2-maruza. Meva va rezavor meva o’simliklarini ko’payitirishning biologik asoslari va mevali kóchatlarni etishtirish Reja
Download 60 Kb.
|
2-Maruza (tazası) (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Meva ekinlarini ko’paytirishning biologik asoslari va ko’paytirish usullari
- Meva ekinlarini ko’paytirishning usullari haqida
2-MARUZA. Meva va rezavor meva o’simliklarini ko’payitirishning biologik asoslari va mevali kóchatlarni etishtirish Reja: Meva ekinlarini ko’paytirishning biologik asoslari va ko’paytirish usullari Meva ekinlarini ko’paytirishning usullari haqida Payvandust bilan payvandtag haqida tushuncha va ishlash tartibi Meva ekinlarini ko’paytirishning biologik asoslari va ko’paytirish usullari Meva va rezavor-meva o’simliklari jinsiy (urug’dan) va jinssiz (vegetativ) yul bilan ko’payadi. Yangi navlar yaratish va payvandtaglar etishtirish uchun jinsiy ko’payish usulidan foydalaniladi. Ko’pgina meva va rezavor-meva o’simliklari chetdan changlanib, urug’ beradi bu urug’lar ikki individ (ota-ona) belgilarini uzida saklaydi, bunday o’simliklardan o’stirilgan o’simliklar duragay bo’ladi. Amalda meva va rezavor-meva o’simliklarini vegetativ usulda ko’paytirish keng qo’llaniladi. Uning asosida o’simlikning yashash qobiliyatiga ega bo’lgan ma`lum qismi-novdasi, ildizi, bargi va xatto tukima bo’lakchasidan butun organizmni tiklash (regeneraciya) qobiliyati yotadi. Organlarning bu qismlari ona o’simlikda ildiz chiqaradigan ildiz boshlangichini tiklaydi., ko’rtagidan esa barg chiqaradigan novda beradi. Vegetativ usulda ko’paytirishda o’simlik nisbatan sof xolda saqlanadi, unga ona o’simlikning belgilari va xususiyatlari utadi. Jinsiy yul bilan ko’paytirilganda esa xam onalik, xam otalik, ba`zan esa eng kadimgi ajdodlarning belgilariga ega bo’lgan duragay olinadi. 1.2. Meva ekinlarini ko’paytirishning usullari haqida Vegetativ yul bilan ko’paytirishning juda ko’p usullari bo’lib, bulardan kuyidagi guruxlarni ajratish mumkin: a) novda va ildizlarni qismlarga bo’lib (gajak) larini ildiz bachkisi, tuplarni bulish, qalamcha va ildiz qalamchasini ekish, parxish qilish va boshqalardan ko’paytirish b) payvand qilib ko’paytirish (transplantaciya). Madaniy o’simliklarning ko’pchiligi payvand qilish yuli bilan ko’paytiriladi. Bunda qalamcha yoki ko’rtak xolida (payvandust) bir o’simlikni (madaniy nav) tuproqda urug’idan o’sib chikayotgan boshqa o’simlikka (payvandtagga) payvand qilinadi. Bunday xolda madaniy o’simlik boshqa o’simlik ildizi (payvandtag) da o’sadi. Novda yoki ildiz bo’lakchasidan otgan o’simliklar uz ildiziga ega bo’ladi. Payvand qilishning bir necha usuli bor: ko’rtak yoki kuzchadan payvand qilish (meva o’simliklarini ko’paytirishning asosiy usuli xisoblanadi); kundirma payvand, pustlok ichiga egarcha shaklida urnatish, qalamcha payvand, yorma payvand, yarim yorma payvand, yon tomoni kesikli payvand, kush payvand (ablaktirovka) va xokazo, jami 150 dan ortiq usuli mavjud (9, 10, 11 - rasmlar). Novda qalamchalaridan ko’paytiriladigan tur va navlarda ildizlar kuyidagicha paydo bo’ladi: a) burtma yoki bugin shaklidagi ildiz boshlaetichlaridan (sUrg’ichlar, shishlar va boshqalar) xosil bo’ladi. Burtmalar adventiv (qo’chimcha) ko’rtaklarning tutashishidan vujudga keladi. Bu ildiz boshlaetichlar paradizka, turkman olmasi, bexi, kora smorodinada yaxshi sezilib turadi. Meva o’simliklarida burtmalarning bo’lishi ular novdasining osongina ildiz otish belgisi xisoblanadi; b) novdalarda kambial kavat bilan uzak nurlari tutashgan joyda joylashgan meristema xujayralari guruxi kurinishidagi ildiz boshlaetichi yordamida xosil bo’ladi. İldiz boshla^ichlarining ko’p qismi novdaning pastki qismida, lekin bug’im oraliklarini ko’p qismida joylashgan; v) ildizlar qalamchalarning kallyuslaridan xosil bo’lishi mumkin. Lekin, buning uchun unda kambiy tukimasi bo’lishi kerak. Agar qalamcha yoki novdaning o’sishi uchun qo’lay sharoit yaratilsa (namlik, issiqlik) poya ildiz boshlaetichlaridan qo’chimcha. ildizlar rivojlanadi. O’stiruvchi stimulyatorlar qo’llanilganda qalamchalarda ildiz xosil bo’lishi tezlashadi. Yosh jixatdan o’simliklarning bir yillik yog’0chligidan olingan qalamchalar yaxshi ildiz oladi. İldiz qalamchalar yangi novdalar ayniksa, yangi ildizlar daraxt kattalashgan uning ildiz bug’Zidan uzilishiga qarab yangi novdalar xosil qilish qobiliyatini tez yukotadi. Yosh (bir- ikki yillik) ildizlardan olingan qalamchalar o’simlikni yaxshi va tuliq tiklay oladi, qari ildizlardan olingan qalamchalar esa o’simlikning poya qismini tiklasa - da, yangi ildizlar chikara olmaydi. Download 60 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling