13-mashg'ulot. Organik kislotalarni aniqlash Organik kislotalar


Download 318.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi318.89 Kb.
#1514667
1   2   3
Bog'liq
13-Organik kislotalarni aniqlash

Olma kislotasini Shved kimyogari K. Sheele 1785 yilda xom olma tarkibidan 
ajratib olgan.1787 yilda Antuan Lavuazye tamonidan o’simlik nomidan kelib chiqqan 
holda tarixiy nomenklatura bo’yicha shunaqa nomlangan.
Olma kislotasi pishmagan 
uzum tarkibida vino (tartarik) kislotadan ko’ra ko’proq miqdorda mavjud bo’ladi. 
Ammo uzum pishishi bilan olma kislotasi miqdori kamayadi. Pishgan uzumda olma 
kislotasining miqdori tartarik kislotaning yarmiga teng bo’ladi.
Olma kislotasining foydali xususiyatlari metabolizmni rag’batlantirish, 
hujayralardagi metabolizmni normallashtirish, qon aylanishini yaxshilash, ishtahani 
oshirish va ovqat hazm qilishni barqarorlashtirish, immunitetni mustahkamlash va 
organizmning himoya xususiyatlarini kuchaytirishdan iborat. Bundan tashqari, bu 
kislota yallig’lanishga qarshi, dekonjestant va laksatif ta’sirga ega. Olma kislotasining 
muhim foydali xususiyati gipertoniya bilan og’rigan bemorlar holatini yaxshilashdir. 
Ushbu kislota yurak-qon tomir tizimi, ovqat hazm qilish organlari va buyraklarga ijobiy 
ta’sir ko’rsatadi. E296 oziq-ovqat qo’shimchasi shaklidagi olma kislotasi konservalar, 
mevali sharbatlar, alkogolsiz ichimliklar, vino va vino ichimliklar, kokteyllar, 
qandolatchilik va shirinliklar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.
Etan kislotasi yoki sirka kislotasi sifatida ham tanilgan. Lotincha “acetum 
(acetum)” sirka degan ma’noni anglatadi. Uyimizda ishlatadigan sirka sirka 
kislotasining 5% li suvli eritmasidir. Olma va uzum sirkasi eng tabiiy manbasi 
hisoblanadi. Sirka kislotasini boshqa mevalardan tabiiy ravishda olish mumkin, 
shuningdek, laboratoriya sharoitida sun’iy ravishda ishlab chiqariladi. 
Salitsil kislotasi tabiiy ravishda tol daraxtidan olingan kislotadir. Salitsil kislotasi 
tarkibida benzol halqasi bor, shuning uchun u aromatikdir. Salitsil kislotasi aspirin 
ishlab chiqarishda ayniqsa qo’llaniladi. Aspirin qadim zamonlardan beri ma’lum 


bo’lgan dunyodagi eng ko’p ishlatiladigan og’riq qoldiruvchi va isitmani pasaytiruvchi 
vositadir.

Download 318.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling