2 ma’ruza mavzu: Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli. Reja


Ichki kuchlar. Kesish usuli (KOAM-qoidasi). Kuchlanishlar


Download 396.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana14.12.2021
Hajmi396.55 Kb.
#180994
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-maruza. Ichki kuchlar va ularni aniqlash. Kesish usuli

2.3. Ichki kuchlar. Kesish usuli (KOAM-qoidasi). Kuchlanishlar 

 

Jismni  tashkil  qiluvchi  elementar  zarralar  orasida  o’zaro  ta’sir  kuchlari 



(birlamchi ichki kuchlar) ta’sir qilib, ular jismning yaxlitligini tahminlaydi. Jismga 

tashqi  kuch  qo’yilganida  elementar  zarralar  orasida  birlamchi  ichki  kuchlarga 

qo’shimcha ichki qarshilik kuchlari hosil bo’ladi. Bu kuchlarni ichki kuchlar, yoki 

zo’riqish  kuchlari,  yoki  qayishqoqlik  kuchlari  deb  yuritiladi.  Ular  qism 

deformatsiyasiga qarshilik qiladi, ya’ni jismning dastlabki shakli va o’lchamlarini 

tiklashga intiladi. Bu ichki kuchlarning qiymati deformatsiya ortishi bilan ichki va 

tashqi  kuchlar  muvozanatlashgunga  qadar  ortib  boradi.  Agar  bu  muvozanat  sodir 

bo’lmasa qattiq jismni tashkil qiluvchi elementar zarralar muvozanati, ya’ni ularning 

o’zaro  bog’liqligi  buziladi.  Natijada  jismning  tegishli  joyida  mikroyoriq  hosil 

bo’ladi  va  jism  yemiriladi.  Demak,  jismning  yemirilishining  bevosita  sababchisi 

sifatida  qiymati  molekulalararo  o’zaro  ta’sir  kuchlari  kattaligiga  erisha  oladigan 

ichki zo’riqish kuchlarini ko’rsatish mumkin. SHuning uchun ularning kattaligini 

aniqlash muhim  masala kasb etadi. Bu maqsadlarda kesish usulidan foydalaniladi. 

 



Kesish usulining mohiyati quyidagicha. Biror nuqtasidagi zo’riqish kuchlarini topish zarur 

bo’lgan jism P

1

, P


2

, P


3

 va R


4

 kuchlar sistemasi  

ta’sirida muvozanatda turibdi (2.1 - shakl). 

1. Jismni bizni qiziqtirayotgan nuqta va kesim orqali o’tuvchi tekislik bilan fikran kesamiz. 

Jism ikki bo’lakka bo’linadi. 

2.  Ajratilgan  bo’laklardan  biri,  masalan,  o’ng  II  tomon  tashlab  yuboriladi  1-  qism  olib 

qolinadi(2.2 - shakl). Bunda qolgan chap I qism muvozanati buziladi. 

3. Olib qolingan qism muvozanatini tiklash uchun tashlab yuborilgan o’ng II qismning olib 

qolingan chap I qismga ta’sirini ichki zo’riqish kuchlari bilan almashtiramiz. Ularning kattaligi, 

yo’nalishi va taqsimlanishi qonuni noma’lum. Ammo, ma’lumki, har qanday kuchlar sistemasini 

bitta bosh vektor va bitta bosh momentga keltirish mumkin. 2.3  - shaklda ularning tuzuvchilari 

(komponentlari) ko’rsatilgan. Ularni bahzan  ichki kuch omillari deb ham yuritiladi. 

4. Qoldirilgan chap qismning muvozanat sharti yoziladi. 

0

0



0

=



=

=





Y

X

Z

 

 



0

0

0



=

=



=



Y

X

Z

M

M

M

   


 

 

 (2.1) 



Ichki kuch omillarining har bir alohida turi deformatsiyaning alohida turi bilan bog’liq. 

Masalan, brus ko’ndalang kesimlarida faqat  normal kuch  N hosil  bo’lib, qolganlari nolga teng 

bo’lsa, brus cho’zilish yoki siqilish deformatsiyasi ta’sirida bo’ladi. Brus ko’ndalang kesimlarida 

faqat  ko’ndalang  kuch  (Q

X

  yoki  Q



Y

)  ta’sir  etsa-siljish,  faqat  burovchi  moment  M

Z

  ta’sir  etsa 



buralish deformatsiyasi sodir bo’ladi. Brus ko’ndalang kesimlarida bosh moment tuzuvchilaridan 

faqat  M


x

  yoki  M

u

  ta’sir  etsa,  u  sof  egilish  deformatsiyasi  ostida  bo’ladi.  Bir  vaqtda  ko’nd                                                                                                                                                



alang  kesimda  bir  necha  zo’riqish  kuchlari  ta’sir  etsa  brus  murakkab  deformatsiya  vaziyatida 

bo’ladi. 

Ichki  kuchlarning  jadalligini  (intensivligini)  baholash  uchun  kuchlanish  tushunchasi 

kiritiladi. Kuchlanish topilishi zarur bo’lgan K nuqta atrofida elementar F yuzacha ajratamiz (2.4 

- shakl). Unda o’rtacha kuchlanish  

,

F



Р

p



=

ўр

   



 

 

 



(2.2) 

bu  yerda  P  -  ushbu  F  elementar  yuzachadagi  ichki  zo’riqish  kuchlarining  teng  ta’sir 

etuvchisi. 

 

 



 

       


      

 

2.1 - shakl 



     

 

2.2 - shakl 



     

 

 



2.3 - shakl 


2.4 - shakl. 

 

2.5 - shakl. 



 

Ajratilgan  elementar  yuzacha  qancha  kamaytirilsa,  kesim  nuqtasidagi  ichki  kuch 

intensivligi shuncha aniqroq topiladi. 

Ajratilgan elementar yuzacha nolga intilganda (nuqtaga tortilganda) nuqtadagi kuchlanish 

haqiqiy kuchlanish deyiladi. 

.

lim



0

F

P

p

F



=



   

 

 



 

(2.3) 


Kuchlanish vektorini ikkita tuzuvchiga ajratamiz (2.5 - shakl): kesim yuziga tik yo’nalgan 

normal kuchlanish () va kesim yuziga parallel yunalgan urinma kuchlanish (). 

Nuqtadagi to’la kuchlanish  

.

2



2



+

=

p

 

 

 



 

 

(2.4) 



Yuqoridagilardan  ko’rinadiki,  ichki  kuchlarning  kesim  yuzasi  birligiga  to’g’ri  kelgan 

kattaligi kuchlanishdir. Uning o’lchov birligi-Paskal (1 Pa=1 N/M

2

). Bu birlik juda kichikligidan 



amaliy hisoblarda kuchlanish megapaskallarda o’lchanadi yoki kN/m

2

. (1 MPa=10



Pa.)  


 


Download 396.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling