi, to‘rtta devor emas, balki oila o‘chog‘i sotib olishadi, kishilarning shaxsiy hayoti, bayramlari, tantanalari, quvonchli kunlari o‘sha yerda o‘tadi. Ya'ni, qulay va xavfsiz lift tizimlarining mavjudligi binoda yashovchilar turmush tarzining qulayligi va xavfsizligi hamdir. Aynan mana shu sababga ko‘ra professional pudratchilar birinchi navbatda o‘zlari qurayotgan binodagi liftlarning sifatiga va qulayligiga katta e'tibor qaratmokdalar. Quyida ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘lgan lift mexanizmlari va turlari haqida ma'lumot beramiz. Qo‘llanilishiga qarab liftlar quyidagichadir: 1. Inson tashish uchun mo‘ljallangan liftlar. Bunday liftlar 4 tadan 16 tagacha odamga mo‘ljallanadi, ichki qismi zamonaviy dekor va oynalar bilan bezatiladi, tezkorligi va shovqinsizligi bilan ta'minlgan. 2. Yuk uchun. Bular mustahkam detallardan ishlanadi, eshiklari keng, foydali ish maydoni katta bo‘ladi. 3. Ham yuk, ham odam tashish uchun. Yuqorida keltirilgan ikki turning xususiyatlari birlashtirilgan shaklda bo‘ladi. Liftlar ish mexanizmiga qarab ham bir necha turlarga bo‘linadi. Ekskalatorlar, xar xil rusumli ko‘tarish-tushirish mexanizmlari, mashina bo‘limiga ega va mashina bo‘limiga ega bo‘lmagan elektrli liftlar xamda gidravlik liftlar shular sarasiga kiradi. Xozirda xaridorlarni liftga bulgan extiyojlarini kondirish maksadida, ularni talablari inobatga olib o‘rnatilishi nazarda tutilgan liftlar bo‘ladimi yoki shunga o‘xshash moslamalarga xam texnik talablari ko‘paymokda, ularga bir nechtasini misol tarikasida keltirib o‘tamiz: - Yulovchi lift maydonchasida ko‘p kutib kolmasligi kerak; - Lift kabinasi va mexanizmlari harakatlanishi bir maromda, ravon, shovqinsiz ishlash lozim; - Xarakatlanish tezligi 1 m/s.dan kam bo‘lmasligi lozim; - Lift kabinasining qavatlarda aniq to‘xtashi ta'minlanishi shart; - Komfortlilik darajasi yuqori bo‘lishi kerak; - Ko‘tarilish va tushish, to‘xtash va harakatlanish yumshoq bo‘lishi lozim; - Favqulodda holat yuz berganida lift avtomatik ravishda yo‘lovchiga zarar yetkazmasligi lozim. Zamonaviy liftlarni Xavfsizligi va ishonchlilik darajasi “Mahallada duv-duv gap” filmida O‘zbekiston xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqova o‘yganan “lift” sahnasi hammaning yodida bo‘lsa kerak. Ya'ni, qurilish bo‘layotgan maydonda beton ustiga o‘tirib olgan Lutfixonimni kran ko‘tarib ketganida, “Shu lift bo‘lsa kerak” deb o‘ylaydi. Darhaqiqat, eski tizim liftlarining ishlash tartibi xuddi o‘sha filmdagiga o‘xshab ketadi, ya'ni kichik kabinatros orqali ko‘tarib-tushiriladi hamda bor-yo‘g‘i 2 ta xavfsizlik tizimiga ega. Zamonaviy liftlarda esa 5 bosqichli xavfsizlik tizimi mavjud. Ya'ni: 1. Binoning elektr tamog‘ida muammo paydo bo‘lgan taqdirda, Yo‘lovchini avtomatik ravishda eng yaqin qavatga yetkazish va eshiklarning ochilishini ta'minlashi; 2. Lift tezligini nazorat kiluvchi mexanizm o‘rnatilganligi; 3. Liftda favqulotda vaziyat sodir bo‘lganda, liftni to‘xtatish tizimini avtomatlashtirish maksadida UShLAGICh (lovitel) o‘rnatilganligi; 4. Lift kabinasini ushlab turuvchi sim arkon (tros)larga shikast yetib uzilish xolatlari bo‘lsa yulovchiga yetkazilishi mumkin bulgan tan jaroxatini fojiaga olib kelmasligini oldini olish maksadida lift shaxtasini pastki kismiga maxsus rezinadan yasalgan buferlar o‘rnatilganligi; 5. Lift kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimiga ega. Bularning hammasi o‘ta aniq kompyuter sistemasi orqali nazorat qilinadi. Shu sababdan ham eski liftlarga nisbatan 30-40 % foiz oz energiya talab qiladi. O‘zbekistonda qaysi mashhur kompaniyalarning liftlari mavjud? Dunyodagi eng mashhur lift ishlab chiqaruvchilari KONE, Hyundai, OTIS va Sanel Esonsor kompaniyalari hisoblanib, ularni olib kelish, montaj qilish va ularga o‘ta yuqori darajada va GI Sanoatkontexnazorati tomonidan berilgan maxsus guvoxnomaga ega bulgan malakali xizmatchilar yordamida xizmat ko‘rsatish bilan faoliyat yuritadigan xamda yuqorida qayd qilingan mashxur kompaniyalarning mamlakatimizdagi rasmiy distribyutori – “Alpha Partners Group” MChJ hisoblanadi. Eskalatorlar, mini liftlar va mini-eskalatorlar Katta xizmat ko‘rsatish korxonalari, yirik kompaniyalar ofislari liftlardan tashqari eskalatorlar bilan ham jihozlanishi odatga aylanmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli restoranlar, kafelar, to‘yxonalar, mujozlarni kirlarini yuvishga mo‘ljallangan shaxobchalar va shunga o‘xshash aholiga hizmat ko‘rsatishga iqtisoslashtirilgan korxona va tashkilotlar kundan kunga ko‘payib bormoqda. Shu sabab mujozlarni extiyojini o‘rgangan holda “Alpha Partners Group” MChJi, mujozlar kerakli buyum va anjomlarini kerakli qavatlarga tez va shovqinsiz yetkazib beradigan kam yukni ko‘tarish va tushirishga mo‘ljallangan lift tizimlarini o‘rnatishni mujozlarga taklif kilmokda. Xo‘sh,bino qurilganida lift ko‘rsatkichlari qanaqa hisoblanadi? Lift ta'minoti kurilish uchun yangi soha hisoblanib, bunda lift o‘rnatilishi, harakatlanishi va to‘xtashi, yuk ko‘tarish tezligi, xavfsizlik hamda energiya ta'minoti kabi ko‘rsatkichlari aniq hisoblanishi kerak. Bunday ishlar yuqori darajadagi professonallikni va aniq usullarni talab qiladi. “Alpha Partners Group” MChJ mutaxassislari bugungi kunda Toshkent shahrida va viloyatlarda uz obru e'tiborga ega bo‘lib lift ko‘rsatkichlari hisoblash va tavsiya ishlarini amalga oshirmoqdalar. Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling