2 ma’ruza mavzu: Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli. Reja
Download 396.55 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza. Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli
2.2. Deformatsiyalar va ko’chishlar
Yuqorida belgilanganidek, jismlar tashqi kuchlar ta’sirida o’zlarining shakl va o’lchamlarini o’zgartiradi, ya’ni deformatsiyalanadi. Jismning yoki uning biror qismining chiziqli o’lchamining o’zgarishi - chiziqli, burchak o’lchamining o’zgarishi - burchak deformatsiyasi deb yuritiladi. Agar deformatsiya jism hajmi bo’yicha sodir bo’lsa, jismning ma’lum yo’nalishda mazkur nuqtasidagi deformatsiyasi to’g’risida gap boradi. CHiziqli deformatsiya o’lchovi sifatida nisbiy uzayish yoki nisbiy qisqarish () qo’llanadi. Burchak deformatsiyasining o’lchami siljish burchagi () hisoblanadi. Tajribalarning ko’rsatishicha chiziqli va burchak deformatsiyalari yuk olinganidan keyin to’la yoki qisman yo’qolishlari mumkin. Jismdan tashqi kuch ta’siri olingandan keyin yo’qoladigan deformatsiya qayishqoq yoki elastik deformatsiya, jismlardan kuch olinganidan keyin o’zining dastlabki o’lchamlarini va shaklini saqlash qobiliyati qayishqoqlik deyiladi. Kuch olinganidan keyin ham saqlanadigan deformatsiya qoldiq yoki plastik deformatsiya, jismlarning yemirilmasdan qoldiq deformatsiya berish xususiyati plastiklik deb yuritiladi. Jismning barcha nuqtalaridagi deformatsiya va jismning mahkamlanish shartlari ma’lum bo’lsa, uning nuqtalarining ko’chishlarini, ya’ni ularning deformatsiyadan keyingi vaziyatlarini (ya’ni koordinatlarini) aniqlash mumkin.
Download 396.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling