2-ма’ruza. O’simlik hujayrasining tuzilish xususiyatlari. Hujayra bosqichlari reja


Download 138.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana25.10.2023
Hajmi138.22 Kb.
#1721544
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Osimlik fiz 2023-24-102

Hujayra po`sti. Yuksak o`simliklarning hujayrasi tashqi tomonidan ancha 
qattiq po`st bilan o`ralgan bo`ladi. Bu po`st hujayraga ma’lum bir shakl beradi va 
uni tashqi noqulay ta’sirlardan saqlaydi. Faqat jinsiy hujayralarda, harakatchan 
sporalarda va ba’zi tuban o`simliklarda bunday qattiq po`st bo`lmaydi. Har xil turga 
kiradigan o`simliklar hujayrasi po`stining kimyoviy tarkibi turlicha bo`lib, 
organizmlarning yoshiga qarab o`zgarishi mumkin. Lekin har qanday holda ham 
hujayralar devorini hosil qiluvchi asosiy modda sellyulozadir. Hujayra po`sti lignin 
moddasini singdirsa yog`ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni o`tkazadi. Protoplast 
nobud bo`ladi, kamdan-kam holda tirik qoladi, yog’ochlanish qaytar jarayondir. 
Masalan: behi, nok mevalari pishmaganda qattiq bo`lib, yetila borishi bilan 
yumshaydi. 
Ribosomalar (yunon. soma-tanachalar)ni birinchi marta 1955 yili Palade 
elektron mikroskop yordamida aniqlagan, kattaligi 100 300 A, diametri 20 nm ga 
teng bo’lib, granula (lot. granulum-donacha) qora donachalar shaklida ko’rinadi. 
Sitoplazmada juda ko’p miqdorda yuz mingga yaqin polisomalar bo’ladi, ular 
oqsilni sintez qilishda faol qatnashadi. 
Endoplazmatik retikulum. ER yoki endoplazmatik to’r (yunon. endo-ichki; 
plazma-bitgan, hosil bo’lgan, lot. retikulum-to’r) o’simliklar hujayrasi uchun xos 


bo’lgan sitoplazmaning submikroskopik tuzilishi bo’lib, har bir hujayraning zaruriy 
organoididir. ER bajaradigan vazifasiga va morfologik tuzilishiga binoan ikki xil 
tuzilishda bo’ladi: granulyar yoki g’adir-budur va granulyar yoki silliq. G’adir-
budur retikulum, hujayra membranasining rivojlanish va o’sish markazi hisoblanadi. 
Undan hujayraning ayrim organoidlari (vakuola, lizosom, diktiosom) vujudga 
kelishi mumkin. Silliq retikulum ingichka naychalardan iborat bo’lib, lipidlarni 
sintez qilish vazifasini bajaradi.
Goldji apparati yoki kompleksini ilk bor Italiyalik olim sitolog K.Goldji 
tomonidan (1898) hayvon hujayrasida aniqlangan va "to’r apparat" deb atagan. 1912 
yildan buyon "Goldji apparati" deb atala boshlangan. Aniqlanishicha, diktiosomalar 
sitoplazmada sintez qilingan mahsulotlar amorf (yunon. amorf-shaklsiz) 
polisaxaridlardan pektin, gemisellyuloza kabi moddalarni maxsus fermentlar 
yordamida sintez qilishda qatnashadi. Goldji pufakchalari polisaxaridlarni 
plazmolemmaga tashib beradi. Ulardan o’suvchi hujayralar foydalanadi. Bundan 
tashqari goldji apparati oqsillarni (gidrolitik fermentlarni) hujayralar orasiga 
tashiydi va lizosoma hamda vakuolalarni hosil bo’lishida ishtirok etadi. 

Download 138.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling