2-ma’ruza Mavzu: Tabiatda suvning aylanishi
Suvning materik doirasidagi aylanishi
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq3-ma\'ruza
Suvning materik doirasidagi aylanishi unga chetdan namlik kelishi,
yog’in-sochinlar, atmosfera oqimi, ya’ni namlikning chekka hududlardan materik ichkarisiga olib borilishi, bug’lanish va daryo oqimidan tashkil topadi. Suvning katta aylanishi ham materiklardagi, ham okeanlardagi suvning barcha turdagi aylanishini o’z ichiga oladi. Quruqlikdan daryo oqimi ko’rinishida okeanlarga yoki ular bilan tutash bo’lgan dengizlarga qaytib tushgan suv katta suv aylanishi jarayonini tugallaydi. Yer sirtining quruqlik qismida hosil bo’lgan daryo suvlarining bir qismi okeanlar va dengizlarga quyilsa, bir qismi materiklar ichida qoladi. Quruqlik yuzasining katta qismi (78 foizi) Dunyo okeaniga tomon qiya bo’lib, u yerda hosil bo’lgan daryo oqimi okeanlarga kelib tushadi. Quruqlikning bu qismi okeanga tutash yoki chekka oqimli hududlar deb ataladi. Daryolari suvi bevosita okeanga kelib tushmaydigan hududlar ichki oqimli hududlar yoki berk (okeanga nisbatan) hududlar deb nomlanadi. Yer kurrasida chekka oqimli hududlar 117 mln.km2 ni, ichki oqimli (berk) hududlar esa 32 mln.km2 ni tashkil etadi. Eng katta ichki (berk) oqimli hududlarga Orol-Kaspiy havzasi, Afrikadagi Chad ko’li havzasi, Sahroi Kabir, Arabiston va Markaziy Avstraliya cho’llari misol bo’ladi. Yer kurrasida namlik aylanishi jarayonida ishtirok etayotgan kirim (atmosfera yog’inlari) va chiqim (bug’lanish) qismlari o’rtasida ma’lum tenglik-muvozanat mavjud bo’ladi. Ushbu tenglik (balans)ni Yer kurrasi va uning ayrim qismlari (Dunyo okeani, chekka oqimli hudud, ichki oqimli hudud) uchun suv muvozanati tenglamalari ko’rinishida ifodalash mumkin. Тenglamalarda kirim qismi elementlari sifatida Dunyo okeani yuzasiga (Хo), quruqlikning chekka oqimli hududiga (Хch), quruqlikning ichki oqimli (berk) hududiga (Хi) va nihoyat butun Yer kurrasi sirtiga (Хyer) yog’adigan yillik yog’in miqdorlarini hisobga olish zarur. Shularga mos ravishda Dunyo okeani yuzasidan (Zo), quruqlikning chekka oqimli hududidan (Zch), quruqlikning ichki (berk) oqimli hududidan (Zi) va ularning yig’indisi-Yer kurrasi yuzasidan (Zyer) bo’ladigan yillik bug’lanish miqdorlari tenglamalarning chiqim qismini tashkil etadi. Suv muvozanati tenglamalarida quruqlikdan Dunyo okeaniga yoki u bilan tutash bo’lgan dengizlarga daryolar keltirib quyadigan yillik oqim miqdori (Uy) ham hisobga olinadi. Yer kurrasi uchun suv muvozanati tenglamasi quyidagicha bo’ladi: Zo + Zch + Zi = X0 + Хch + Хi yoki Zyer =Хyer. E’tiboringiz uchun rahmat Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling