2-ма’ruza. O’simlik hujayrasining tuzilish xususiyatlari. Hujayra bosqichlari reja
Download 138.22 Kb. Pdf ko'rish
|
Osimlik fiz 2023-24-102
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sitoplazma hayot faoliyatining mahsulotlari
Metafaza ikkinchi faza bo’lib, xromosomalar hujayra yadrosining markazida
ekvator bo’ylab joylashadi. Har qaysi xromosoma uzunasiga o’rtasidan teng ikkiga bo’linib, ikkita xromotidni hosil qiladi. Qutblarga tortilgan xromatin iplari hosil bo’lib, uning bir uchi xromatidning sentromeriga tutashgan bo’ladi. Anafaza bo’linishning uchunchi fazasi bo’lib, xromatin iplari qisqara boshlaydi. Xromatidlar qarama-qarshi joylashgan qutblarga qarab tortiladi va ular asta-sekin spirallashib yo’qola boshlaydi. Telofaza bo’linishning oxirgi fazasi bo’lib, yadro bo’linib bo’lgandan so’ng hujayra bo’lina boshlaydi, ya'ni kariokinez tugab sitokinez boshlanib, ikkita bir- biriga teng bo’lgan qiz hujayra hosil bo’ladi, xromosomalar ko’rinmaydi, yadrocha shakllanadi yadro membranasi hosil bo’ladi. Shunday qilib, ikkita qiz hujayra paydo bo’ladi. Meyoz (yunon. meyozis-kamayish, ozayish) hujayraning murakkab bo’linish shakllaridan biri bo’lib, unda reduksiya jarayoni yuz beradi. Meyoz vaqtida hujayrada xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Shuning uchun ham bu jarayon reduksion bo’linish deb ataladi. Meyoz jarayonini ilk bor rus olimi Belyayev (1885- 1888), Strasburger (1888) va nihoyat Flemmin (1889) tomonlaridan o’rganilgan. Bu jarayon hamma jinsiy hujayralarda ko’rinadi. Meyoz ikki marta bo’linish jarayonidan iborat bo’lib, yadroning birinchi bo’linishi, ikkinchi bo’linishi bilan tugallanadi. Har ikki bo’linishda ham to’rt faza (profaza, metafaza, anafaza va telofazalar) takrorlanadi. Birinchi bo’linish (reduktsion)da xromosomalarning soni ikki barobar kamayadi, ikkinchi bo’linish ekvasion (lot. ekvalisteng-baravar) bo’linishda xromosomalar teng ikkiga bo’linadi; bu mitoz bo’linish yo’li bilan boradi Sitoplazma hayot faoliyatining mahsulotlari Alkaloidlar azotli organik moddalar bo`lib, hozirga qadar ularning 700 ga yaqin xili uchraydi. Alkaloidlar qattiq, suyuq va gaz hollarda bo`ladi. Ular ko`knordoshlar, burchoqdoshlar, yalpizdoshlar oilalarining vakillarida ko`p uchraydi. Тein choy, teobramin shokolad, kofein esa kakao, koka-kola tarkibida bo`ladi. Morfin, xinin, kodein kabilar tibbiyotda dorivor modda sifatida ishlatiladi. Anabazin (anabazis o`simligida) nikotin qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi ishlatiladi. Glikozidlar efirga o`xshash moddalardir. Ular ko`pincha hidli, ta’mi achchiq va zaharli ham bo`ladi. Ra’nodoshlar oilasi vakillarida amigdalin glikozidi ko`p. U parchalanganda zaharli sinil kislotasiga aylanishi mumkin. Amigdalin achchiq bodomda, shaftoli, o`rik, olcha urug`larida ko`p bo`ladi. Sovun o`ti tarkibida saponin, sitrus o`simliklarida gesperedin uchraydi. Hujayra shirasida glikozid tariqasida pigmentlar ham mavjud. Ular suv o`tlarida va yopiq urug`li o`simliklarda ko`p bo`ladi. Masalan: antotsianin pigmenti to`q-ko`k, havorang va qizil ranglarda bo`ladi, gulli o`simliklarning hamma organlarida uchraydi. Antoxlor pigmenti gul toji barglarida, qisman limon, apelsin mevalarida uchraydi. Kraxmal donachalari o’simlik hujayralaridagi keng tarqalgan uglevodlardan biri. U g’amlangan oziq sifatida to’planadi. Uning hosil bo’lishida albatta plastidalar ishtirok etadi. Assimilyatsion kraxmal o’simlikning yashil organlarida hosil bo’lgan kraxmal amilaza fermenti ta'sirida gidrolizlanib erigan holdagi shakarlarga aylanadi va o’simlikning oziq to’plashi uchun moslashgan organlariga oqib kelgan shakarlar amilosintetaza fermenti yordamida yana g’amlanadi yoki ikkilamchi kraxmalga aylanadi. G’amlangan kraxmal o’simlikning tugunaklarida, ildizpoyalarida, ildiz va urug’larida to’planadi. Moylar (lipidlar) o’simlik hujayralarida keng tarqalgan kiritmalardir. Ayniqsa urug’ va mevalar moylarga boy bo’ladi. Ko’p yillik o’simliklarning yog’ochilik parenximasida lipidlar tomchilar shaklida kuzda to’planadi. Umuman ko’pchilik o’simliklar uchun lipidning tomchilar shaklida g’amlangan oziq moddalar sifatida to’planishi xarakterlidir. Oqsillar hujayraning turli organellalarida amorf va kristall shakllarda hosil bo’ladi. Ko’pincha ularni yadroning nukleoplazmasida, perinuklear bo’shliqida, ba'zan oqsil kristallarining gialoplazmasida (kartoshka tugunagi, liliya) plastidalar tanasida (bir pallali o’simliklarning elaksimon naylarida, loviya ildiz hujayralaridagi leykoplastlarda), endoplazmatik to’rning kengaygan sisternalarida (karamdoshlarning ildiz hujayralarida, yalpiz bargidagi bezlarda) mikrotanachalar asosida, mitoxondriyalarda hamda vakuolalarda uchraydi. Kristall oqsil tanachalariga murakkab oqsillar deyiladi. Ular ayniqsa, moy beruvchi o’simliklar urug’lari (zig’ir, kungaboqar, qovoq, xartol, kanakunjut) uchun xarakterlidir. Oshlovchi moddalar (tannidlar) ko`pincha dub daraxtining po`stlogida (25%gacha), choy bargida (25%gacha) yong`oq mevasida va boshqa ba’zi o`simliklarning ildizlarida uchraydi. Ulardan terilarni oshlashda xom-ashyo sifatida foydalaniladi. Organik kislotalar hujayra shirasini tarkibida uchrab, achchiq ta’m beradi. Masalan: otquloq (shavel) kislotasi, olma, vino va limon kislotalari. Shavel kislotasi o`simlik barglarida, yashil novdalarida, pishmagan mevalarda bo`ladi. Olma kislotasi, olma mevasida, pishmagan malina, ryabina kabilarning mevalarida uchraydi. Vino kislotasi uzum, tut, pomidor mevasida ko`p bo`ladi. Anorganik moddalar hujayra shirasi tarkibida ko`pgina mineral moddalar bo`lib, ularga nitratlar kiradi. Ular sho’radoshlar, burchoqdoshlar oilasi vakillarida ko`p uchraydi. Kal’siy va kaliy fosfatlar o`simliklarning barcha qismlarida, xlorid tuzlar sho`r yerlarda o`suvchi o`simliklarda ko`p uchraydi. Hujayra shirasi tarkibida kalsiy oksalat kristallari to`planadi va ular kubik, ninasimon, ba’zan druzlar deb ataladigan murakkab hosilalar shaklida bo`ladi. Ninasimon kristallar birikib, rafidlar hosil qiladi. Hujayra po`sti moysimon suberin moddasini singdirsa po’kaklanish jarayoni ro`y beradi. O`zidan suv va gazlarni o`tkazish xususiyatini yo`qotadi. Protoplast nobud bo`ladi. Masalan: probka (po`kak). Download 138.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling