Konkretlashtirish o’qitishning dastlabki bosqichlaridagi qo’llaniladi. U
o’rganilayotgan obyektning bir tarafi bir yoqlama o’rganiladi va bu o’rganish
uning boshqa tomonlariga bog’liq bo’lmagan holda amalga oshiriladi. U
ko’rgazmali ko’rinishda yoki abstrakt qoidaga misol sifatida qo’llanilishi mumkin.
Masalan, rasional sonlarni qo’shishning o’rin almashtirish yoki guruhlash
qonunlari konkret misollarni qarash asosida keltirib chiqarilishi mumkin. Yoki
birorta formulani o’rganishda bu formulani qo’llab hisoblashlarning konkret hollari
qaralishi konkretlashtirishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |