2-ma’ruza mavzu: baliqlarning tashqi tuzilishi. Reja
Download 180.56 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-ma\'ruza
2-ma’ruza MAVZU: BALIQLARNING TASHQI TUZILISHI. Reja: 1. Baliqlarning tashqi tuzilishi; 2. Baliqlarning tana tuzilishlari, harakatlanish a’zolari; 3. Terisi, tangachalari va suzgichlarining tuzilishi. Tayanch so’z va iboralar: baliqlar, poykloterm, suzgichlari, tangachalari, yon chiziq, suyri, halqum, jabra, suzgich qanot. Baliqlarning tashqi tuzilishi. Baliqlar sinfiga tana temperaturasi doimiy bo’lmagan, jabralar yordamida nafas oladigan umurtqali suv hayvonlari kiradi. Baliqlar butun tanasini to’lqinsimon egib, bukishi hisobiga oldinga qarab harakatlanadi. Bunday harakatlanishda baliqlarning muskulli baquvvat dumi, bundan tashqari, rul vazifasini bajaruvchi juft va toq suzgich qanotlari ham aktiv ishtirok etadi. Ular tanasining yon tomonlari bo’ylab terisida o’ziga xos sezgi organi yon chiziq organi joylashgan bo’lib, u suvning tebranishini qabul qiladi. Ko’pchilik baliqlarning tanasi tangachalar bilan qoplangan bo’ladi. Zog’ora va boshqa ko’pchilik baliqlar tanasi suyri shaklida; ikki yon tomondan yassilashgan; bosh va dum qismlari ingichkaroq bo’ladi. Baliqlarning boshi tanasiga harakatsiz qo’shilib ketgan. Siz suvning havoga nisbatan zich muhit ekanligini va uning harakatlanayotgan jismga ko’proq qarshilik ko’rsatishini bilasiz. Shuning uchun baliqlar tanasining suyri shakli va tuzilishi suvning Qarshiligini yengib, tez harakatlanishga imkon beradi. Suv - baliqlarning yashash muhitidir. Baliq uchun suv hayotdir. Suvda suzadigan baliqlarning tanasi cho’ziq, suyri shaklida bo’lganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan baliqlarning tanasi yapaloq va jag’lari yaxshi rivojlangan bo’ladi. Filippin orollari yaqinida tarqalgan pandaka balig’ining tana uzunligi 1-1,5 sm, og’irligi 1,5 g bo’lsa, eng yirik kit akulasining uzunligi 15-20 m ga, vazni 12-14 tonnagacha yetadi. Baliqlarning biologiyasini o’rganganda uning yoshi tangachalari va ba’zi suyaklardagi yillik halqachalariga qarab aniqlanadi. Baliqlar 1-2 yildan (tez suzarlar) 100-120 yilgacha (oq bakra) umr ko’radi. Amudaryo va Sirdaryoda tarqalgan laqqabaliq 50-60 yil yashaydi. Oziqlanishiga ko’ra baliqlar faqat jag’larida emas, til, tanglay va halqumida ham tishlari bo’ladi (cho’rtan, tovonbaliq). Baliqlarning harorati beqaror, sovuqqon jonivordir. Tana harorati deyarli suv haroratiga yaqin, serharakat, oziqlanish usuliga ko’ra plantofaglar, bentofaglar, detritofaglar, fitofaglar va yirtqichlarga bo’linadi. Ko’payishiga binoan uvuldiriq tashlovchi, tug’uvchilarga, yashash muhitiga ko’ra dengiz va chuchuk suv baliqlariga, hayot kechirish xususiyatiga binoan o’tkinchi va o’troq baliqlarga ajratiladi. Ko’pgina baliqlar (losossimonlar, bakra, daryo ugari) hayotining bir qismini dengizda, boshqa qismini daryoda o’tkazadi. Download 180.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling