Kutinlanishda ko`pchilik o`simliklar hujayrasining po`sti tashqi
tomondan
suberinga o`xshash maxsus modda yupqa kutin (plenka) bilan o`raladi. Bu
jarayondan keyin hujayra po`stining egiluvchanlik xususiyati saqlansa ham, biroq
suv va gazlarni yomon o`tkazadi. Masalan: ko`pchilik o`simliklar bargining yuzasi.
Shilimshiqlanish. Bunda hujayra po`stidagi sellyuloza erib shilimshiqsimon
uglevodlarga aylanadi. Shilimshiqlangan po`st suvda juda bo`rtib,
unayotgan
urug`ni qurib qolishdan saqlaydigan chala quyuq shilimshiq hosil qiladi.
Minerallanish. Bunda hujayra po`sti
qumtuproq, kal’siy yoki magniyli tuzlar
shimadi va mexanikaviy jihatdan juda pishiq bo`ladi. Masalan: qamish barglari
Nazorat savollari
1. Hujayraning o‘rganilish tarixi to’g’risida qanday ma’lumotga egasiz ?
2. Hujayra qanday qismlardan tashkil topgan va hujayrani
organish usullarini
ayting?
3. Plastidlar va ularning xillari tog’risida tushuntirib bering?
4. Hujayra organoidlari tog’risida tushuntirib bering?
5. Yadro va uning komponentlari tog’risida nimani bilasiz
6. Hujayradagi zahira moddalarga nimalar kiradi?
7. Hujayraning qanday bo‗linish tiplarini bilasiz?
8. Hujayra shirasi va uning tarkibiy qismini ta‘riflang?
Аsosiy adabiyotlar
1. Rudall P. Anatomy of Flowering Plants (An Introduction to structure and
Development) Third Edition. Cambridge. 2007. P. 147
2. Маtkarmova А.А., Махkamov Т.Х., Махmudova М.М., Аzizov Х.Ya.,
Vaisova G.B. Botanika. – Тоshkent: “Fan va texnologiya”, 2019. 298 b.
3.
Pratov O‘., Shamsuvaliyeva L., Sulaymonov E. va bosh.
Botanika (morfologiya,
anatomiya,
sistematika, geobotanika). -Toshkent:
“Ta’lim nashriyoti”, 2010. – 288 b.