Algoritmning asosiy xossalari
Algoritmning asosiy xossalari haqida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
1-xossa. Diskretlilik, ya’ni algoritmni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Tugallanlangan amallar ketma-ketligi qadam deyiladi. Demak, algoritm chekli qadamlardan iborat bo’lishi kerak.
2-xossa. Tushunarlilik, ya’ni ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar uning uchun tushunarli bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiy amalni ham bajara olmay qolishi mumkin. Har bir ijrochining bajara olishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar tizimi mavjud.
3-xossa. Aniqlik, ya’ni ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi lozim hamda faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart. Algoritmning har bir qoidasi aniq va bir qiymatli bo’lishi zarurki, bunda vaqtning biror daqiqasida olingan miqdorlar qiymati vaqtning shundan oldingi daqiqasida olingan miqdorlar qiymati bilan bir qiymatli aniqlangan bo’ladi.
4-xossa. Ommaviylik, ya’ni har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun yaroqli bo’lishi lozim. Algoritm.bitta masalani yechish uchun emas balki shunga o’xshash turdosh masalalar sinfini hal etish uchun xizmat qiladi
Masalan, ikki oddiy kasr umumiy maxrajini topish algoritmi har qanday kasrlar umumiy maxrajini topish uchun ishlatiladi.
5-xossa. Natijaviylik, ya’ni har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so’ng albatta natija berishi lozim. Algoritm masalaning еchimiga chеkli sondagi qadamlar ichida olib kеlishi yoki masalani "еchib bo’lmaydi" dеgan xabar bilan tugashi kеrak.
Bu xossalar mohiyatini o’rganish va konkret algoritmlar uchun qarab chiqish talabalarning xossalar mazmunini bilib olishlariga yordam beradi.
Algoritmning tasvirlash usullari
Algoritmning tasvirlash usullari haqida gapirganda algoritmning berilish usullari xilma-xilligi va ular orasida eng ko’p uchraydiganlari quyidagilar ekanligini ko’rsatib o’tish joiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |