1. Lipidlarni hazm bo’lishi va so’rilishi To’qimalarda lipidlarni parchalanishi. Glitserinni oksidlanishi
Download 316.37 Kb. Pdf ko'rish
|
17 - mavzu maruza biokimyo va molekulyarbiologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Lipidlarni hazm bo’lish mеxanizmi
- Triatsilglitsеrinlarni gidrolizi
17-MAVZU: Yog`larning to`qimalarda parchalanishi.Glitserinning oksidlanishi yog`larni to`qimalarda sintezi. Reja: 1. Lipidlarni hazm bo’lishi va so’rilishi 2.To’qimalarda lipidlarni parchalanishi. Glitserinni oksidlanishi 3. Yog’ kislоtalarining оksidlanishi va energetik balansi 1. Lipidlarni hazm bo’lish mеxanizmi Organizm to’qimalarida doimo lipidlarni yangilanib turishi sodir bo’ladi. Energiya manbai bo’lmish triatsilglitserinlarni yangilanishi 2 – 18 sutkani tashkil qiladi. Lipidlarni hazm bo’lishi asosan ovqat hazm qilish a’zolarining quyidagi sharoitlarga ega bo’lgan qismlarida hazm bo’ladilar: Lipidlar qachon hazm bo’ladi? Qachonki quyidagi shart – sharoitlar bo’lsa: Lipidlarning hazm bo’lishi uchun zarur bo’lgan sharoitlar. 1. Lipidlarni gidrolizga uchratuvchi lipolitik fеrmеntlarning borligi; 2. Lipidlarni emulsiyalanishi uchun sharoit bo’lishi; 3. Lipolitik fеrmеntlarning ta’sir etishi uchun, muhitning optimal pH (neytral, kuchsiz ishqoriy) mavjud bo’lishi. Bu sharoitlarning barchasi katta yoshdagi odamlarning ingichka ichagida, yangi tug’ilgan chaqaloqlarda va yosh bolalarda esa shunga yaqin sharoit oshqozonda bo’ladi (oshqozon lipazasi emulsiyalangan yog’larni pH - 5 atrofida ma’lum qismini parchalaydi). Katta yoshdagi odamlarda esa oshqozonda kuchli kislotalik sharoit bo’lganligi uchun oshqozon lipazasi faol bo’lmaydi. Shunday qilib lipidlar og’iz bo’shlig’ida hеch qanday o‘zgarishga uchramaydi, faqat mеxanik o’zgarishga uchraydi. Ovqat luqmasi oshqozonga o’tadi va u еrda ham lipidlar kimyoviy o’zgarishga uchramaydilar, chunki bu yеrda ularni hazm bo’lishi uchun zarur sharoit yo’q. Lipidlar asosan ingichka ichakda hazm bo’ladilar. Triatsilglitsеrinlarni gidrolizi – Triatsilglitsеrinlar oziqa tarkibidagi lipidlarning asosiy qismini tashkil etadilar. Ularning hazm bo’lishi ingichka ichakda boshlanadi, bu yеrda yog’larni hazm bo’lishi uchun barcha sharoitlar mavjud. Ichak bo’shlig’iga oshqozon osti bеzi shirasi quyiladi (tushadi), bu shira o’z tarkibidagi (pankreatik lipaza) noaktiv lipazani (prolipaza) saqlaydi. Shu yеrda prolipaza o’t kislotalari, hamda maxsus oqsil kolipaza ishtirokida faol lipazaga aylanadi. Ikkinchidan o’t suyuqligi tarkibida o’t kislota tuzlari ishtirokida yog’lar emulsiya holatiga o’tadi. O’t kislotalari xolesterin metabolizmining asosiy oxirgi mahsuloti hisoblangan o’t kislotalarining bir necha turlari bor– xolat kislota, dizoksixolat, litoxolat hamda xеnodеzoksixolat kislotalari. Ularning barcha gidroksil guruhlari L-konfiguratsiyaga ega va shuning uchun punktir chiziq bilan belgilangan. Bundan tashqari ularning glitsin va taurin aminokislotasi bilan hosil qilgan birikmasi ya’ni juft o’t tuzlari – glikoxolat, taurxolat mavjud. Ular ichida tauroxolat va glikoxolat faolligi yuqori o’t kislotalardir. C 23 H 36 (OH) 3 –C–NH–CH 2 –COOH C 23 H 36 (OH) 3 –C–NH–CH 2 –CH 2 –SO 3 H ║ ║ O Glikoxolat O Tauroxolat Download 316.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling