Vositalari


Download 56.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana16.09.2023
Hajmi56.01 Kb.
#1679736
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
9jznK27JkrnF5CUHEDInfRTCn77BSLsmfKwkmCBZ (1)



A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
“UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANTIRISH – 2022” LOYIHASI 
 
 
 
 
“O‘QUVCHILAR KOMPETENSIYALARINI BAHOLASH USULLARI VA 
VOSITALARI”
moduli bo‘yicha 
 
“MATEMATIKA FANIDAN O‘QUVCHILAR YUTUQLARINI 
BAHOLASHGA YANGICHA YONDASHUVLAR” O‘QUV KURSINING 
 

“BAHOLASH SHAKLLARI VA TURLARI.
TEST TOPSHIRIQLARIDAN NAMUNALAR”
mavzusi bo’yicha ma’ruza matni 
 
 
Ma’ruzachi: B.K.Xaydarov - Toshkent shahar XTXQTUMOHM 
Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi professori, f.-m.f.n. 
Toshkent - 2022


2-Mavzu: Baholash shakllari va turlari. 
Test topshiriqlaridan namunalar 
Reja: 
1. Baholash shakllari: 
2. Me’yorga asoslangan baholash
3. Mezon asosida baholash. 
4. Baholash turlari. 
5. Formativ (joriy) baholash. 
6. Summativ (oraliq) baholash. 
7. Mezon asosida baholash mexanizmi. 
8. Test topshiriqlarining turlari va ulardan namunalar. 
 
Baholash shakllari. 
Baholash uning mohiyatidan kelib chiqib, ikki xil shaklda o‘tkazilishi 
mumkin: 
1. 
Me’yorga asoslangan baholash. 
2. 
Mezonga asoslangan baholash. 
Me’yorga asoslangan baholash - nisbiy baholash shakli bo‘lib, u yuqorida 
bayon qilingan mezonga asoslangan baholashdan so‘ng, uning natijalari asosida 
baholanuvchilarning ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini o‘zaro taqqoslash 
orqali o‘lchashdan iborat. 
Bu baholash shakli ham ikki bosqichdan iborat bo‘lib, birinchi bosqichda 
baholanuvchining erishgan natijalari aniqlanadi, ikkinchi bosqichda esa, bu 
natijalar o‘zaro taqqoslash orqali o‘lchanadi.
Afzalligi 
− O‘qituvchi ko‘p vaqt sarflamaydi. 
− Turli shart – sharoitga oson moslashtirish mumkin. 
− 
Muayyan baholanuvchilar guruhi a’zolarini ularning o‘zlashtirish 
darajasiga qarab tabaqalashtirish imkonini beradi.
− 
Baholash natijasida guruh ichidan ma’lum sondagilarini ajratib olish 
imkonini beradi (masalan, olimpiadaning navbatdagi bosqichiga ishtirokchilarni 
yoki kollejga kirish imtihonlari natijasida, boshqalarga nisbatan eng yuqori 
ko‘rsatkich ko‘rsatgan 25 kishini ajratib olish mumkin).

Download 56.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling