2-ма’ruza. O’simlik hujayrasining tuzilish xususiyatlari. Hujayra bosqichlari reja


Download 138.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana25.10.2023
Hajmi138.22 Kb.
#1721544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Osimlik fiz 2023-24-102

Mitoxondriyalar (yunon. mitos-ip, xondrion-donacha, zarra) sitoplazmada donacha 
shaklidagi organoid hisoblanadi. Ular o’simlik va hayvon hujayrasida mavjud 
bo’lib, har xil shaklda uchraydi. Oddiylari yumaloq, oval, ipsimon, tayoqchasimon 
shaklda; murakkablari diametri 0,3 1 mkm bo’lgan kosachasimon, shoxlangan, oval 
shaklda ham uchraydi. Mitoxondriyalar elektron mikroskop kashf etilmasdan oldin 
1882 yilda Flemming va 1894 yilda Alman tomonidan aniqlangan. 1894 yili Benda 
degan olim bu zarrachalarga "mitoxondriya" nomini bergan. Mitoxondriylarning 
asosiy vazifasi aminokislotalarni, karbonsuvlarni, yog’larni oksidlashdan va shu 
jarayon davomida fosforlanish natijasida energiyaning asosiy manbai bo’lmish 
ATFni (adenozintrifosfat kislota) sintez qilishdan iborat. Sintezlangan ATF 
sitoplazmaga erkin kirib undagi organoidlarning faoliyatini (oziqlanish, chiqarish, 
harakat qilish, o’sish) oshirishda muhim energiya manbai bo’lib xizmat qiladi 
Lizosoma
yunoncha lizeo-eritaman degan ma’noni anglatadi. Membranalar bilan 
chegaralangan organoidlar. Diametri 0,4 mnm. Hajmi jihatdan mitoxondriyalarga 


teng, lekin solishtirma og’irligi ulardan kam bo’lgan organoidlar. Ular asosan 
nordon fermentlar manbayi bo’lib xizmat qiladi. Bu fermentlar qatoriga nordon 
ribonukleaza, katepsinlar kiradi. Bu fermentlar hujayradagi turli moddalarni suv 
yordamida parchalay olishi sababli ularga lizosoma deb nom berilgan 
Plastidalar. Plastidalar (yunon. plastos-yaratilgan, to’ldirilgan) faqatgina tirik 
o’simlik hujayrasida uchraydigan organellalardir. Ularni birinchi marta 1880-1882 
yillarda nemis botanigi Shimper izohlagan. Plastidalar hujayrada rang tusni 
belgilash xususiyatiga va bajaradigan vazifasiga qarab uch xil: xloroplast (yashil 
rang), xromoplast (sariq, qizil) va leykoplast (rangsiz) bo’ladi. Xloroplastlarda 
asosan yashil (xlorofill), sariq (karotin) va qizg’ish (ksantofill) pigmentlar 
sintezlanadi. Xloroplast yunonchadan xloros-yashil so’zidan olingan. Fotosintez 
jarayonining borishida muhim ahamiyatga ega. O’simliklarning fotosintetik tizimi 
xloroplastlarda mujassamlashgan. Bargning har bir hujayrasida o’rtacha 20-50 
tagacha va ayrim hujayralarda undan ham ko’p uchraydi. Xlorofil pigmentini 
tutganligi sababli ham ular yashil rangda bo’lib, qo’sh qavat membrana bilan 
o’ralgan. Xloroplast tarkibida suv ko’p, o’rtacha 75%ni tashkil qiladi. Qolganlari 
quruq moddalardan iborat. Umumiy quruq moddalar hisobida oqsillar 35-55%, 
lipidlar 20-30%, qolganini mineral moddalar va nuklein kislotalar tashkil qiladi. 
Xloroplastlarda juda ko’p fermentlar va fotosintezda ishtirok etadigan hamma 
pigmentlar joylashgan. Xloroplastda fotosintez jarayoninig hamma reaksiyalari ro’y 
beradi. Yorug’lik energiyasining yutilishi, suvning fotolizi va kislorodning ajralib 
chiqishi, yorug’likda fosforlanish, karbonat angidridining yutilishi va organik 
moddalarning hosil bo’lish jarayonlari bo’ladi. 

Download 138.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling