2-Ma’ruza mashg’uloti: Mavzu: Suv omborli gidrouzellarda suv o’tkazuvchi inshootlarni xavfsiz va ishonchli ekspulatatsiya qilishni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish


Download 21.13 Kb.
Sana09.01.2023
Hajmi21.13 Kb.
#1084744
Bog'liq
2mavzu


2-Ma’ruza mashg’uloti: Mavzu: Suv omborli gidrouzellarda suv o’tkazuvchi inshootlarni xavfsiz va ishonchli ekspulatatsiya qilishni yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish (To’dako’l va quymozor suv omborlari misolida)
Reja:
1.Suv omborlari haqida ma’lumot.
2.Gidrouzellar haqida ma’lumot.
3. To‘g‘onlar holatini tezkor tekshirish
Suv ombori — toʻgʻonlar yordamida suvni yigʻish va saklash uchun quriladigan sunʼiy suv havzasi. Kompleks foydalanishga moʻljallangan Suv ombori xalq xoʻjaligidagi bir qancha tarmoqlar (sugʻorish, suv taʼminoti, elektr energiyasi, kemachilik, baliqchilik, toshqinlarga qarshi kurashish va boshqalar) ehtiyojini qondiradi. Yil davomida daryo oqimlarining oʻzgarib turishi va uning hudud boʻylab notekis taqsimlanganligi Suv ombori barpo etishga zarurat tugʻdiradi. Suv ombori oqimni fasllar va yillar boʻyicha tartibga soladi, kanal va boshqa suv oʻtkazish inshootlari bilan birga hududlar boʻylab qayta taqsimlashga imkoniyat yaratadi.
Suv ombori katta xoʻjalik ahamiyatiga ega boʻlgani sababli 20-asr oxiriga qadar Yevropa, Osiyo, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Avstraliya va Okeaniyada 130 dan ortiq juda yirik suv omborlari barpo etilgan. Tanzaniyadagi OuyenFols (hajmi 250 km³, suv yuzasi maydoni 69000 km²), Kanadadagi Daniel Jonson (tegishlicha 142, 1940); Rossiyadagi Bratsk (169; 5500) Suv ombori jahondagi eng yirik suv omborlari hisoblanadi.
Oʻrta Osiyo hududida suv omborlari, asosan, ekinzorlarni sug'orish, energetika va suv taʼminotini yaxshilash uchun quriladi. Oʻrta Osiyo hududida 75 ta Co. mavjud (2004). Ularning yalpi umumiy hajmi qariyb 50 mlrd. m³. Amudaryo va Sirdaryo havzalarida yirik suv omborlari (Toʻxtagʻul, Qayroqqum, Chordara, Chorvoq, Norak, Tuyamoʻyin va boshqalar) qurilgan. Suv omborlari qurilishi natijasida Oʻzbekistonda 4,3 mln.ga dan ortiq yerda sugʻorma dehqonchilik qilish, suv resurelaridan gidroenergetika va baliqchilik maqsadlarida yanada kengroq foydalanish imkoniyatlari yaratildi.
Suv xoʻjaligi maqsadlarida barpo etiladigan Suv omborining toʻliq hajmi Z qismdan: foydalanib boʻlmaydigan (ishlatilmaydigan), foydali va rezerv (jadal boʻshatiladigan) hajmdan iborat. Foydalanib boʻlmaydigan hajm toʻliq hajmning bir qismi boʻlib, normal ish sharoitlarida oqimni tartibga solish uchun ishlatilmaydi; uning balandligi foydalanib boʻlmaydigan sath hajmi deyiladi. Bu satxdan yuqoridagi suv foydali hajm (yoki quyilish prizmasi)ni hosil qiladi. Foydali hajmga mos keladigan suv sathi normal sath deyiladi. Normal satxdan yuqorisi rezerv suv hajmi hisoblanadi, suv tashlagich inshootlari orqali toshqin suvlarini oʻtkazib yuborishga xizmat qiladi. So. daryo oqimini mavsumiy va koʻp yillik tartibga soladigan turlarga boʻlinadi. Mavsumiy tartibga soladigan Co. aniq yillik toʻlish va sarflanish sikliga ega. Oqimni koʻp yillik tartibga soluvchi So. sersuvlik yillarida ortiqcha suvni yigʻib, suv kam boʻlgan yillarda esa yigʻilgan suvdan foydalanishga imkon beradi. Oʻrta Osiyo hududidagi So. dan sugʻorish mavsumida suv foydalanib boʻlmaydigan hajm darajasigacha olinadi. Koʻpincha vegetatsiya davrida mavsumiy tartibga solinadigan Suv omborining foydali hajmi toʻla ishlatiladi.
Havzaning joylashishiga qarab daryo oʻzanidagi (toʻgʻon oʻzanni va vodiydagi oqimning bir qismini toʻsadi) va toʻldiril ad i gan Suv omboriga (oʻzandan chetdagi tabiiy yoki sunʼiy havzadan foydalaniladi) boʻlinadi. Suv omboridagi asosiy inshootlar — toʻgʻon (suvni toʻsuvchi), suv chiqargich (suvdan foydalanuvchilarga suv berish) va ehtiyot tashlama (ortiqcha suvni chiqarib yuborishni taʼminlaydi). Toʻldiriladigan Suv omborida, bulardan tashqari, havzani chegaralovchi dambalar, suv keltirgich va chiqargich kanallar ham boʻladi.
So. ni loyqa bosishi juda xavfli. Baʼzi hollarda loyqa bilan toʻlishi sababli Co. butunlay ishdan chiqadi. Loyqa bosish jarayoniga daryoda toʻgʻon qurilgandan soʻng oqiziqlarshgʻt choʻkishi sabab boʻladi. Oqiziqlarning asosiy manbalari suvdagi loyqa, tuproq, shamol va suv eroziyasi mahsulotlari. Oʻrta Osiyodagi So. ni juda tez loyqa bosadi. Mac, Qashqadaryoda qurilgan Chimqoʻrgʻon Co. 20 yilda 60 mln. m³, Gʻuzordaryodagi Pachkamar So. 9 yilda 17 mln. m³, Janubiy Surxon Suv omborining toʻrtdan bir qismi 25 yilda loyqa bilan toʻddi; Sirdaryodagi Uchqoʻrgʻon Suv ombori hajmi 19 yil davomida 60% ga qisqardi.
Co. ning loyqa bosishiga qarshi kurashda quyidagi choralar qoʻllanadi: oqim loyqalanadigan toshqin vaqtida So.da suv sathi pasaytirilib, juda loyqa daryo suvi katta tezlikda oʻtkazib yuboriladi; aylanma kanallar barpo etiladi, soʻngra choʻkib qolgan okiziq (pulpa)lar zemsnaryadlar bilan chiqarib tashlanadi, suv yoʻlida okiziklarni choʻktiradigan tindirgichlar quriladi; muallaq oqiziqlar koʻp boʻlgan loyqa oqim toʻgʻon tagidagi maxsus suv tashlagich orqali chiqarib yuboriladi.
Tabiiy sharoitdagi kuzatuvlar to‘g‘onlar holatini, ularning qirg‘oqqa tutashgan joylari sementlash va drenaj galereyalari, NO‘A bo‘yicha (ko‘z bilan va masofaviy) geodezik asboblar bilan kuzatuv, suffoziya va suvning kimyoviy tarkibi bo‘yicha tekshirishlarni o‘z ichiga oladi.
To‘g‘onlarda, butun gidrouzeldagi singari doimiy tizimli kuzatuvdan tashqari, suv omborida suv toshqinidan so‘ng, yuqori ballga ega zilziladan keyin va sh.k. larda navbatdan tashqari ko‘z bilan tekshirish va asboblar bilan to‘liq siklda nazorat qilish amalga oshiriladi.
To‘g‘onlar holatini tezkor tekshirish kuzatuvning haqiqiy ko‘rsatkichlarini loyihalash davrida olingan chegaraviy- ruxsat etiladigan qiymatlar bilan taqqoslash asosida bajariladi. Odatda loyihaviy ko‘rsatkichlarni ta’sir etish muddati suv omborini me’yoriy dimlangan sath (MDS) gacha to‘lishini boshlang‘ich davri va doimiy ekspluatatsiyaning dastlabki yillariga to‘g‘ri keladi. Keyinroq chegaraviy-ruxsat etiladigan qiymatlarga tabiiy sharoitdagi kuzatuvlar natijalari, to‘g‘onni qurish davridagi geotexnik nazorat va to‘g‘onni ekspluatatsiyasi davridagi qo‘shimcha tadqiqot (masalan, geodezik uslublar, georadar va sh.k.) lar jarayonida olingan to‘g‘on tanasi va zaminning gruntlarini fizika-mexanikaviy xossalari haqidagi ma’lumotlar asosida qayta aniqlik kiritiladi.
To‘g‘onlardagi kuzatuvlar natijalari joriy va to‘liq turlarga bo‘linadi. Joriytekshirishlar gidrouzel ekspluatatsiya xizmati, to‘liq tekshiruvlar esa komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Ko‘z bilan qarab chiqishda yoriqlar, darz ketgan joylar bor-yo‘qligiga, to‘g‘on tepasida, yon tomonlarda cho‘kishlar, o‘yilishlar hosil bo‘lgani, to‘g‘on yon tomonlari ko‘chishiga olib keladigan shikastlanishlar mavjudligi, drenajlarda filtratsiya suv sarfi oshganligi, to‘g‘onning qirg‘oq bilan tutashgan joylarida namlik hosil bo‘lishi va sh.k. larga alohida e’tibor qaratish kerak. To‘g‘on yon bag‘ir (otkos) larini mustahkamlash yuqori befda beton (temir-beton) plitalar yordamida bajarilgan bo‘lsa, ushbu plitalar betonni holatiga, shuningdek, plitalar o‘rtasidagi harorat-cho‘kish choklari nuqsonlariga, plita ostidagi gruntni ko‘chishi, cho‘kishi yoki uvalanishi va sh.k. larga katta e’tibor berish lozim. Bundan tashqari, drenaj quduqlari ham ko‘rib chiqiladi, ular ko‘chgan gruntlar bilan to‘lib qolgan bo‘lishi mumkin. Sementlash galereyalarida buzilgan betonda hosil bo‘ladigan yoriqlarda suv oqishi va to‘g‘on tanasi gruntini birga kelishi tekshirib ko‘riladi. To‘g‘onga quyi bef tomondan tutashgan hududda botqoqlashgan uchastkalar, shuningdek, gruntni bo‘rtib chiqishlar mavjudligi qarab chiqiladi.
Ko‘z bilan tekshirib chiqishlar natijalari bo‘yicha asboblar bilan olib boriladigan maxsus kuzatuvlar o‘tkazilish mumkin.
Gruntli to‘g‘onlarda asboblar bilan kuzatuvlar davriy takrorlanib turuvchi geodezik kuzatishlar va NO‘A ko‘rsatkichlarini nazoratiga bo‘linadi. Odatda to‘g‘onda NO‘A lar loyihada xarakterli kesimga yoki joy topografiyasi bo‘yicha alohida xususiyatlarga ega kesimga mo‘ljallangan stvorlarda joylashtiriladi. Bunda shuningdek, zaminlarni geologik tuzilishi, gidrouzel stvorida inshootlarni joylashtirish va sh.k. ham inobatga olinadi. Eng so‘nggi holatda gruntli to‘g‘onni betonli inshoot (suv o‘tkazuvchi to‘g‘onlar gidroelektrostansiya binolari, shlyuzlar kamerasi va sh.k.) lar bilan tutashganligiga alohida e’tibor beriladi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, geodezik kuzatuvlar va NO‘A lari yordamida qurilish davrida bo‘lgani kabi ekspluatatsiya paytida ham to‘g‘on va uning zaminini cho‘kishi va ko‘chishi, to‘g‘onning filtratsiya rejimi, qirg‘oqqa tutashgan qismlari, to‘g‘onni suvni to‘sib turuvchi gruntli elementlari va gil zaminlar o‘zaro jipslashish jarayoni, to‘g‘on tanasi va uning konstruktiv elementlarini zo‘riqishli holati kuzatib boriladi.
Omillar tasnifi. Ma’lumki, omillar o‘rtasida birinchi o‘ringa ob’ektning faoliyat sharoitlari va qo‘llanish usullarini shakllantiruvchi omillar, ya’ni ob’ektning sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki qisman bog‘liq bo‘lgan vaxavfsizlik bo‘yicha qo‘yilgan talablarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan omillar quyiladi.
Gidrotexnika inshootlari xavfsizligini belgilovchi omillarni uchta guruhga bo‘lish mumkin:
-tabiiy omillar;
-texnogen omillar;
-tabiatdan foydalanish bo‘yicha turli xil cheklashlarni tavsiflovchi (texnik-iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va estetik) omillar.
Tabiiy omillar gidrotexnika inshootlari ta’siriga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
-daryoning gidrologik rejimi;
-hudud (rayon) ning seysmikligi;
-inshoot joylashgan o‘rni (stvor)ning suv ombori zonasi, zaminning muhandislik-geologik, gidrogeologik xususiyatlari;
-gruntlar va zamin jinslarini fizika-mexanikaviy xossalari ko‘rsatkichlarini tabiiy turlanishi va vaqt hamda fazo bo‘yicha o‘zgaruvchanligi;
-iqlimiy ta’sir (havoning harorati va namligi, suvning harorati, shamol, yog‘in-sochin);
-o‘pirilish-ko‘chish xavfi;
-muzlarning tiqilib qolish xavfi;
-biologik xavf;
-tabiiy ta’sirdan yuklamalar parametrlari: tebranishlar tezlanishi, tezlik, bosim, bosim gradienti, pulsatsiya, zo‘riqish bosimi pul satsiyasini vaqt va fazo bo‘yicha o‘zgaruvchanligi.
Texnogen omillar o‘z navbatida quyidagilarga bo‘linadi:
-loyihaviy-texnologik;
-qurilish-texnologik;
-ekspluatatsiya-texnologik omillar.
Ekspluatatsiya-texnologik omillar quyidagilardan iborat:
-suv omborida loyqa va ifloslanish to‘planishi;
-inshoot tanasi, suv omborlari yon tomoni va o‘zani orqali suv filtratsiyasi;
-oqimni rostlash;
-kavitatsiya xavfi;
-abraziv xavfi;
-yuqori va quyi beflarda inshoot zaminlari va qirg‘oqlarni yuvilib ketishi;
-o‘zan o‘zgarishi tufayli quyi befda suv sathi rejimini o‘zgarib turishi;
-konstruksiya elementlari (qoplamalar, mahkamlagichlar va sh.k.) ni ekspluatatsiya, tabiiy, antropogen va boshqa ta’sirlar natijasida shikastlanishi;
-alohida muhim ekspluatatsiya ta’sirlari, masalan, suv omboridan ekstremal suv sarfi va loyqani chiqarib yuborish;
-o‘ta muhim vazifani bajaradigan doimiy inshoot va ob’ektlar (suv tashlash inshootlari, mexanikaviy jihozlar, filtratsiyaga qarshi va drenaj qurilmalarivash.k.) ni ish qobiliyati;
-ob’ektni bir me’yorda ishlashi uchun zarur bo‘lgan tashqi moddiy-texnikaviy resurslari (texnikaviy-zatvorlarni yer osti mexanizmlariga elektr ta’minoti va sh.k., iqtisodiy-profilaktika va tiklash-ta’mirlash ishlariga mablag‘, ijtimoiy-xizmat ko‘rsatuvchi kishilar) va gidrotexnika ob’ekti ishini ta’minlaydigan ob’ektlar (elektr ta’minoti liniyalari, aloqa vositalari, transport kommunikatsiyalari va sh.k.) bilan ta’minlanganlik;
XULOSA:
Omillar tasnifi. Ma’lumki, omillar o‘rtasida birinchi o‘ringa ob’ektning faoliyat sharoitlari va qo‘llanish usullarini shakllantiruvchi omillar, ya’ni ob’ektning sifati to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki qisman bog‘liq bo‘lgan vaxavfsizlik bo‘yicha qo‘yilgan talablarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan omillar quyiladi.
Download 21.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling