2
→ 2 ATF;
NAD · H
2
→ 3 ATF
Atsetil-KoA o’z navbatida KREBS siklida karbonat angidrid gazi va suvga parchalanib,
12 molekula ATF energiya manbai bo’lib hisoblanadi. Demak, β-oksidlanishning
bir siklining
energetik balansi 17 molekula ATF ni tashkil etadi. β-oksidlanish jarayoni yog’larning katta
energetik ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Yog’
kislotalar jigar, muskullar, yog’ deposi,
yurakda eng faol oksidlanadi, boshqa
organlarda oksidlanish kamroq darajada o’tadi.
Toq sonli uglеrod saqlovchi yog’ kislotalarining oksidlanish hususiyati shundan
iboratki, oddiy oksidlanish mahsulotlaridan tashqari bir molеkula
propionil-KoA ham hosil
bo’ladi. So’ngra propionil- KoA suktsinil – KoA gacha oksidlanib Krеbs sikliga kiradi.
CH
3
–CH
2
–CO~SKoA CO
2
1 → CH
3
– CH–CO~SKoA
2
→CH
3
– CH
2
–
CH
2
–CO~SKoA
ATF ADF |
COOH
Propionil-KoA Metil-metionil-KoA Suktsinil-KoA
1-chi reaktsiyani – propionil-KoA karboksilaza;
2-chi reaktsiyani –metil-malonil-KoA mutaza katalizlaydilar.
Yog’ kislotalari oksidlanishining enеrgеtik balansi.
Juft sonli uglеrod atomli saqlovchi yog’ kislotalarining enеrgеtik
qiymati quydagicha
hisoblanadi:
Agarda yog’ kislota 2n uglerod atomlari saqlasa, u vaqtda uning to’liq
oksidlanishida n-
molеkula atsеtil KoA va har siklda FAD.H2 va NAD.H2 lar hosil bo’ladi.
FAD·H2..............................2 ATF
NAD·H2...............................3 ATF jami 5molekula ATF
Demak FAD.H2, NAD.H2 dan nafas olish zanjirida 5 mol. ATF hosil bo’ladi. Umumiy
olganda 5(n-1) molekula ATF hosil bo’ladi.
1molekula Atsetil- KoA Krebs siklida parchalanganda –12molekula ATF hosil bo’ladi.
Umumiy olganda 12n molekula ATF hosil bo’ladi. Lekin, 1molekula ATF sitoplazmada yog’
kislotaning faollanishiga sarf bo’ladi, shuning uchun 12n-1 molekula ATF hosil bo’ladi.
5(n-1)+12n-1=17n - 6
n–yog’ kislotasidagi uglerod © atomlari sonining yarmi. Mn: palmitin kislotasida 16 ta uglerod –
C atomi bor, n = 8.
17 · 8 – 6 = 136 – 6 = 130
1molekula palmitin kislota oksidlanganda 130 molekula ATF hosil bo’ladi. Yog’
kislotalari yurak, buyrak va skelet muskullarida energiya manbai sifatida ishlatiladi.