2-ма’ruza. O’simlik hujayrasining tuzilish xususiyatlari. Hujayra bosqichlari reja


Download 138.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana25.10.2023
Hajmi138.22 Kb.
#1721544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Osimlik fiz 2023-24-102

Metafaza ikkinchi faza bo’lib, xromosomalar hujayra yadrosining markazida 
ekvator bo’ylab joylashadi. Har qaysi xromosoma uzunasiga o’rtasidan teng ikkiga 
bo’linib, ikkita xromotidni hosil qiladi. Qutblarga tortilgan xromatin iplari hosil 
bo’lib, uning bir uchi xromatidning sentromeriga tutashgan bo’ladi. 
Anafaza bo’linishning uchunchi fazasi bo’lib, xromatin iplari qisqara 
boshlaydi. Xromatidlar qarama-qarshi joylashgan qutblarga qarab tortiladi va ular 
asta-sekin spirallashib yo’qola boshlaydi. 
Telofaza bo’linishning oxirgi fazasi bo’lib, yadro bo’linib bo’lgandan so’ng 
hujayra bo’lina boshlaydi, ya'ni kariokinez tugab sitokinez boshlanib, ikkita bir-


biriga teng bo’lgan qiz hujayra hosil bo’ladi, xromosomalar ko’rinmaydi, yadrocha 
shakllanadi yadro membranasi hosil bo’ladi. Shunday qilib, ikkita qiz hujayra paydo 
bo’ladi.
Meyoz (yunon. meyozis-kamayish, ozayish) hujayraning murakkab bo’linish 
shakllaridan biri bo’lib, unda reduksiya jarayoni yuz beradi. Meyoz vaqtida 
hujayrada xromosomalar soni ikki marta kamayadi. Shuning uchun ham bu jarayon 
reduksion bo’linish deb ataladi. Meyoz jarayonini ilk bor rus olimi Belyayev (1885-
1888), Strasburger (1888) va nihoyat Flemmin (1889) tomonlaridan o’rganilgan. Bu 
jarayon hamma jinsiy hujayralarda ko’rinadi. 
Meyoz ikki marta bo’linish jarayonidan iborat bo’lib, yadroning birinchi bo’linishi, 
ikkinchi bo’linishi bilan tugallanadi. Har ikki bo’linishda ham to’rt faza (profaza, 
metafaza, anafaza va telofazalar) takrorlanadi. Birinchi bo’linish (reduktsion)da 
xromosomalarning soni ikki barobar kamayadi, ikkinchi bo’linish ekvasion (lot. 
ekvalisteng-baravar) bo’linishda xromosomalar teng ikkiga bo’linadi; bu mitoz 
bo’linish yo’li bilan boradi 
Sitoplazma hayot faoliyatining mahsulotlari 
Alkaloidlar azotli organik moddalar bo`lib, hozirga qadar ularning 700 ga 
yaqin xili uchraydi. Alkaloidlar qattiq, suyuq va gaz hollarda bo`ladi. Ular 
ko`knordoshlar, burchoqdoshlar, yalpizdoshlar oilalarining vakillarida ko`p 
uchraydi. Тein choy, teobramin shokolad, kofein esa kakao, koka-kola tarkibida 
bo`ladi. Morfin, xinin, kodein kabilar tibbiyotda dorivor modda sifatida ishlatiladi. 
Anabazin (anabazis o`simligida) nikotin qishloq xo`jalik zararkunandalariga qarshi 
ishlatiladi. 
Glikozidlar efirga o`xshash moddalardir. Ular ko`pincha hidli, ta’mi achchiq 
va zaharli ham bo`ladi. Ra’nodoshlar oilasi vakillarida amigdalin glikozidi ko`p. U 
parchalanganda zaharli sinil kislotasiga aylanishi mumkin. Amigdalin achchiq 
bodomda, shaftoli, o`rik, olcha urug`larida ko`p bo`ladi.
Sovun o`ti tarkibida saponin, sitrus o`simliklarida gesperedin uchraydi. 
Hujayra shirasida glikozid tariqasida pigmentlar ham mavjud. Ular suv o`tlarida va 
yopiq urug`li o`simliklarda ko`p bo`ladi. Masalan: antotsianin pigmenti to`q-ko`k, 


havorang va qizil ranglarda bo`ladi, gulli o`simliklarning hamma organlarida 
uchraydi. Antoxlor pigmenti gul toji barglarida, qisman limon, apelsin mevalarida 
uchraydi. 
Kraxmal donachalari o’simlik hujayralaridagi keng tarqalgan uglevodlardan 
biri. U g’amlangan oziq sifatida to’planadi. Uning hosil bo’lishida albatta plastidalar 
ishtirok etadi. Assimilyatsion kraxmal o’simlikning yashil organlarida hosil bo’lgan 
kraxmal amilaza fermenti ta'sirida gidrolizlanib erigan holdagi shakarlarga aylanadi 
va o’simlikning oziq to’plashi uchun moslashgan organlariga oqib kelgan shakarlar 
amilosintetaza fermenti yordamida yana g’amlanadi yoki ikkilamchi kraxmalga 
aylanadi. G’amlangan kraxmal o’simlikning tugunaklarida, ildizpoyalarida, ildiz va 
urug’larida to’planadi. 
Moylar (lipidlar) o’simlik hujayralarida keng tarqalgan kiritmalardir. Ayniqsa 
urug’ va mevalar moylarga boy bo’ladi. Ko’p yillik o’simliklarning yog’ochilik 
parenximasida lipidlar tomchilar shaklida kuzda to’planadi. Umuman ko’pchilik 
o’simliklar uchun lipidning tomchilar shaklida g’amlangan oziq moddalar sifatida 
to’planishi xarakterlidir. 
Oqsillar hujayraning turli organellalarida amorf va kristall shakllarda hosil 
bo’ladi. Ko’pincha ularni yadroning nukleoplazmasida, perinuklear bo’shliqida, 
ba'zan oqsil kristallarining gialoplazmasida (kartoshka tugunagi, liliya) plastidalar 
tanasida (bir pallali o’simliklarning elaksimon naylarida, loviya ildiz hujayralaridagi 
leykoplastlarda), 
endoplazmatik 
to’rning 
kengaygan 
sisternalarida 
(karamdoshlarning ildiz hujayralarida, yalpiz bargidagi bezlarda) mikrotanachalar 
asosida, mitoxondriyalarda hamda vakuolalarda uchraydi. Kristall oqsil 
tanachalariga murakkab oqsillar deyiladi. Ular ayniqsa, moy beruvchi o’simliklar 
urug’lari (zig’ir, kungaboqar, qovoq, xartol, kanakunjut) uchun xarakterlidir. 
Oshlovchi moddalar (tannidlar) ko`pincha dub daraxtining po`stlogida 
(25%gacha), choy bargida (25%gacha) yong`oq mevasida va boshqa ba’zi 
o`simliklarning ildizlarida uchraydi. Ulardan terilarni oshlashda xom-ashyo sifatida 
foydalaniladi.


Organik kislotalar hujayra shirasini tarkibida uchrab, achchiq ta’m beradi. 
Masalan: otquloq (shavel) kislotasi, olma, vino va limon kislotalari. Shavel kislotasi 
o`simlik barglarida, yashil novdalarida, pishmagan mevalarda bo`ladi. Olma 
kislotasi, olma mevasida, pishmagan malina, ryabina kabilarning mevalarida 
uchraydi. Vino kislotasi uzum, tut, pomidor mevasida ko`p bo`ladi. 
Anorganik moddalar hujayra shirasi tarkibida ko`pgina mineral moddalar 
bo`lib, ularga nitratlar kiradi. Ular sho’radoshlar, burchoqdoshlar oilasi vakillarida 
ko`p uchraydi. Kal’siy va kaliy fosfatlar o`simliklarning barcha qismlarida, xlorid 
tuzlar sho`r yerlarda o`suvchi o`simliklarda ko`p uchraydi. Hujayra shirasi tarkibida 
kalsiy oksalat kristallari to`planadi va ular kubik, ninasimon, ba’zan druzlar deb 
ataladigan murakkab hosilalar shaklida bo`ladi. Ninasimon kristallar birikib, rafidlar 
hosil qiladi. 
Hujayra po`sti moysimon suberin moddasini singdirsa po’kaklanish jarayoni 
ro`y beradi. O`zidan suv va gazlarni o`tkazish xususiyatini yo`qotadi. Protoplast 
nobud bo`ladi. Masalan: probka (po`kak). 

Download 138.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling