2 maruza mashg`uloti: Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik


Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari


Download 66.88 Kb.
bet2/24
Sana13.03.2023
Hajmi66.88 Kb.
#1266138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2 MARUZA MASHG`ULOTI

Abdulloh Xorazmiyning didaktik qarashlari. Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er satxini o`lchash», «Quyosh soatlari to`g`risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Al-Xorazmiy 780 yil Xevada tug`ilgan. 850 yil Bog`dodda vafot etgan. O`rta Osiyolik mashhur matematik, astronomdir. U yoshligidan ilm-fanga qiziqqan. Xorazmiy o`sha davrda katta ilmiy va madaniy markaz hisoblangan Bog`dodga taklif qilingan. U avval 813-833 halifa al-Ma`mun, so`ngra 833-842 al-Mutasil va 842-847 al-Vasiq Saroylarida xizmat qilgan. U sharqning dastlabki akademiyasi «Bayt ul Hikmat» (Donolar uyi) da ishtirok qilgan va uning rahbarligida arablar va boshqa xalqlar vakillari bilan bir qatorda Ahmad Farg`oniy, ahmad ibn Abdulloh Marvaziy kabi O`rta Osiyolik olimlar ilmiy ish olib borganlar.
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar.
O`rta Osiyoning emas, balki umuman Yaqin va O`rta sharqning mashhur mutafakkirlari bo`lgan Abu Nasr Forobiy IX-X asrlarda iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlar ko`chaygan, feodal to`qnashuvlar avj olgan. Turli ijtimoiy tabaqalar o`rtasidagi kurashlar keskinlashgan, davrda yashadi va ijod etdi.
Abu Nasr Forobiy yashab ijod etgan davrda O`rta Osiyo arab xalifaligiga bo`ysundirilgan edi. Bu davrda hindchadan, forschadan va grekchadan turli ilmiy va falsafiy, badiiy asarlar arabchaga tarjima qilindi. Galen, Gippokrat, Ptolomey, Evklid, Aristotel kabi qadimgi grek olimlarining asarlari tarjima qilindi. O`rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida halifalikka bo`ysundirilgan xalqlarning boy madaniyati ta`sirida tabiatshunoslik ilmlarining yutug`i va ilg`or grek falsafasi ta`limoti ta`sirida original va progressiv ijtimoiy-falsafiy oqim vujudga keldi.
Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to`g`risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma`nolari haqida», «Shaharni o`rganish haqida» va boshqalar.
Pedagogik qarashlari:

  • Forobiy birinchi bo`lib ta`lim va tarbiyaga ta`rif bergan olimdir: Ta`lim – so`z va o`rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.

  • Ta`lim-tarbiya ikki yo`l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilhomlantiruvchi so`zlar va majbur etish.

  • Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so`zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo`lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo`lsin, diyonatli bo`lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.

  • Inson yaxshi tarbiya ko`rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo`lsa, u ko`p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo`rin bo`lib ko`ringan narsalar zaruriy bo`lib chiqadi.


Download 66.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling