2 maruza mashg`uloti: Sharq Uyg‘onish davrida pedagogik


Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Asarlari


Download 66.88 Kb.
bet3/24
Sana13.03.2023
Hajmi66.88 Kb.
#1266138
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
2 MARUZA MASHG`ULOTI

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy-pedagogik qarashlari. Asarlari: «Minerologiya», «Geodeziya», «Hindiston», «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Saydana» va boshqalar.
Ilmiy-pedagogik qarashlari:

  • Beruniy insonni tabiatning eng oliy kamoloti deb qaraydi. U insonning ma`naviy qiyofasidagi barcha axloqiy xislatlarni yaxshilik va yomonlik kabi ikki turga bo`ladi.

  • Beruniy ta`limotiga ko`ra inson kamolotida uch narsa muhim rol` o`ynaydi: 1. Irsiyat. 2.Muhit. 3.Tarbiya.

  • Beruniyning ilmiy bilimlarni egallash yo`llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham dolzarbdir. U o`kuvchiga bilim berishda:

- o`quvchini zeriktirmaslik;
- bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o`rgatavermaslik;
- uzviylik, izchillik;
- yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko`rgazmali bayon etish va xokazoga e`tibor berish kerakligini uqtiradi.
Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari. Abu Ali ibn Sino jahon madaniyatiga katta hissa qo`shgan mashhur entsiklopedist olim, tabiatshunos, faylasuf, astronom, matematik, muzikashunos, huquqshunos, axloqshunos, fiolog, yozuvchi va shoir, O`rta Osiyo xalqlari madaniyatini, O`rta asr sharoitida dunyo madaniyatining oldingi qatoriga olib chiqqan buyuk mutafakkirlardan biri Evropa Avetsena nomi bilan mashhur.
U 980 yil avgustda Buxoroning Afshona qishlog`ida tug`ilib, asosiy bilimni Buxoroda oladi. Juda ziyrak, o`tkir qobiliyati bilan ajralib turadi. U yosh bo`lishiga qaramay, falsafa, tabiat ilmini tezda o`rganadi. U yoshligidan tabib, hakim bo`lib tanildi. 999 yil qaroxoniylar Buxoroni egallaganidan keyin 1000 yilda Buxorodan chiqib ketdi. Xorazmda ko`p olimlarni birlashtirgan «akademiya» ga bordi. Beruniy bilan hamkorlikda ishladi. Bu davr uning ilmiy kamolotiga yanada ta`sir ko`rsatdi. 1019-21 yillarda Hamodonda vazir lavozimida ishlaydi. 280 dan ortiq ilmiy asar yozgan, bizgacha faqat 160 ga yaqin asari etib kelgan. Ayniqsa, «Kitob ul-insof», «Donishnoma» asarlari dunyoga mashhurdir. XVII asrga qadar Evropa mamlakatlarida meditsinaning asosiy qo`llanmasi bo`lib xizmat qilgan 5 kitobdan iborat «Qonun» asarini alohida ko`rsatish mumkin. Ibn Sino meditsinani turli sohalarini boyitdi, turli kasalliklarning sababini aniqladi, yangi dori-darmonlar topdi.
Ibn Sino tilshunoslik, poeziya nazariyasi, muzikashunoslik va boshqalar bilan ham shu-ullanadi. «Arab tili», «SHe`r to`g`risida kitob», «Muzika haqida risola» kabi asarlar yaratdi.
Asarlari: «Tadbir al-Manozil», «Tib qonunlari» «Axloq haqida risola», «Burch haqida risola», «Al-konun», «Ishq hakida risola», «Xay ibn-Yakzon», «Donishnoma» va boshqalar.

Download 66.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling