Nаvоiy dаvlаt kоnchilik instituti enеrgо mеhаnikа fаkulьtеti


Download 358.5 Kb.
bet1/5
Sana29.03.2023
Hajmi358.5 Kb.
#1307367
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MTA- amaliyot 3- курс сиртки


O’zbеkistоn rеspublikаsi
оliy vа o’rtа mаhsus tа’lim vаzirligi


Nаvоiy kоn-mеtаllurgiya kоmbinаti
NАVОIY DАVLАT KОNCHILIK INSTITUTI
ENЕRGО MЕHАNIKА FАKULЬTЕTI
«MАSHINАSОZLIK TЕHNОLОGIYASI»
KАFЕDRАSI

«Mashinasozlik texnologiyasi asoslari» fаnidаn


amaliyot ishlаrini bаjаrishgа оid


USLUBIY ko’rsаtmа

Nаvоiy – 2022 yil


AMALIY MASHG’ULOT №1
Texnologik operatsiyalarni nomini va mazmunini aniq ifoda qilish.


Ishdan maqsad: zagotovkalarga mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash va texnologik marshrutni ishlab chiqish va rasmiylashtirish qoidalarni amaliy o’rganish. Mexanik ishlov berish texnologik jarayonini loyihalash prinsiplari bilan tanishish.
Nazariy qism
Ishlab chiqarishda loyihalashtirish jarayoni juda katta ma’sulyatli va qiyin , ko’p yechimli hisoblanadi.Loyihalshtirishda birinchi o’rinda uni yuza qatlami o’lchamlari e’tiborga olinib vaushbu qatlam asosida loyihalashtiriladi.Loyihalashtirilgan barcha detallar 3 jarayonda qayta ishlanadi:xomaki nusxada,qayta ishlangan va asl .Xomaki nusxani qayta ishlashda detallarning yuza qatlamidagi ortiqcha nuqsonlar olib tashlash jarayonida detallar ichki qismida qizish sodir bo’ladi va ushbu jarayon detallarni barcha qisimlariga taqsimlanishi mumkin. Loyihalashtirilgan detalni xomaki nusxasiga qaraganda qayta ishlangan va asl nusxaga e’tibor katta bo’lganligi sababli unga noto’g’ri ishlov berib qoyish oldini olish uchun uni katta mashaqqat bilan ishlob beriladi. Zagatovkalarni qayta ishlash jarayonida detallarning nuqsonlarini yoqotish uchun unga yuqori darajali e’tibor beriladi.(67,68)
Qayta ishlab bo’lingan detallarning barchasini yo’nalish bo’yicha asboblarga ajratiladi. Loyihalashtirish jarayonida ishchi kuchi kam sarflanib lekin ko’zda tutilgan samarani oshirish zarurdir.Asbob va uskunalarni aniq tanlash texnoligik jarayonga qarab ,uning ish unumdorligi , aniqligi, samaradorligi va tejamkorligi e’tiborga olib tanlanadi. Ichlab chigarish turiga qarab turli xildagi stanoklar tanlanadi va ishlab chiqarishga taqdim etiladi. Keng ko’lamdagi ishlab chiqarishlarga esa yarim avtomachtirilgan yoki to’liq avtomatlashtirgan stanoklar qo’llaniladi tinimsiz ishlaydigan jarayonlar uchun ChPU turidagi stanoklar qo’llaniladi va h.z.
Tehnologik jarayonlarni ishlab chiqrishga ularning eng yuqori sifat ko’rsatgichli va iqtisodiy ko’rsatgichi yuqori bo’lganlari tanlab olinadi. Texnoligik protses uchun qabul qilinadiganda uning sifat ko’rsatgichi, ish unumdorligi, kam mablag’ talab qiladiganlari olinadi.Texnologik jarayon davomiyligida ularni texnik xizmat ko’rsatish ishlari ko’zda tutiladi.(61). Barcha qilingan amallar texnologik yonalish kartasiga kiritiladi.
Barcha bajarilgan topshiriqlar, bajarilgan texnologik hujjatlar to’plami, tamirlash hujjatlari, texnologik protsesning GOST3.1118-82 Formasiga kiritib hujjatlashtiriladi.
Yo’nalish kartasiga kiritil texnologik, iqtisodiy va tamirlash uchun qilingan hujjatlar (seh nomerlari,ish joylari,uchastkalar)nomerlangan holda asosiy hujjat hisoblanib ularning barcha ko’rsatgichlari yozilgan holda asosiy ishlab chiqarish metodikasi hisoblanib asosiy hujjat hisoblanadi.

Download 358.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling