2-ma’ruza. Matematikani o‘qitishdagi ilmiy usullar. Ilmiy tadqiqot uslublarining umumiy xarakteristikasi Reja
Download 212.61 Kb. Pdf ko'rish
|
2 5267111367965412275
Analogiya – taqqoslanayotgan obyektlarning xususiy xossalari (belgilari)
o’xshashligiga asoslangan tasdiq bo’lib tahlil qilish natijasida hosil qilinadi. Masalan, har qanday parallelogrammda qarama-qarshi tomonlar juft-jufti bilan teng, har qanday parallelepipedda qarama-qarshi yoqlar juft-jufti bilan teng. Parallelogramm va parallelepiped simmetriya o’qlariga ega, parallelogramm yuzi va parallelepiped hajmi o’xshash formulalar bilan hisoblanadi. Xuddi shunday sfera bilan aylana, shar va doiraning ko’pgina xossalari analogiyani qo’llash asosida keltirib chiqariladi. Va ular o’rinliligini ko’rsatish mumkin, lekin qat’iy isbotlash talab qilinadi. Analogiya o’qitishda keng qo’llaniladi. Uni qo’llash tushunchalarni o’zlashtirishni osonlashtiradi, masalan, o’nli kasrlar xossalari va ular ustida amallarni o’rganishda butun sonlar ustidagi amallar va xossalarni bilan analogiya o’tkazishdan foydalanish mumkin. Xuddi shunday algebraik kasrlarni o’rganishda oddiy kasrlar orasidagi analogiyani qo’llash mumkin. Analogiya qat’iy matematik isbot bo’lib sanalmasada, unga asoslangan xulosalar oddiy va tushunarli bo’ladi, shuning uchun nazariyani o’rganishda ham, masalalar yechish usullariga o’rgatishda ham foydalanish mumkin. Bunda o’quvchilar o’tilganlarni chuqur o’zlashtirishlari lozim, chunki analogiyaga asoslanib ish ko’rishda xatolarga yo’l qo’yish mumkin va noto’g’ri xulosalarga kelish mumkin. Matematika o’qituvchisi analogiya bo’yicha noto’g’ri tasdiqlar uchrash imkoniyatini oldindan ko’ra bilishi va ularga o’rinli javob qaytarishi zarur. Masalan, o’quvchilar kasrlarni qisqartirishda, ayrim irrasional ifodalarni almashtirishlarda analogiya bo’yicha noto’g’ri xulosalarni chiqarishlarga yo’l qo’ymaslik va uning mohiyatini aniq ochib berishi talab etiladi.
Download 212.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling