O‘lchash turlari va usullari. - O‘lchanayotgan kattalikning sonli qiymatini topishning bir necha xil turlari mavjuddir. Quyida shu turlari bilan tanishib chiqamiz.
Bevosita o‘lchash - o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki lineyka yordamida o‘lchash. - Bevosita o‘lchash - o‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba ma’lumotlaridan bevosita topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki lineyka yordamida o‘lchash.
- Bilvosita o‘lchash - bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchanayotgan kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katalikning qiymatini topish. Masalan, tezlikni o‘lchash.
- Majmuiy o‘lchash - bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir vaqtda bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini echib, izlanayotgan qiymatlarni topish. Masalan, har xil tarozi toshlarining massasini solishtirib, bir toshning ma’lum massasidan boshqasining massasini topish uchun o‘tkaziladigan o‘lchashlar, haroratni qarshilik termometri orqali o‘lchash.
- Shtangen asboblarga shtangen pargarlar, shtangen chuqurlik o‘lchagichlar va shtangenreysmuslar kiradi. Shtangen pargar yordamida tashqi va ichki o‘lchamlar o‘lchanadi; shtangen chuqurlik o‘lchagichlar bilan chuqurliklar, balandliklar va chiqiqlarning o‘lchamlari o‘lchanadi;
- Bunday asboblar sinfini mikrometr, mikrometr nutrometr (ichki o‘lchamlarni o‘lchagich), mikrometrik chuqurlik o‘lchagich kabi o‘lchash vositalari tashkil etadi. Mikrometrlar tashqi o‘lchamlarni, mikrometrik nutrometr - teshik o‘lchamlarini, mikrometrik nutromer - chuqurlik va balandlik o‘lchamlarini o‘lchashga mo‘ljallangan. Ularning ishlash tamoyili mikrometrik murvat (vint)ning aylanma harakatida hosil bo‘ladigan burovchi juft kuch (moment) dan qo‘zg‘aluvchan o‘lchov tovoni (izmetritelpnaya pyatka) ni ilgarilanma harakatlantirishda foydalanishga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |