2-maruza. Meva va rezavor meva o’simliklarini ko’payitirishning biologik asoslari va mevali kóchatlarni etishtirish Reja


Payvandust bilan payvandtag haqida tushuncha va ishlash tartibi


Download 60 Kb.
bet2/3
Sana23.04.2023
Hajmi60 Kb.
#1390293
1   2   3
Bog'liq
2-Maruza (tazası) (1)

1.3. Payvandust bilan payvandtag haqida tushuncha va ishlash tartibi
Payvandust bilan payvandtagning yaxshi birikib tutib ketishi ularning tutashishi affinitet deb ataladigan botaniq jixatdan yaqinligiga bog’likdir. Payvandtag bilan payvandustning bir-biriga muvofik kelmaslik sabablari xozirgacha etarli aniqlangan emas. Lekin, uning biologik moxiyati o’simlikning er ustki qismi bilan ildizlari orasidagi modda almashuvining buzilishida kurinadi. Odatda bir turga xos yoki shu turga yaqin o’simliklar payvand qilinganda ular yaxshi tutadi va normal rivojlanadi.
Meva daraxtlar turlararo, ayniksa, bir oilalararo payvandlanganda ular yaxshi tutib ketmaydi. Botaniq jixatdan bir-biridan uzoq bo’lgan o’simliklar payvand qilinganda ba`zan ularning yaxshi tutib ketishiga payvand qilinayotgan komponent (simbiont) lar xujayralari protoplazmasining biokimyoviy va fiziologik farqi, tukimalarning anatomik-morfologik tuzilishi, payvandtag va payvandust tanasining yug’0nligiga qarab xar xil o’sishi, nay sistemalarining tutashmasligi tuskinlik qiladi, degan fikrlar bor.
Naylar sistemasi tutashmaganda moddalar uzgaradi; ildizdan payvandustga suv, mineral va boshqa moddalarning va o’simlikning er ustki qismidan payvandtakka plastik moddalarning kelishi yomonlashadi. Natijada payvand qilingan o’simliklar barvaqt kariydi va qurib koladi. Tutashmaslik xollari ko’pincha avlodlararo va turlararo payvand qilinganda kuzatiladi.
Bog’dorchilikda ayrim meva turlarining, masalan, o’rik, tog’olcha bilan, o’rik shaftoli, nokning ayrim navlari bexi, bodom shaftoli bilan payvand qilinganda ular bir-biri bilan yaxshi tutib ketgan xollari ma`lum. Lekin bu erda xam payvandtag bilan payvandust bir-biriga yaxshi mos kelmasligi kuzatiladi, jumladan, bunda o’simlikning er ustki qismi sekin o’sadi, uzoq yashamaydi, payvand qilingan joyda burtma xosil bo’ladi va xokazo. Ba`zan payvandust payvandtagda yaxshi rivojlanadi, ammo buning aksicha bo’lmaydi; masalan, nok bexiga payvandlanganda yaxshi tutadi, bexi nokka payvandlanganda esa yaxshi tutmaydi. Birok nokning ayrim navlari bexiga payvand qilinganda umuman tutmaydi. Payvandust bilan payvandtag bir-biriga mutlako muvofik kelmaganida o’simlikning o’sishi zaiflashadi, barglari erta tuqiladi va daraxt barvaqt kariydi, noqo’lay tashki sharoitga chidamliligi pasayadi, ko’pincha yaxshi birikib usmaydi (buning okibatida birikkan eridan ajralib sinadi).
Payvandust bilan payvandtagning bir- biriga muvofik bo’lmasligidan kelib chiqadigan sinish xollari ko’chatzorlardagi ko’chatlarda qanday bo’lsa, bog’dagi daraxtlarda xam shunday bo’ladi. Shunisi xarakterliki, daraxtlar bir necha yil davomida normal o’sadi va xosil beradi, lekin shox-shabbasi ma`lum yugonlikka etgach, shamoldan sina boshlaydi. Ayniksa, olxurini o’rikka, shaftolini o’rikka payvand qilinganda sinish xollari ko’p kuzatilgan. Yoqoridagi ma`lumotlardan kurinib turibdiki, payvandtagning ma`lum darajada payvandust bilan yaqin karindosh bo’lishi ularning normal tutib ketishi va payvandlangan daraxtning yaxshi o’sishini ta`minlaydi.
Yaxshi ulanishning zaruriy sharti payvandtag bilan payvandust kambiysining bir-biriga yaxshi mos kelishidadir. Ulangan joy tekis bo’lishi, pustloklar qurib kolmasligi uchun ular kattarok bo’lishi kerak, payvand qilishdagi ish jarayonlarini tez bajarish - kuzchani tez urnatish va boglash, ko’chatzorda o’simliklarni yoqori agrotexnika asosida parvarish qilish zarur.
Payvand qilinadigan komponentlar bir-biriga muvofik kelmaganda ular orasida uzilish kuzatiladi, bunda uzilish bo’lgan joy yumshok parenxima, pukak tukima bilan tulib kolib floema degeneraciyasi sodir bo’ladi, bu ayniksa payvandtagda ko’prok kuzatiladi. Payvandtag tinim davriga qancha erta kirsa, u payvandust bilan shuncha yomon birikadi, chunki bunda payvandtagdan payvandustga moddalarning utishi sekinlashadi.
Agar kesilgan joy yuzasida tukimaning pigmentlangan, sargaygan, pukaklangan qatlam xosil bo’lmasa, ularning xavo bilan birikishi tufayli kechadigan oksidlanish jarayonlari natijasida ruy beradigan payvandtaglarning tutib ketishi tezlashadi.
Payvandtag bilan payvandustning bir-biriga mos kelmasligi ko’chatlarning past sifatli bo’lishiga va xar gektar erdan chiqadigan ko’chat sonining kamayishiga, bog’dagi daraxtlar xosildorligining pasayishiga olib keladi.
Payvandtag va payvandust bir-biri bilan asosan, moddalar almashinuvi ta`siri orkali birikadi. İ.V.Michurin payvand qilinadigan komponentlarning uzaro ta`siri ularning yoshiga bog’lik deb xisoblagan. Xossalari xali shakllanish jarayonida bo’lgan urug’ko’chatdan chiqqan yosh o’simlik organizmi anchagina plastik bo’ladi va payvand qilinganda yashirin (recessiv) belgilarini namoyon qiladi. Yangi navlar yaratishdagi İ.V.Michurin tomonidan ishlab chiqilgan mentor metodi shunga asoslangan.
Sanoat asosida barcha bog’lar, odatda, stadiya jixatdan yosh urug’ ko’chatdan chiqqan payvandtag (ko’pincha, maxalliy yovvoyi tur) lardan barpo qilinadi. Payvandust sifatida stadiya jixatdan etilgan, ancha ilgari shakllanib bo’lgan navlardan foydalaniladi. Yosh payvandtaglar etuk payvandustning irsiy xususiyatlarini uzgartira olmaydi. Shuning uchun bunday payvandtakka ulangan madaniy navlar bog’da uzoq yil usayotgan bo’lsada, lekin uzlarining irsiy belgilarini va xossalarini uzgartirmaydi xamda navlik xususiyatlarining doimiyligini nisbatan saklaydi.
Payvand qilingan navlar irsiy xarakterga (modifikacion uzgaruvchanlikka) ega bo’lmasada, yosh payvandtaglar xam sezilarli uzgarishlar xosil qiladi. Masalan, daraxtning katta-kichikligi, o’sish kuchi, uzoq yashashi, xosil bera boshlashi, mevalarning sifati payvandtagning xolatiga bevosita bog’likdir. Jumladan, kuchli o’sadigan o’simliklar kuchsiz o’sadigan pakana yoki yarim pakana payvandtaglarga payvand qilinganda daraxtlar anchagina past buyli bo’ladi va ularning xosilga kirish muddati tezlashadi. Lekin, ular usha navning kuchli o’sadigan payvandtaglariga payvand qilingan daraxtlarga qaraganda kamrok yashaydi; past buyli payvandtakka payvand qilingan olmalar shirin va chiroyli bo’ladi.
Payvandtag payvandlangan o’simliklarning xosildorligini, vegetaciya davrining boshlanishi va oxirini, sovuqka, qurg’oqchilikka, shurxokka chidamliligini va boshqa xususiyatlarini uzgartira oladi. Shuningdek, payvandtag meva daraxtlarining maxalliy tabiiy sharoitga chidamliligini oshirishi yoki kamaytirishi mumkin. Masalan, shaftoli olxuriga payvand qilinganda nam tuproqda, bodomga payvand qilinganda esa kuruk tuproqda mul xosil beradi. Lekin, bu uzgarishlarning xammasi nasldan naslga utmaydi.
Payvandust xam uz navbatida payvandtakka ta`sir ko’rsatadi, lekin uning kay darajada uzgarishi xozirgacha etarlicha aniqlangan emas. Birok shu narsa ma`lumki, payvandust qanchalik kuchli o’ssa, uning ildiz tizimi xam shunchalik kuchli rivojlanadi. Masalan, olmaning Napoleon naviga ulangan Kandil sinap navi ko’chatining ildizlari g’uj bo’lib o’sadi, Kandil sinapga ulangan Napoleon va Renet Simirenko nav olma ko’chatlarining ildizlari esa keng tarmoklanib o’sadi, ya`ni o’simlikning ildizlari shakli jixatdan er ustki qismi (payvandust) shakliga yaqinlashadi.
Muhokama uchun savollar:


  1. Download 60 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling