Excelda elektron jadvallar yaratish va ularni qayta ishlashda dasturlash elementlaridan foydalanish.
Zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanib berilgan masalani hal qilish texnologik jarayonini modeli, modelni hisoblash uchun algoritm va biror-bir dasturlash tilida dasturlar tuzish o‘z samarasini bermoqda. Bu esa dasturiy vositalar imkoniyatlaridan oqilona va samarali foyda-lanib borish imkonini beradi.
Ayniqsa, oddiy arifmetik amallarni bajarish, ifodalar va funksiyalar qiymatlarini hisoblash, funksiyalar grafigini chizish, tenglama va tenglamalar sistemasini yechish imkonini beradi.
I fodani kiritish. Ifodani kiritish “=” belgisidan boshlanadi. Masalan, ixtiyoriy ikkita sonning yig‘indisini hisoblash kerak bo‘lsin. Buning uchun A1 yacheykaga 5 sonini, B1 yacheykaga –4,6 sonini kiritib, C1 yacheykada “=A1+B1” yozishimiz mumkin.Enter tugmasi bosilgandan so‘ng C1 yacheykada 0,4 hosil bo‘ladi:
F unksiyalar bilan ishlash. Funk-siyalarni ishlatish uchun uskunalar panelidan fx – Мастер функции tugma-sini bosamiz yoki Вставка menyusidan Функции bo‘limini tanlab funksiyalar ustasini ishga tushiramiz. Natijada ekranda Мастер функции oynasi ochiladi:
Bu muloqot oynasining Категория bo‘limidan kerakli kategoriya tanlansa, Выберете oynasida shu kategoriyaga oid funksiyalar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Masalan, Математические bo‘limini tanlasak, matematikada ishlatiladigan barcha funksiyalar nomlarining ro’yxati keltiriladi.
Yacheykaga kiritilgan formulani qo‘shni y acheykalarga nusxalaganda Копировать va Вставить buyruqlaridan foydalanish mumkin. Undan tashqari nushalash kerak bo‘lgan ma’lumotli yacheykani faollashtirib sichqoncha ko‘rsatkichini yacheykaning o‘ng-past qismidagi qora nuqtaga keltirib (bunda ko‘rsatkich qora rangli “+” shakliga keladi), sichqonchaning chap tugmasini bosgan holda gorizontal yoki vertikal holatda suramiz (bu holatni avtoto‘ldirish deyiladi). Natijada qo‘shni kataklarga ham formula nusxalanib, ularda ham mos javoblar hosil bo‘ladi.
M asalan, [A1:B3] oraliqdagi yacheykalarga ixtiyoriy sonlarni va C1 yacheykaga esa =A1+B1 ifoda kiritilgan bo‘lsin. Yuqorida aytilganidek C1 yacheyka-dagi formulani C2 va C3 yacheykalarga avtoto‘ldirish yordamida nusxalasak hisob-lash natijasi hosil bo‘ladi, ya’ni С2 yacheykada =A2+B2, C3 yacheykada =A3+В3 formula hosil bo‘lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |