13-mashg'ulot. Organik kislotalarni aniqlash Organik kislotalar


Download 318.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi318.89 Kb.
#1514667
  1   2   3
Bog'liq
13-Organik kislotalarni aniqlash



13-mashg'ulot.
Organik kislotalarni aniqlash 
 
Organik kislotalar – t
arkibida 
karboksil guruh
 saqlovchi organik birikmalar 
sinfi
Organik kislotalar o'simliklar tarkibida uchraydigan boshqa muhim birikmalar — 
uglevodlar va oqsillar kabi juda keng taqalgan moddalar hisoblanadi. Ular 
o'simliklarning hamma qismida: urug'i, bargi, ildizlarida, gulida va mevalarida 
uchraydi. Nordon mevalar tarkibida organik kislotalar erkin holda va qisman nordon 
tuzlar sifatida uchraydi. Ba'zi o'simliklar bargida, masalan, rovoch, otquloqning 
barglarida va poyasida erkin organik kislotalar yoki ularning nordon tuzlari ko'p 
to'planadi. O'simliklarning turli qismlarida uchraydigan organik kislotalar miqdori bir 
xil emas. Urug'da ular 0,5% ga yaqin bulsa, barg va mevalarda 8—12% ni tashkil qiladi. 
Ular ayniqsa loviya doni, tamaki bargi, limon mevasi tarkibida ko'p tuplanadi. 
Organik 
kislotalar mevalar tarkibida ko’p. Mevalarda eng ko’p uchraydigan organik 
kislotalar olma kislotasi va limon kislotasidirOlma kislota asosan olma va gilos kabi 
mevalarda (taxminan 90%) mavjud.
Limon kislotasi ko’proq sitrus mevalarida (masalan, limon, apelsin, greyfurt) va 
qulupnayda uchraydi. Bundan tashqari, apelsinda 10-25%, limonda 5% olma kislotasi 
mavjud. Ushbu kislotalardan tashqari, tartarik kislota faqat uzumda dominant karbon 
kislota hisoblanadi. Mevalarni uzoq muddatli saqlashda bu karbon kislotalarning bir 
qismi yo’qoladi. Shu sababli mevalarni uzoq vaqt saqlamadan iste’mol qilish kerak. 


Tartarik kislota (uzum kislotasi) - asosan uzumlarda va boshqa ko'plab 
o'simliklarda tabiiy ravishda paydo bo'lgan oq kristalli organik kislotadir. U ko'pincha 
natriy bikarbonat bilan aralashtiriladi va oziq-ovqat tayyorlashda ishlatiladigan 
pishirish kukuni sifatida sotiladi. Kislota o'zi antioksidant sifatida ovqatga qo'shiladi va 
o'ziga xos nordon ta'mini beradi. Oziq-ovqat sanoatida marmelatlar, muzqaymoq
jellyelar, sharbatlar, konservalar va ichimliklar va non ishlab chiqarish sanoati va 
shakar va shirinliklarni tayyorlashda emulsifikatsiya qiluvchi va konservant sifatida 
foydalaniladi.
Folik kislota B guruhi vitaminlari (B9) dan biridir. Folik kislota ismaloq kabi 
yashil bargli sabzavotlarda ko’p. Bundan tashqari, yeryong’oq, brokkoli, karam, apelsin 
va donlar foliy kislotasiga boy. Folik kislota hujayra bo’linishida muhim rol o’ynaydi, 
chunki u DNK sintezi uchun zarurdir. Folik kislota etishmovchiligida hujayralar etarli 
darajada bo’linmaydi.



Download 318.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling