2-maruza: mooc (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida. Reja


Khan Academy (https://khanacademy.org/)


Download 219.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana31.08.2023
Hajmi219.08 Kb.
#1671784
1   2   3   4
Bog'liq
2-maruza mooc (Ommaviy Ochiq Onlayn Kurslar) haqida. Reja

Khan Academy (https://khanacademy.org/) — platformasi boshqa 
MOOClardan farqli ravishda ta’limga interfaollik va o‘yin 
texnologiyalarini olib kirgan va o‘z davrida birinchilardan bo‘lgan 
mashhur loyiha. Bugungi kunga kelib platforma 36 dan ortiq tilda (o‘zbek 
tili ham mavjud) 10 mingdan ortiq kichik video darslar yaratgan. 
Platformada 100 mingdan ziyod interfaol misol va topshiriqlar joy olgan. 
Khan Academy darslari 190 dan ortiq mamlakatda o‘tiladi va hozirgi 
kunda 74 milliondan ortiq o‘quvchi platformadan foydalanadi.


5
Xulosa
MOOC tarkibidagi “ochiq” atamasi bepul yoki shartli bepul degan 
ma’noni anglatadi. Qoidaga ko‘ra, kursda o‘qish va amaliy 
mashg‘ulotlarni bajarish uchun mablag‘ talab etilmaydi. Agar mablag‘ 
talab qilinsa ham, MOOC kursining xarajatlari kunduzgi ta’lim 
xarajatlaridek ko‘p bo‘lmaydi.
Hozirgi texnika asrida mehnat bozori jadal sur’atlar bilan 
rivojlanmoqda. Ma’lumki, asrlar davomida shakllangan va davr sinovidan 
o‘tgan mutaxassisliklarga ega bo‘lish uchun yillar davomida oliy ta’lim 
muassasalarida tahsil olish talab qilinar edi. Onlayn rejimda tashkil 
etilgan kurslar esa mehnat bozorida kechayotgan o‘zgarishlarni yashin 
tezligida ilg‘ab olmoqda va aynan bugungi kun talabiga javob beruvchi 
mutaxassisni tayyorlash uchun o‘z o‘quv dasturlarini taqdim etmoqda.
Onlayn ta’lim dunyoning eng nufuzli universitetlarining yuqori 
malakali va tajribali o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Masofaviy 
kursning har bir o‘quvchisi kurs o‘qituvchisi bilan shaxsan onlayn 
suhbatlashish imkoniyatiga ega. 
 

Download 219.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling