2-ma’ruza. Metallarning kristallanish jarayonlari. Reja


Kimyoviy birikma, mexanik aralashma


Download 436.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana04.04.2023
Hajmi436.5 Kb.
#1327139
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-ма`ruza.docx (1)

Kimyoviy birikma, mexanik aralashma. 
Har qanday qotishmani holat diagrammasini chizish uchun masshtabda 
gorizantal bo‘yicha qotishmani % miqdori, (chap tomani toza qo‘rg‘oshin, o‘ng tomoni 
toza surma qotishmalari) quyiladi. 
Vertikal bo‘yicha kritik nuqtalarni hamda surma va qo‘rg‘oshin erish nuqtasini 
(327
0
S,630
0
S) masshtabda belgilab chizamiz.


Pastdagi kritik nuqtalarni birlashtirib (246) DE chizig‘ini, a yuqoridagi kritik 
nuqtalarni birlashtirib AV va VS egri chiziqlarini olamiz. Ikkila egri chiziq V nuqtada 
ya’ni DE to‘g‘ri chizig‘ida kesishadi. 
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki. Qotishmalar qotish boshlanishi nuqtalari har 
xil bo‘lib, qotish va kristallanishi bir nuqtada ekan. Aralashmalarni ichida faqat 13% 
surma va 87% qo‘rg‘oshin kristallanishini boshi va oxiri kritik nuqtasi bitta bo‘lib, bir 
nuqtada qotar ekan. Diagrammani taxlil qilamiz.AVS chizig‘idan yuqorida hamma 
qotishmalar suyuq holda bo‘lib. Bu chiziqni Likvidus chizig‘i deb aytiladi.(Lotin tilida 
– suyuq ma’noni bildiradi). DVE chizig‘ini pastki qismida hamma qotishmalar qattiq 
holatda bo‘lib, DVE chizig‘ini Solidius deb aytiladi ( solidius- lotincha qattiq ma’noni 
bildiradi) 
Holat diagrammasida V tochkada (13% supma va 87% qo‘rg‘oshin). Surma 
bilan qo‘rg‘oshinni kristallanishi ayni vaqtda bo‘ladi va surma va qo‘rg‘oshin 
kristallaridan iborat mayin mexanik aralashma hosil bo‘ladi. 
Bunday qotishmani evtektik aralashma deb aytiladi. Evtetik qotishmalar eng 
past erish temperaturasiga ega bo‘lib, mikrostrukturasi yaxshi aralashgan bo‘ladi. 13% 
kam surma bo‘lgan qotishmani evtetik tikkaga 40
0
va 13% ko‘p surma bo‘lgan 
qotishma evtetikadan keyingi qotishma deb yuritiladi. 
Evtetikadan keyingi qotishmalarni qotish jarayon VS chizig‘i bo‘ylab suyuq 
qotishmada surma kristallari ajralib boradi. DE chizig‘i bo‘ylab esa evtetika qota 
boshlaydi. Evtektikagacha bo‘lgan qotishmalarda AV chizig‘i bo‘ylab qo‘rg‘oshin 
kristallari ajrala boshlaydi, DE chizig‘i bo‘yicha esa evtektika qota boshlaydi. 
Agarda qotishma sekinroq sovutilsa DV bo‘yicha qo‘rg‘oshin zarralari 
solishtirma og‘irligi og‘ir bo‘lgani uchun cho‘kma shaklida aralashmani pastqi qismiga 
to‘planib qolishi mumkin. Bunday xodisani likvatsiya deb yuritiladi. Evtetikani esa 
solishtirma og‘irligi kichik bo‘lgani uchun yuqori qatlam hosil qiladi. Qotgandan so‘ng 
hosil bo‘lgan qotishma quyma buyumlar olish uchun yaroqsizdir, chunki struktura bir 
xil emas. Xuddi shunday xodisani evtektikadan keyingi qotishmalarda ko‘rish 
mumkin. Bunday qotishmani asta-sekin sovushida, evtektika aralashmasini solishtirma 
og‘irligi katta bo‘lgani uchun cho‘kma hosil bo‘ladi. Surmaning solishtirma og‘irligi 
kichik bo‘lgani uchun quyma yuzida qatlam hosil bo‘ladi. 

Download 436.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling