2-ма’ruza. O’simlik hujayrasining tuzilish xususiyatlari. Hujayra bosqichlari reja
Download 138.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Osimlik fiz 2023-24-102
Mitoxondriyalar (yunon. mitos-ip, xondrion-donacha, zarra) sitoplazmada donacha
shaklidagi organoid hisoblanadi. Ular o’simlik va hayvon hujayrasida mavjud bo’lib, har xil shaklda uchraydi. Oddiylari yumaloq, oval, ipsimon, tayoqchasimon shaklda; murakkablari diametri 0,3 1 mkm bo’lgan kosachasimon, shoxlangan, oval shaklda ham uchraydi. Mitoxondriyalar elektron mikroskop kashf etilmasdan oldin 1882 yilda Flemming va 1894 yilda Alman tomonidan aniqlangan. 1894 yili Benda degan olim bu zarrachalarga "mitoxondriya" nomini bergan. Mitoxondriylarning asosiy vazifasi aminokislotalarni, karbonsuvlarni, yog’larni oksidlashdan va shu jarayon davomida fosforlanish natijasida energiyaning asosiy manbai bo’lmish ATFni (adenozintrifosfat kislota) sintez qilishdan iborat. Sintezlangan ATF sitoplazmaga erkin kirib undagi organoidlarning faoliyatini (oziqlanish, chiqarish, harakat qilish, o’sish) oshirishda muhim energiya manbai bo’lib xizmat qiladi Lizosoma yunoncha lizeo-eritaman degan ma’noni anglatadi. Membranalar bilan chegaralangan organoidlar. Diametri 0,4 mnm. Hajmi jihatdan mitoxondriyalarga teng, lekin solishtirma og’irligi ulardan kam bo’lgan organoidlar. Ular asosan nordon fermentlar manbayi bo’lib xizmat qiladi. Bu fermentlar qatoriga nordon ribonukleaza, katepsinlar kiradi. Bu fermentlar hujayradagi turli moddalarni suv yordamida parchalay olishi sababli ularga lizosoma deb nom berilgan Plastidalar. Plastidalar (yunon. plastos-yaratilgan, to’ldirilgan) faqatgina tirik o’simlik hujayrasida uchraydigan organellalardir. Ularni birinchi marta 1880-1882 yillarda nemis botanigi Shimper izohlagan. Plastidalar hujayrada rang tusni belgilash xususiyatiga va bajaradigan vazifasiga qarab uch xil: xloroplast (yashil rang), xromoplast (sariq, qizil) va leykoplast (rangsiz) bo’ladi. Xloroplastlarda asosan yashil (xlorofill), sariq (karotin) va qizg’ish (ksantofill) pigmentlar sintezlanadi. Xloroplast yunonchadan xloros-yashil so’zidan olingan. Fotosintez jarayonining borishida muhim ahamiyatga ega. O’simliklarning fotosintetik tizimi xloroplastlarda mujassamlashgan. Bargning har bir hujayrasida o’rtacha 20-50 tagacha va ayrim hujayralarda undan ham ko’p uchraydi. Xlorofil pigmentini tutganligi sababli ham ular yashil rangda bo’lib, qo’sh qavat membrana bilan o’ralgan. Xloroplast tarkibida suv ko’p, o’rtacha 75%ni tashkil qiladi. Qolganlari quruq moddalardan iborat. Umumiy quruq moddalar hisobida oqsillar 35-55%, lipidlar 20-30%, qolganini mineral moddalar va nuklein kislotalar tashkil qiladi. Xloroplastlarda juda ko’p fermentlar va fotosintezda ishtirok etadigan hamma pigmentlar joylashgan. Xloroplastda fotosintez jarayoninig hamma reaksiyalari ro’y beradi. Yorug’lik energiyasining yutilishi, suvning fotolizi va kislorodning ajralib chiqishi, yorug’likda fosforlanish, karbonat angidridining yutilishi va organik moddalarning hosil bo’lish jarayonlari bo’ladi. Download 138.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling