2-ma’ruza mashg’uloti morfologiya haqida umumiy ma’lumot. So‘z turkumlari tasnifi


So‘zshakl va uning asosiy tiplari: nol shakl, sintetik, analitik, aralash, juft va takroriy shakllar


Download 88.06 Kb.
bet3/4
Sana24.09.2023
Hajmi88.06 Kb.
#1686988
1   2   3   4
Bog'liq
2-ma\'ruza Morfologiya (1) (3)

So‘zshakl va uning asosiy tiplari: nol shakl, sintetik, analitik, aralash, juft va takroriy shakllar. Leksema nutqqa chiqqanda, albatta, grammatik shakllangan bo‘ladi. Men sarguzasht kitoblarni sevib o‘qiyman gapidagi so‘zlarga diqqat qilaylik. [Men] olmoshi ongda leksema sifatida hech qanday grammatik shaklga ega emas. Biroq u mazkur gapda bosh kelishik shaklida va birlik sonda. (Sarguzasht) sifati oddiy daraja shaklida, (kitoblarni) tushum kelishigida va ko‘plik sonda, (sevib) aniq nisbat va ravishdosh shaklida, (o‘qiyman) aniq nisbat, hozirgi-kelasi zamon shakli, birinchi shaxs birlik, tasdiq shaklida. Leksemaning nutqda voqelangan ko‘rinishi so‘z shakl atamasi bilan yuritiladi. Bundan shunday xulosa chiqadi: so‘zning grammatik shakli bir leksemaning nutqdagi har xil tusli o‘zgarishi bo‘lib, u bir sememaning o‘zini ifodalab, yo qo‘shimcha ma’no ottenkasi bilan farqlanadi yoxud bir leksemaning boshqa leksemaga nutqdagi sintaktik munosabatini ko‘rsatadi. Shu sababli so‘z yasovchidan boshqa qo‘shimchaning barchasi grammatik shakl yasovchi, grammatik shakl deb yuritiladi.
Grammatik shakl va uning turi. Grammatik ma’no ifodalovchi morfologik ko‘rsatkich grammatik shakl yasovchi yoki qisqa qilib grammatik shakl deyiladi. Boshqa nofonologik birliklar kabi grammatik shakl uch tomon – shakl, ma’no va vazifaning yaxlitligidan iborat. Grammatik shaklning moddiy tomoni grammema atamasi bilan ham yuritiladi.
Grammatik shakl (grammatik ko‘rsatkich, grammatik shakl, morfologik shakl, morfologik ko‘rsatkich, morfologik vosita atamalari – ma’nodosh terminlar) tasnifi tilshunoslik, jumladan, o‘rta va oliy ta’lim grammatik tizimining muhim tushunchasidan biri bo‘lganligi sababli har doim dolzarb bo‘lib kelgan. O‘tgan davr mobaynida o‘zbek tili grammatik ko‘rsatkichlarining tasnifi yaratildi, ammo xulosa avval arab, keyinchalik rus tili grammatik me’yoriga asoslangan holda berib kelindi. O‘zbek substansial tilshunosligi o‘zbek tilining agglyutinativ tabiati va ontologik shakl yasash xususiyatiga tayangan holda grammatik ko‘rsatkichlarning yangicha tasnifini berdi. Bunga ko‘ra:
a)lug‘aviy shakl hosil qiluvchi;
b)sintaktik shakl hosil qiluvchi;
c)lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi
farqlandi:
Lug‘aviy shakl hosil qiluvchi – so‘z ma’nosini qisman o‘zgartiruvchi, muayyanlashtiruvchi qo‘shimcha. Masalan, (kitob) so‘zida birlik ma’nosi ham (Bu kitob qiziqarli), ko‘plik ma’nosi ham (Do‘konga kitob keldi) mujassamlangan.
Sintaktik (aloqa-munosabat) shakl hosil qiluvchilar so‘z lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etmay, so‘zlarni bir-biriga bog‘lashga yoki ularga ma’lum bir sintaktik vazifa berishga xizmat qiladi.
O‘zbek tilida shunday shakllar borki, ular bir tomondan so‘zning lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etadi, ikkinchi tomondan, ularni sintaktik aloqaga kiritadi. O‘zgalovchi kategoriya shakllari shunday ikkiyoqlama mohiyatga ega. Masalan, shoshilib gapirmoq birikmasida (–ib) ravishdosh shakli (shoshil) so‘zining lug‘aviy ma’nosiga ta’sir etgan, ya’ni unga ravishlik ma’nosiga yaqin ma’no bergan, shu bilan birgalikda, bu so‘zni keyingi so‘zga bog‘lash vazifasini ham bajarmoqda. Shuning uchun o‘zgalovchi kategoriya shakllari lug‘aviy shakl hosil qiluvchilar va sintaktik shakl hosil qiluvchilar orasida oraliq vaziyatni egallab, lug‘aviy-sintaktik shakl hosil qiluvchi atamasi bilan nomlanadi.
So‘zlar ma’nosiga va grammatik xususiyatlariga — morfologik xususiyatlariga va sintaktik roliga — qarab bir qancha to‘dalarga bo‘linadi. So‘zlarning bu to‘dalari so‘z turkumlari sanaladi (masalan: otlar, fe’llar, ravishlar va shuning kabilar). So‘zning semantik belgisi uning predmet, belgi, harakat kabi ma’nolarni ifodalashidir: ot predmetni bildiradi, fe’l harakat va holatni bildiradi va boshqalar. So‘zning sintaktik belgisi uning gapda bajaradigan vazifasidir. Har bir so‘z semantik va grammatik (morfologik, sintaktik) xususiyatlari bilan gapning ma’lum bir bo‘lagi vazifasida kelishga mos bo‘ladi; har bir bo‘lak uchun tipik so‘zlar — semantik va grammatik xususiyati bilan shu bo‘lakka juda mos keladigan so‘zlar bor. M a s a l a n, kesim uchun tipik so‘z — fe’l, aniqlovchi uchun tipik so‘z — sifat. So‘z nutqda o‘ziga tipik bo‘lmagan holda qo‘llanishi ham mumkin. Bu hodisa o‘sha so‘zning boshqa turkum vazifasida qo‘llanishidir. So‘zning morfologik belgisi uning maxsus so‘z o‘zgartuvchi formalar olishi, turlanish— turlanmaslik kabi holatlari, shuningdek o‘z ayrim so‘z yasovchi affikslariga ega bo‘lishi (masalan, sifatda -li, -siz kabi yasovchilar) kabi xususiyatlaridir.
So‘zlar morfologik belgilariga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: o‘zgaruvchi so‘zlar (ot, olmosh, fe’l kabi turlanish va tuslanish xususiyatiga ega bo‘lgan so‘zlar) va o‘zgarmaydigan so‘zlar (masalan, bog‘lovchilar). Bu belgilar biror turkum doirasidagi so‘zlarning umumiy ma’no va grammatik ma’no jihatidan bir xil bo‘lishini ko‘rsatadi. Po‘lat asbob, anor yuz kabi birikmalarning birinchi so‘zlari (po‘lat, anor)— ot, lekin yuqoridagi birikmalarda ular sifatga o‘xshab qolgan. Bu holning o‘ziyoq so‘zlarni turkumlarga ajratishda sintaktik holatning hal qiluvchi, asosiy belgi bo‘la olmasligini ko‘rsatadi. Biror so‘zning qaysi turkumga kirishini belgilashdagi asosiy grammatik belgi o‘sha so‘zning morfologik xususiyatidir, morfologik ko‘rsatkichidir: so‘zning ma’lum turkumga xos — ma’lum turkum uchun tipik bo‘lgan so‘z yasovchi, forma yasovchi va so‘z o‘zgartuvchi affikslarni qabul qila olish yoki qabul qila olmasligi. M a s a l a n, -lan affiksi fe’llar tipiga xosdir (shodlan, jonlan), -ov affiksi sonlarga xosdir, (oltov kabi). Chog‘ishtiring: kulni, kuldan,. kulga (bundagi kul so‘zi—ot)— kuldim, kulding, kuldik (bundagi kul so‘zi — fe’l). Demak, so‘zlarni turkumlarga ajratishda affiksatsiya hodisasi katta ahamiyatga ega.
So‘z turkumlari quyidagi asoslar orqali tasniflanadi:
Sintaktik
Semantik
Morfologik
Leksemalarning semantik tasnifi
Mustaqil lug’aviy ma’noli so’zlar: ot, sifat, son, ravish, fe’l, taqlid
Nomustaqil lug’aviy ma’noli so’zlar: olmosh, so’z-gap
Lug’aviy ma’nosiz so’zlar: ko’makchi, bog’lovchi, yuklama
O’zgaruvchi leksema uchun tasniflovchi grammatik shakl mavjud.
Fe’l, Ot, Sifat, Son
Otlarda son, subyektik baho shakllari, fe’llarda nisbat, o’zgalovchi, sifatda daraja
Leksemalarning morfologik tasnifi
O’zgarmas leksema: taqlid, ravish, ko’makchi, bog’lovchi, Yuklama, so’z-gap

Download 88.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling